Italiya chempionatining 19-tur bahslarida «Roma» «Sampdoriya»ni qabul qildi. Mourino o‘zbek hujumchisi Eldor Shomurodovni zaxiradan o‘yinga tushirdi, 5 daqiqadan so‘ng u raqib darvozasiga gol kiritdi.
Toshkentda o‘tkazilgan professional boks kechasida Isroil Madrimov fransiyalik raqibi Mishel Soroni texnik nokautga uchratdi, biroq hakamning harakatlari tufayli jang yakuni baxslarga sabab bo‘ldi. Bundan tashqari, kechada Iqboljon Xoldorov, Hasanboy Do‘smatov va Elnur Abduraimov o‘z raqiblarini nokautga uchratgan bo‘lsa, Shahram G‘iyosov, Bektemir Meliqo‘ziyev va Dilshodbek Ro‘zmetov ochkolar hisobiga g‘alabaga erishdi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasida 108 ta o‘yin o‘tkazib, 21 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan Odil Ahmedov futboldagi faoliyatiga yakun yasadi. «Sizlarning ko‘z oldilaringizda butsilarimni mixga ilib, futbolchilik faoliyatimni tugatganimni e’lon qilaman», — dedi u.
Og‘ir atletika bo‘yicha Jahon chempionatida Akbar Jo‘rayev oltin medalni qo‘lga kiritib, jahon chempioni bo‘ldi. Ruslan Nurudinov esa kumush medalga ega chiqdi. Ikki og‘ir atletikachi chempionatda jami 6ta medal sohibiga aylanishdi.
Messi to‘p surayotgan «PSJ» safida Krishtianu Ronaldu bo‘lgan «Manchester Yunayted» bilan o‘ynaydi, «Atletiko» o‘z uyida «Bavariya»ni qabul qiladi. YeCHLning 1/8 final bahslariga qur’a tashlandi.
O‘zbekistonlik professional bokschi Bahodir Jalolov raqibi Xulio Kalimenoni birinchi raunddayoq nokautga uchratdi. U jahon chempionligi uchun jang qilish hamda og‘irvazn toifasida barcha kamarlarni O‘zbekistonga olib kelish niyatida ekanligini ma’lum qildi. «Kim bilan bo‘lsa ham ringga chiqishga tayyorman. Entoni Joshua, Aleksandr Usik, Tayson Fyuri… Menga farqi yo‘q», — dedi Bahodir Jalolov.
«Navbahor»ning sobiq murabbiyi Andrey Kanchelskis noma’lum shaxslar unga tahdid qilib, klub to‘lashi kerak bo‘lgan 1,6 mln yevro kompensatsiyani kamaytirishni so‘rashganini ma’lum qildi. Klub bu «uydirma va bo‘hton» bo‘lishi mumkinligini ta’kidlab, holatni Xalqaro Sport arbitraj sudida «o‘zini oqlash uchun qilinayotgan bo‘lishi mumkin» deya ta’rifladi.
«PSJ» va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi yettinchi «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritdi. «Bavariya» va Polsha terma jamoasi hujumchisi Robert Levandovski esa yilning eng yaxshi hujumchisi sifatida e’tirof etildi.
«Bunyodkor» futbol klubi 393 nafar xodimlarining oktabr oyi uchun 1 mlrd 532 mln so‘mdan ko‘proq oyliklarini to‘lab berishni kechiktirgan. Klub ayni vaqtda homiysi hisoblangan «O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan mablag‘lar ajratilayotganligini ma’lum qilgan.
Alisher Usmonov uchinchi marotaba Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidentligiga saylandi. U tashkilotga 2008 yilda rahbarlik qila boshlagan, 2012 va 2016 yillarda qayta saylangan edi.
Doston Otabolayev karate WKF bo‘yicha jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritgan birinchi o‘zbekistonlik bo‘ldi. U Dubaydagi jahon chempionati finalida misrlik Abdulla Abdulazizni mag‘lub etdi (video).
Toshkentda yoshlar o‘rtasida 2025 yilgi Paraosiyo o‘yinlari o‘tkaziladi. Avvalroq O‘zbekiston 2025 yili yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan IV yozgi Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qilishi haqida xabar berilgan. Prezident matbuot kotibining ma’lum qilishicha, “shu paytgacha hech qaysi davlatda yoshlar o‘rtasidagi Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari ketma-ket o‘tkazilmagan”.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida Gruziya terma jamoasiga kichik hisobda mag‘lub bo‘ldi.
Skeytbording, roller va skuterda uchish sport turlarini o‘z ichiga olgan «Skeyt O‘zbekiston» assotsiatsiyasini tuzish rejalashtirilmoqda. Endilikda o‘zbekistonlik skeytbordchilar uchun Parij-2024 olimpiadasiga 12 ta litsenziya olish imkoniyati mavjud.
2024 yilgi Parij Olimpiadasi va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarda o‘zbekistonlik sportchilar uchun 26 sport turi bo‘yicha 103 ta litsenziya olish ko‘zda tutilgan. Ushbu o‘yinlarda birinchi marta erkaklar va ayollar o‘rtasida teng miqdordagi litsenziyalar taqsimlanadi. MOQga Olimpiadada ishtirok etish uchun ariza topshiradigan sportchi ayollar sonini ko‘paytirish topshirildi.
O‘zbekistonda uchinchi marta Samarkand Half Marathon xayriya marafoni bo‘lib o‘tdi. 21 km masofada eng yaxshi natijani erkaklar o‘rtasida surxondaryolik Shohrux Davlatov, ayollar orasida esa qirg‘izistonlik Gulshanoy Sattorova qayd etdi. Marafonda jami 2175 sportchi ishtirok etdi, bu 2019 yildagi yarimmarafonga qaraganda qariyb ikki baravarga ko‘p degani.
2021−2025 yillar davomida butun mamlakatda badminton, stritbol va «Workout» sport turlari bo‘yicha 1164 ta sport maydonchasi quriladi. Har yili ushbu sport turlari hamda yurish, yugurish va mini-futbol bo‘yicha 18 ta musobaqa o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Qarordagi dastur va parametrlar to‘liq bajarilgunga qadar budjetdan har yili 104 mlrd so‘mdan ajratiladi.
Prezident qarori bilan Olimpiya zaxiralari kollejlari negizida Olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari tashkil etiladi. Undagi kontingent faqat olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha shakllantiriladi. Qolaversa, 3 yillik «spetsialitet» dasturni amalga oshiradigan Oliy sport mahorati instituti ham ochiladi.
Boks bo‘yicha Jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchilarning ishtiroki, “Paxtakor"ning 14 marta O‘zbekiston chempioni bo‘lishi, “Nasaf"ning OFK Kubogi finalidagi mag‘lubiyati — “Gazeta.uz"ning haftalik sport yangiliklari dayjestida.
Serbiyadagi jahon chempionatida finalga qadar yetib borgan o‘zbekistonlik bokschi Abdumalik Xalakov hal qiluvchi jangda fransiyalik Sofian Umiyaga imkoniyatni boy berib, kumush medalni qo‘lga kiritdi. Terma jamoa musobaqani ikkita medal bilan yakunladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting