Bolgariyada o‘tgan badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogining 2-bosqichida Taxmina Ikromova 1 ta oltin va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi. U Gretsiyada o‘tgan 1-bosqichda kumush medalni olgandi. Musobaqaning 3-bosqichi Toshkentda bo‘ladi.
Xitoyning Chunsin shahrida ayollar shaxmati bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazilmoqda. O‘zbekistonliklar erkaklar terma jamoasi o‘yinlarini diqqat bilan kuzatadi, ayollar jamoasi esa soyada qolib ketmoqda. Ayollar shaxmatining xususiyatlari va o‘zbek shaxmatchi qizlari haqida murabbiy Georgiy Shvanov hikoya qiladi.
FIFA Indoneziyani U-20 jahon chempionati mezbonligidan chetlatishga qaror qildi. Mamlakat aholisi Isroil terma jamoasining turnirda qatnashishiga ruxsat bermaslikni talab qilgan. 31-martga belgilangan qur’a tashlash marosimi ham surilgan. Turnirga qaysi davlat mezbonlik qilishi hozircha noma’lum.
AQShning Missisipi shtatida o‘tkazilgan «Eng ilg‘or jangchi-2023» musobaqasida Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari — Tursunov Anvar va Azamat Kenjayev g‘olib bo‘ldi. Ular ommaviy qirg‘in qurollaridan himoyalanish, jismoniy tayyorgarlik sinovlari, artilleriya olovini boshqarish, insho yozish kabi shartlardan o‘tgan.
Boks bo‘yicha Hindistonda o‘tgan JCHda o‘zbekistonlik Navbahor Hamidova chorak finalda jazoirlik Imane Xelifga yutqazib qo‘ygandi. Biroq yarim finalchi Xelif genetik holati sababli o‘yindan diskvalifikatsiya qilindi. Natijada bronza medali o‘zbekistonlik sportchiga nasib etdi.
O‘zbekistonlik dzyudochi Diyora Keldiyorova Tbilisida dzyudo bo‘yicha «Katta dubulg‘a» turnirida Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Distriya Krasnichini mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Osiyo futbol konfederatsiyasining yuridik qo‘mitasi raisiga O‘zbekiston MOQ bosh kotibi Oybek Kasimov o‘rinbosar bo‘ldi. O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov esa hakamlar qo‘mitasi raisiga o‘rinbosar etib tayinlandi.
U-20 Osiyo kubogida g‘olib chiqqan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchi va murabbiylariga «Prezident sovg‘asi» yozuvi tushirilgan Gentra avtomobillari topshirildi.
Xokkey bo‘yicha 18 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Osiyo va Okeaniya chempioni bo‘ldi.
U-20 Osiyo kubogi finalida O‘zbekiston terma jamoasi Iroqni 1:0 hisobida mag‘lub etib, Osiyo chempioni bo‘ldi.
YChLning ¼ final bahslariga qur’a tashlandi. Unga ko‘ra, chorak finalda “Manchester Siti” — “Bavariya”, “Real Madrid” — “Chelsi”, “Milan” — “Napoli”, “Inter” — “Benfika” klublari yarim final uchun bahslashadi.
U-20 Osiyo kubogining yarim finalida O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi uchrashuv penaltilar seriyasigacha davom etdi. Yakunda 3:1 hisob bilan O‘zbekiston futbol terma jamoasi finalga yo‘l oldi.
Futbol bo‘yicha Rossiya terma jamoasi iyun oyida Toshkent va Bishkekda bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi turnirida ishtirok etishi mumkin.
O‘zbekistonlik velopoygachi Yanina Kuskova Italiyada o‘tkazilgan veloshosse bo‘yicha ko‘pkunlik poygada kumush medalga ega chiqdi. Sportchi, shuningdek, musobaqaning «Eng yaxshi yosh poygachisi» deb topildi.
O‘zbekiston 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar terma jamoasi futbolchilari avstraliyalik raqiblarini mag‘lub etib, Osiyo kubogi yarim finaliga yo‘l oldi. Qolaversa, terma jamoa jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
47 yoshli atlet Oksana Chusovitina Bokuda o‘tayotgan sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogining 3-bosqichida kumush medalga ega chiqdi. Bungacha o‘tgan 2 bosqichda u 2 ta bronza medaliga sazovor bo‘lgandi.
Qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatini O‘zbekiston terma jamoasi jami 16 ta — 9 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza medali bilan yakunladi.
O‘zbekistonlik velopoygachi ayol Yanina Kuskova Xorvatiyada o‘tkazilgan Porec Trophy Ladies turnirida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Olga Zabelinskaya esa sakkizinchi natijani qayd etdi.
Meksikada o‘tgan boks oqshomida o‘zbekistonlik Elnur Abduraimovning mezbon bokschiga qarshi jangi olgan jarohati sabab muddatidan avval tugatildi. Bu uning professional boksdagi ilk mag‘lubiyati bo‘ldi.
Qirg‘izistonda ilk bor o‘tayotgan qarlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekistondan faqat taekvondochilar ishtirok etdi. Ular musobaqada 14 ta medal — 3 ta oltin, 2 ta kumush, 9 ta bronza jamg‘ardi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting