Shohruh Sadirov Olma-ota shahrida bo‘lib o‘tgan stenddan o‘q otish bo‘yicha Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu O‘zbekiston uchun ushbu sport turi bo‘yicha qit’a chempionatidagi ilk bosh sovrin hisoblanadi.
O‘zbekistonlik bokschi Elnur Abduraimov AQShda meksikalik Leonel Morenoni nokautga uchratib, vakant bo‘lgan IBF North American kamari sohibiga aylandi. O‘zbekistonlik sportchi shu vaqtga qadar mag‘lubiyatga uchramagan va g‘alabalarining 90 foizini muddatidan oldin yakunlagan.
Rimda bo‘lib o‘tayotgan yunon-rum kurashlari bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zbekistonlik atletlar Aytjan Xalmaxanov oltin, Shahzod Ro‘zioxonov kumush, Xurshidbek Normuhammadov esa bronza medalini qo‘lga kiritdi.
O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Nigora Suvonova (-81 kg) Osiyo chempionatining barcha turdagi dasturlari bo‘yicha 6 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi. Terma jamoa hisobiga yana 19 ta medalni Madina Fayzullayeva, Sharofiddin Amriddinov, Qudratbek Salimjonov, Nurbol Abdurashidov va Xushnoza Xoliqovalar olib kelishdi.
Bangkokda bo‘lib o‘tayotgan o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik dzyudochilar 3 ta oltin va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Tojikistonda bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi Markaziy Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik futbolchilar ketma-ket ikkinchi bor musobaqa g‘olibiga aylandi. O‘zbekiston ayollar jamoasi hal qiluvchi bahsda Eron ayollar MTJsini 1:0 hisobida mag‘lub etdi — foto, video.
2022-yilda Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan yozgi Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari yana bir yilga qoldirildi.
2024 yilda og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qilish uchun Toshkent tanlandi, bu O‘zbekistonga Parij Olimpiadasiga litsenziya ochkolarini taqdim etadi.
Jahon shaxmat reytingida o‘zbekiston ilk bor kuchli yigirmatalikka kirdi. Birinchi uchta o‘rinni AQSh, Rossiya, Xitoy egallab turibdi. Markaziy Osiyo davlatlaridan Qozog‘iston — 37, Qirg‘iziston — 76, Tojikiston — 85, Turkmaniston — 116 — o‘rinda bormoqda.
«Paxtakor» futbol klubiga taniqli futbolchi Maksim Shatskix bosh murabbiy etib tayinlandi. Klub bilan tuzilgan shartnoma 3 yilga mo‘ljallangan.
Janubiy Koreyada o‘tkazilgan o‘q otish bo‘yicha Jahon kubogi finalida o‘zbekistonlik sportchilar 16 ochko bilan 3-o‘rinni egalladi. Musobaqada 1-o‘rin Italiya, 2-o‘rin esa Hindiston vakillarga nasib etdi.
AQShda bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar — Dostonbek Otabolayev karate bo‘yicha bronza, Darya Latisheva esa ushu bo‘yicha kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Toshkentning «Humo» xokkey klubi ikki yillik tanaffusdan keyin yana Qozog‘iston Pro ligasida o‘ynashni boshlaydi. Jamoa koronavirus pandemiyasi tufayli musobaqalarda ishtirok etmayotgandi.
Bahraynda bo‘lib o‘tayotgan sport kurashlari bo‘yicha U20 Osiyo chempionatida O‘zbekiston polvonlari terma jamoa hisobiga yana ikkita bronza medalini qo‘shib qo‘yishdi.
Bahraynda bo‘lib o‘tayotgan sport kurashlari bo‘yicha U20 Osiyo chempionatining birinchi kunida o‘zbekistonlik polvonlar to‘rtta — bitta oltin, ikkita kumush va bitta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Charos Qayumova taekvondo sport turi bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi jahon reytingida birinchi o‘rinni egallagan ilk o‘zbekistonlik sportchiga aylandi.
Eldor Shomurodov Yevropa Konferensiyalar ligasining 2021−2022 yilgi mavsumida 33,6 km/soat tezlikni qayd etdi. Shu tariqa «Roma» futbolchisi musobaqaning eng tezkor o‘yinchisi deb topildi.
2023 yildan boshlab o‘zbek sportchilarini 2026 yilda Milan va Kortine-d'Ampetssoda (Italiya) o‘tkaziladigan Qishki Olimpiada va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorlash uchun 15 mlrd so‘mgacha mablag‘ ajratiladi. Qishki sport turlari bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan sport maktabini tashkil etish rejalashtirilgan.
Prezident qarori bilan Olimpiya va Paralimpiya sovrindorlari tashkil etgan nodavlat sport-ta'lim muassasalariga 2024-yilgacha, barcha nodavlat sport-ta'lim muassasalariga esa 2024-yildan boshlab ikki yil davomida bino va inshootlar ijara to‘lovlari va soliqlar bo‘yicha imtiyozlar berildi.
O‘zbekistonda 30 iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan futbol bo‘yicha U23 Osiyo kubogining uch nafar sovrindori — Xusain Norchayev, Hojimat Erkinov va Jasurbek Jaloliddinov «Kelajak bunyodkori» medali bilan mukofotlandi. Qolaversa, bokschi Elnur Abduraimov «Mard o‘g‘lon» mukofoti bilan taqdirlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting