Hindistonning Chennay shahrida o‘tkazilgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasi g‘oliblari Toshkent aeroportida kutib olindi. Chempionlarga 600 mln so‘mdan pul mukofoti va Equinox avtomobili topshirildi.
Hindistonda bo‘lib o‘tgan shaxmat Olimpiadasida har bir doskaning eng yaxshilariga individual mukofotlar ham topshirildi. Jahongir Vohidov to‘rtinchi doskada oltin, ikkinchi doskada Karlsenni ortda qoldirgan Nodirbek Abdusattorov kumush medalni qo‘lga kiritdi. Nodirbek Yakubbayev bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Butunjahon shaxmat olimpiadasining final bosqichida O‘zbekiston Gollandiya terma jamoasini mag‘lub etib, turnir g‘olibiga aylandi. Hal qiluvchi bahsda Jahongir Vohidov raqibini mag‘lubiyatga uchratib, terma jamoaga Olimpiadaning ilk oltin medalini keltirdi.
Shaxmat Olimpiadasining 10-turida O‘zbekiston Hindiston-2 bilan durang o‘ynab, musobaqa tugashiga bir tur qolganda turnir jadvalidagi peshqadamligini saqlab qoldi. Nodirbek Abdusattorov Gukesh Dommarajudan o‘yin oxirida g‘alabani tortib olib, raqibiga ilk mag‘lubiyatni taqdim etishga muvaffaq bo‘ldi.
Nur-Sultonda dzyudo bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi to‘qqizta sovrinni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egalladi.
Konya shahrida o‘tkazilayotgan Islom birdamligi o‘yinlarida O‘zbekiston velosportchilari beshta sovrinni qo‘lga kiritdi. Olga Zabelinskaya oltin, Yanina Kuskova ikkita kumush, Aleksey Fomovskiy va Sofiya Karimova bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
2026 yilgi 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi. “Missiya bajarildi, janob prezident”, — deb yozdi O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi rahbari Alisher Sa’dullayev.
Kolumbiyaning Kali shahrida yengil atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi (U20) jahon chempionatida 15 yoshli Sharifa Davronova uch hatlab sakrash dasturida (14,02 m) g‘alaba qozondi. Undan keyingi o‘rinlarni Fransiya (13,38 m) va Avstraliya (13,30 m) vakillari egalladi.
O‘zbekiston shaxmat Olimpiadasining to‘qqizinchi turida avval mag‘lubiyatga uchramagan Armanistondan ustun kelib, musobaqa yakunlanishiga ikki tur qolganda turnir jadvalida peshqadamga aylandi. Milliy terma jamoa mag‘lubiyatsiz yagona jamoa bo‘lib qolmoqda.
Shaxmat Olimpiadasida o‘zbekistonliklar Germaniya terma jamoasini mag‘lub etishdi. Milliy terma jamoa turnir yakunlanishiga uch tur qolganda 3-o‘rinni egallab turibdi. Navbatdagi o‘yinda o‘zbekistonliklar musobaqa peshqadami — Armaniston bilan kuch sinashadi. Ayollar terma jamoasi Shimoliy Makedoniyani mag‘lub etdi.
O‘zbekiston etnosport assotsiatsiyasi tashkil etilganiga bir yil to‘ldi. Assotsiatsiya raisi Oybek Norinbayev ushbu tashkilot oldida turgan asosiy vazifalar, milliy sport turlari va xalq o‘yinlarining jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati, shuningdek, tashkilot oldida turgan muhim vazifalar haqida ma’lumot berdi.
Shaxmat olimpiadasining yettinchi turida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Peru ustidan g‘alaba qozonib, ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Jamoa hali turnirda mag‘lub bo‘lmagan beshta davlatdan biri bo‘lib turibdi. Ayollar terma jamoasi esa Serbiyaga imkoniyatni boy berdi.
Bolgariyada bo‘lib o‘tayotgan taekvondo WT bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zbekistonlik Marjona Xudoyqulova hamda Nazarali Nazarov kumush, Gulshanoy Ismoilova esa bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Prezident qaroriga ko‘ra, Navoiydagi “To‘dako‘l” dam olish bazasida Xalqaro shaxmat maktabi tashkil etiladi. Qolaversa, 2023-yildan boshlab har yili mukofoti 50 ming dollarlik “Women's Chess Championship” xalqaro turniri hamda “Uzbekistan Chess Open” xalqaro turniri o‘tkaziladi.
Prezident qarori bilan xalqaro nufuzli musobaqalarda sovrindor bo‘lgan sportchilarga pul mukofotlari beriladi. Jumladan, Butunjahon shaxmat olimpiadasi g‘olibi — 600 mln so‘m bilan mukofotlanadi. Qolaversa, sovrindorlarning trenerlari ham shogirdi mukofotining yarmiga teng miqdorda pul oladi.
Nur-Sultonda bo‘lib o‘tayotgan dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik Diyora Keldiyorova oltin, Muhriddin Tilovov va Nilufar Ermaganbetova bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Shaxmat olimpiadasining oltinchi turida O‘zbekiston erkaklar jamoasi Hindiston bilan durang o‘ynab, turnir jadvalida to‘rtinchi o‘ringa pastladi. Ayollar jamoasi esa Shotlandiyani mag‘lub etib, 37-o‘ringa ko‘tarildi.
Shaxmat olimpiadasining 5-turida O‘zbekiston erkaklar jamoasi Slovakiyani 4:0 hisobida mag‘lub etib, turnir jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Nodirbek Abdusattorov besh uchrashuvda beshta g‘alaba bilan musobaqaning eng samarali o‘yinchilaridan biri bo‘lib turibdi. Ayollar jamoasi Vetnamga imkoniyatni boy berdi.
Hindistonda o‘tkazilayotgan shaxmat olimpiadasining to‘rtinchi turida O‘zbekiston jamoasi musobaqa favoriti — jahon reytingida top-10likdagi shaxmatchilardan iborat AQSh jamoasi bilan durang o‘ynadi. O‘zbekistonlik qizlar esa hozirgacha uch g‘alaba va bir mag‘lubiyat qayd etdi.
Bolgariyada taekvondo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida musobaqa tashkilotchilari o‘zbekistonlik Laylo Hasanovani eng yaxshi taekvondochi qiz, deb e’tirof etdi. U jahon chempioni bo‘ldi, yana 9 nafar sportchi terma jamoa hisobiga 1 kumush va 8 bronza medalini yozdirib qo‘ydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting