«andijon» tegli maqolalar


Shavkat Mirziyoyev Andijonga boradi
15 fevral 2024, 10:22

Shavkat Mirziyoyev Andijonga boradi

Prezident payshanba kuni Andijonga tashrif buyuradi. Davlat rahbari sanoat, qishloq xo‘jaligi, ijtimoiy soha obyektlari va mahallalar hayoti bilan tanishishi reja qilingan.

Andijonda ko‘p qavatli uyda sodir bo‘lgan yong‘inda bir kishi halok bo‘ldi
2 fevral 2024, 21:30

Andijonda ko‘p qavatli uyda sodir bo‘lgan yong‘inda bir kishi halok bo‘ldi

Andijon shahridagi ko‘p qavatli uylardan birida yong‘in chiqdi. Oqibatda bir kishi halok bo‘ldi, yana bir kishi jarohatlandi. Yong‘inga gaz-havo aralashmasining chaqnashi sabab bo‘lgan, deb xabar berdi viloyat FVB.

Andijonda Gentra urib yuborgan 77 yoshli erkak vafot etdi
18 yanvar 2024, 17:41

Andijonda Gentra urib yuborgan 77 yoshli erkak vafot etdi

Andijon shahrida Gentra yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan 77 yoshli erkakni urib yubordi. Oqibatda piyoda shifoxonada vafot etdi.

Andijonda yuklar ustini davlat bayrog‘i bilan yopib harakatlangan haydovchi jarimaga tortildi
15 dekabr 2023, 17:11

Andijonda yuklar ustini davlat bayrog‘i bilan yopib harakatlangan haydovchi jarimaga tortildi

Shahrixon tumanida avtomashinadagi yuklar ustini to‘sish uchun davlat bayrog‘idan foydalangan haydovchi 1 mln so‘mdan oshiqroq jarimaga tortildi.

Shuhrat Abdurahmonov suv ta’minoti xodimlariga 4 mln so‘mdan pul tarqatdi (video)
14 dekabr 2023, 12:23

Shuhrat Abdurahmonov suv ta’minoti xodimlariga 4 mln so‘mdan pul tarqatdi (video)

Andijon viloyati hokimi ko‘chada ishlayotgan ichimlik suvi ta’minoti xodimlariga 4 million so‘mdan pul berdi. Tarqatilgan pullar homiylik mablag‘lari hisobidan ekani ma’lum qilindi.

Andijon, Buxoro va Toshkent viloyatlarida jinoyat olamining jami 150 dan ortiq vakillari ushlandi
7 dekabr 2023, 11:22

Andijon, Buxoro va Toshkent viloyatlarida jinoyat olamining jami 150 dan ortiq vakillari ushlandi

“Dolzarb 40 kunlik” maxsus reydlari davomida Toshkent viloyatida 34 nafar jinoiy guruh a’zosi qo‘lga olindi, 64 nafar qidiruvdagi shaxs ushlandi. Andijonda o‘zidan “yetakchi” yasab olgan 4 kishi, Buxoroda esa kriminogen vaziyatga ta’sir qiluvchi 38 nafar shaxs qamoqqa olindi.

Andijonda uch nafar jinoyat olami vakillari ushlandi
5 dekabr 2023, 13:11

Andijonda uch nafar jinoyat olami vakillari ushlandi

Andijon viloyatidagi profilaktik tadbirlarda jinoyat olami vakillari, tovlamachilar, “o‘zidan yetakchi yasab olganlar” hamda ularga yaqin bo‘lgan shaxslar qo‘lga olinmoqda. Xususan, bezorilik, tovlamachilik va giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etishda gumonlanib 3 nafar shaxs hibsga olindi.

Nasibillo Mo‘minov Asaka tumani hokimi v.v.b. etib tayinlandi
20 oktabr 2023, 09:32

Nasibillo Mo‘minov Asaka tumani hokimi v.v.b. etib tayinlandi

Asaka tumani hokimi Begzod Ummatov vazifasidan ozod etilib, uning o‘rniga hokim vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib Nasibillo Mo‘minov tayinlandi.

Andijonda paxta xirmonida yong‘in sodir bo‘ldi. Vazirlik yong‘inda 12 kg paxta yonganini aytmoqda
18 oktabr 2023, 11:48

Andijonda paxta xirmonida yong‘in sodir bo‘ldi. Vazirlik yong‘inda 12 kg paxta yonganini aytmoqda

Baliqchi tumanida paxta qabul qilish maskanidagi xirmonda yong‘in sodir bo‘ldi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi yong‘inda 12 kg paxta yonganini aytmoqda. Lekin voqea aks etgan videoda bir xirmon to‘liq yonib, yong‘in ikkinchi xirmonga ham o‘tganini ko‘rish mumkin.

Andijonda ham bolalarda Antistrumin dorisining “nojo‘ya ta’siri” qayd etildi
22 sentabr 2023, 22:26

Andijonda ham bolalarda Antistrumin dorisining “nojo‘ya ta’siri” qayd etildi

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov “Antistrumin” dorisining “nojo‘ya ta’siri” kuzatilgan 12 nafar bola yotgan kasalxonaga bordi. Avvalroq Namangan viloyatida ham ushbu dorini iste’mol qilgan 70 dan ortiq bola shifoxonaga yotqizilgan edi.

Andijonda 3 tup chinorni kesganlarning ozodligi 2 yilga cheklandi
19 sentabr 2023, 14:15

Andijonda 3 tup chinorni kesganlarning ozodligi 2 yilga cheklandi

Izboskan tumanida 2 fuqaro “xonadoniga xavf tug‘dirayotgani va qurilish ishlariga xalal bergani uchun” 3 tup g‘arb chinori daraxtini kesgandi. Sud ularga 131,4 mln so‘mlik zararni qoplash bilan birga 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosini tayinladi.

Shuhrat Abdurahmonov “Andijon” futbolchilariga avtomobil va iPhone 14 sovg‘a qilishini bildirdi
22 avgust 2023, 14:58

Shuhrat Abdurahmonov “Andijon” futbolchilariga avtomobil va iPhone 14 sovg‘a qilishini bildirdi

Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov Superliganing 17-turi doirasidagi “Andijon” — “Olimpik” (2:1) o‘yinidan keyin futbolchilar bilan uchrashdi. U gol muallifi Rubin Hebayga istalgan avtomashinasini tanlashini, qolgan futbolchilarga esa iPhone 14 smartfonlari berilishini va’da qildi.

O‘zbekistonda Nike krossovkalarini ishlab chiqarish boshlandi
8 avgust 2023, 21:38

O‘zbekistonda Nike krossovkalarini ishlab chiqarish boshlandi

Andijondagi Sino International kompaniyasi Nike krossovkalarini ishlab chiqarishni boshladi. Nike strategiyasiga muvofiq, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan krossovkalar dastlab Markaziy Osiyo mamlakatlari bozorlariga, 2024-yildan Pokistonga, kelajakda esa Yevropa davlatlariga yetkazib beriladi.

“Bizga shunday IIB xodimlari kerak”. Abituriyentni yelkasida ko‘targan xodim taqdirlandi
6 avgust 2023, 16:48

“Bizga shunday IIB xodimlari kerak”. Abituriyentni yelkasida ko‘targan xodim taqdirlandi

Tarmoqlarda Andijonda nogironligi bo‘lgan abituriyentni yelkasida ko‘targancha imtihon joyiga olib borgan ichki ishlar xodimi surati tarqaldi. Uni viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov taqdirladi. “Andijonimizning IIB xodimi qanaqa ekanligini mana shu bolam ko‘rsatib qo‘ydi”, — dedi hokimlik rahbari.

Uch davlat yoshlarini birlashtirgan maydon: Andijonda IT oromgoh bo‘lib o‘tmoqda
22 iyul 2023, 20:01

Uch davlat yoshlarini birlashtirgan maydon: Andijonda IT oromgoh bo‘lib o‘tmoqda

Andijonda Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston yosh IT mutaxassislari uchun “Digital Valley” oromgohi bo‘lib o‘tmoqda. 60 nafar yigit-qiz 5 kun davomida dasturlash, grafik dizayn va raqamli marketing bo‘yicha mahoratlarini oshiradi, xalqaro kompaniyalar vakillari bilan o‘zaro fikr almashadi.

“Osmondan alangaga o‘xshash narsa tushdi”. Andijonda 2 kishini chaqmoq urdi, 17 yoshli yigit vafot etdi
20 iyun 2023, 15:19

“Osmondan alangaga o‘xshash narsa tushdi”. Andijonda 2 kishini chaqmoq urdi, 17 yoshli yigit vafot etdi

Paxtaobod tumanida 2 kishini chaqmoq urib, 17 yoshli yigit vafot etdi. Voqea joyida bo‘lgan ayolning “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, hodisa vaqtida u qizi va marhum bilan dalada chopiq qilayotgan bo‘lgan. 15 yoshli qiz shifoxonaga yotqizilgan va ahvoli o‘rtacha og‘ir deb baholanmoqda.

Andijonda kanalga tushib ketgan qizni qutqarmoqchi bo‘lgan yigit halok bo‘ldi
29 may 2023, 10:52

Andijonda kanalga tushib ketgan qizni qutqarmoqchi bo‘lgan yigit halok bo‘ldi

Marhamat tumanida 20 yoshli yigit kanalga tushib ketgan qizni qutqarmoqchi bo‘lib, o‘zi cho‘kib ketdi. Qiz boshqa odamlar tomonidan qutqarildi, yigitning jasadi oradan 3 kun o‘tib topildi.

Andijonda o‘zini yoqib yuborgan Hindiston fuqarosi vafot etdi
18 may 2023, 23:21

Andijonda o‘zini yoqib yuborgan Hindiston fuqarosi vafot etdi

Andijonda tibbiyot fakulteti talabasi — Hindiston fuqarosi turmush qurish taklifini rad etganidan so‘ng o‘zini yoqib yuborgan Hindiston fuqarosi vafot etdi.

Andijon viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
20 aprel 2023, 10:07

Andijon viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi

Avazbek Ergashev Andijon viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Andijonda xotinini yoqib yuborgan erkak 17 yilga qamaldi
19 aprel 2023, 11:49

Andijonda xotinini yoqib yuborgan erkak 17 yilga qamaldi

Baliqchi tumanida ikkinchi turmush o‘rtog‘ini bo‘yoq suyultirgich bilan yoqib yuborgan 43 yoshli erkak 17 yilga qamaldi. U sud jarayonida ushbu jinoyatni qilishiga ayoli bilan munosabatlari sovuqlashganini sabab qilib ko‘rsatgan. Marhuma voqeadan 13 kun o‘tib shifoxonada vafot etgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting