Toshkent shahrida o‘tkazilgan dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turnirini O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza medali bilan ikkinchi o‘rinda yakunladi.
Toshkentga ilk bor U-20 Osiyo Kubogi uchun kelgan Tojikiston yoshlar terma jamoasi ustozi Oleg Kubaryov o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida mashg‘ulotlar maydonlari sifatsizligi, mashg‘ulotlar uchun sharoitlar esa jamoalar darajasiga mos kelmasligini ta’kidladi.
Toshkentda bo‘ladigan boks bo‘yicha jahon chempionatiga qator davlatlar boykot e’lon qilgani munosabati bilan Boks federatsiyasi mamlakat musobaqani o‘tkazish huquqini olganida hech qanday cheklov bo‘lmaganini ma’lum qildi. «O‘zbekiston sport siyosatdan xoli tamoyilini qo‘llab-quvvatlaydi», — deyiladi xabarda.
FIFA 2022-yilning eng yaxshilarini taqdirladi: Lionel Messi eng yaxshi futbolchi, Emiliano Martines eng yaxshi darvozabon, Lionel Skaloni esa eng yaxshi murabbiy bo‘ldi. Ularning barchasi 2022-yilda jahon chempioni bo‘lgan Argentina terma jamoasi a’zolaridir.
12-mart kuni “V International Tashkent Marathon” va O‘zbekistonning 14 ta shahrida bir vaqtda Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkaziladi. Professional va havaskor sportchilar 5-martgacha 42 km, 21 km, 10 km, 3 km masofa uchun ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. Bu yil ilk bor “Kids Run” poygasi ham bo‘lib o‘tadi.
Davlat budjetidan “bir tiyin ham olmaydi"gan O‘zbekiston Professional futbol ligasi daromadi va xarajati haqida ketma-ket ikkinchi yil jamoatchilikka hisobot berdi. O‘zPFL rahbari Diyor Imomxo‘jayev uning tashkiloti 2023 yilda bolalar, ayollar va futzal musobaqalarini ortiq o‘tkazmasligini ma’lum qildi.
Bolgariyada 74-bor «Kichik jahon chempionati» nomini olgan «Stranja» turniri o‘tkazildi. Unda o‘zbekistonlik bokschilar 7 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza olib, umumjamoa hisobida yana 1-o‘rinni egalladi. O‘tgan yili ular turnirni 7 ta medal bilan yakunlagandi.
Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po‘lat Bobojonov O‘zbekiston voleybol federatsiyasi raisi lavozimiga saylandi.
Boks bo‘yicha Qozog‘iston terma jamoasi Hindiston va O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatini boykot qilmaydi. Qozog‘iston boks federatsiyasi rahbari Kenes Rakishevning fikricha, ushbu turnir garchi olimpiya litsenziyalarini bermasada, tajriba va amaliyot jihatidan muhim.
AQSh, Chexiya, Irlandiya va Shvetsiya mamlakatlari Hindiston va O‘zbekistonda o‘tadigan boks bo‘yicha jahon chempionatiga boykot e’lon qildi. Buyuk Britaniya Nyu-Dehlidagi chempionatda ishtirok etmaydi. Bunday qarorga Rossiya va Belarus sportchilarining o‘z mamlakat bayroqlari ostida qatnashishi sabab bo‘ldi.
Qozog‘istonning Ostona shahrida o‘tkazilgan yengil atletika bo‘yicha yopiq inshootlardagi Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik yengil atletikachilar 4 ta medal — 2 ta oltin, 1 tadan kumush hamda bronzani qo‘lga kiritdi.
BAAda taekvondo bo‘yicha o‘tayotgan Fujairah Open-2023 musobaqasining kattalar o‘rtasidagi bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi 9 ta medal oldi. Ularning 6 tasi oltin (ilk bor), 2 tasi kumush va bittasi bronza.
Fransiyada o‘tgan dzyudo bo‘yicha «Katta dubulg‘a» turnirida 7 nafar bo‘lib qatnashgan O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi. Birinchi bronzaga Kamoliddin Baxtiyorov, ikkinchi medalga o‘zaro vatandoshi bilan kurashgan Alisher Yusupov ega chiqdi.
Poytaxtda 10−12 fevral kunlari qilichbozlik bo‘yicha ayollar o‘rtasida Jahon kubogi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Unda yigirmadan ortiq davlat vakillari ishtirok etadi.
Hamma Nodirbek Abdusattorovning Gollandiyadagi o‘yini haqida gapirdi: jahon chempioni ustidan qozonilgan g‘alabadan xursand bo‘lishdi, musobaqadagi peshqadamlikni kuzatishdi, finaldagi omadsizlikni bir boshdan o‘tkazishdi. Shaxmat bo‘yicha murabbiy Georgiy Shvanov shaxmatchimizning natijasi haqida fikr yuritadi.
Italiyaning «Roma» klubi hujumchisi bo‘lgan o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov ijara asosida «Spetsiya» klubiga o‘tdi. Rimliklar transferdan 1,5 mln yevro ishlab olishi kutilmoqda.
Nodirbek Abdusattorov Niderlandiyada o‘tkazilgan Tata Steel Chess-2023 musobaqasini 2-o‘rin bilan yakunladi. Musobaqa g‘olibligi 8,5 ochko to‘plagan mezbon Anish Giriga nasib qildi. Javohir Sindorov esa o‘z guruhida 3-o‘rinni egalladi.
Bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev AQShda o‘tkazilgan jangda amerikalik Ulises Siyerrani nokautga uchratdi.
Tailandda o‘tkazilayotgan 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi. O‘zbekistonlik bokschi yigitlar musobaqada 11 ta medal — 9 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronzaga sazovor bo‘ldi.
Boks bo‘yicha Osiyo chempionatida 22 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston sportchilari 10 ta medal — beshta oltin, uchta kumush va ikkita bronzani qo‘lga kiritdi. Erkaklar o‘rtasidagi final 26 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting