Izboskan tumanida fuqarolar 3 tup chinor daraxtini o‘zboshimchalik bilan kesib ketdi. Oqibatda tabiatga 131 mln so‘mlik zarar yetdi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Andijon shahrida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan mayning ferma egasi 900 mln so‘m jarimaga tortildi. U ferma faoliyatini hech qanday ruxsatnoma va hujjatlarsiz olib borgan. Avvalroq Senat energiya resurslaridan qonunga zid foydalanishni o‘g‘rilik deb baholovchi qonunni ma’qullagandi.
Marhamat tumanidagi «Kelajak nuri» kutubxonasi elektrdan qarzdorligi ko‘payib ketgani uchun yopilgani aytilgandi. Hokimlik vaqtincha yopilishga yog‘ingarchilik sababli bino tomi ta’mirtalab holga kelgani, hozirda ishlar olib borilayotganini ma’lum qildi.
Andijon va Navoiy viloyatlarida aholi quyosh panellari o‘rnatishga majburlanayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Hokimliklar jarayon «faqat tavsiya sifatida» va «hech bir majburlovlarsiz» kechayotganini bildirdi. Iqtisodchi Otabek Bakirovga ko‘ra, «ratsional harakat ongli va ongsiz ravishda obro‘sizlantirilmoqda».
DXX Sirdaryo va Andijon viloyatlarida yerni mos ravishda 12,5 ming dollar va 148,2 mln so‘mga noqonuniy sotishga uringanlikda gumonlanganlarni qo‘lga oldi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
FVV Andijon tumandagi uchta xonadonda portlash sodir bo‘lganini inkor etib, faqat xonadonlarning birida yong‘in kelib chiqqanini ma’lum qildi. Buning oqibatida uyning 50 kv. metr maydoniga zarar yetgan, jarohatlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Andijon tumanida yuk mashinasi haydovchisi yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan 21 yoshli ayolni bosib ketdi. Ko‘rsatilgan yordamga qaramasdan u shifoxonada vafot etdi.
Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga uchib ketdi. Undan so‘ng Farg‘ona va Namangan viloyatlariga tashrif buyuradi. Tashrif davomida davlat rahbari hududlar iqtisodiyoti, aholi hayoti bilan yaqindan tanishadi.
Xo‘jaobod tumanidagi xonadonlarning birida 30 yoshli erkak ammasi va 17 yoshli jiyanini o‘ldirib ketgani gumon qilinayotgandi. Aniqlanishicha, erkak ayoldan kreditni to‘lash uchun pul so‘ragan. Rad javobdan jahli chiqib, ularni pichoqlab qo‘ygan. Hozirda gumonlanuvchi ushlangan, holat tergov ostida.
Xo‘jaobod tumanidagi xonadonlarning birida 62 yoshli ayol va uning 17 yoshli jiyanining jasadi qotillik alomatlari bilan topildi. Holat bo‘yicha tezkor-tergov guruhi tuzilib, jinoyatni fosh etish choralari ko‘rilmoqda.
Andijon tumanidagi choyxonada yong‘in kelib chiqdi. Oqibatda 70 kvadrat metr maydonda tom, shift va jihozlar yonib zararlandi.
Asakada ichki ishlar xodimlari jamoat tartibini buzganlikda ayblab, fuqarolarga kuch ishlatdi. Tuman IIBga olib ketilgan fuqarolar uzr so‘rab, xodimlarga sovuqda tartibni saqlayotgani uchun minnatdorlik bildirdi. Ularning kaltaklangani aks etgan videoni tarqatish esa yaxshi ish bo‘lmaganini aytdi.
Andijon tumanidagi xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatda uyning shift, tom qismi va uy jihozlari hamda darvozaxonada bo‘lgan Damas yonib zararlandi. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Respublika tez tibbiy yordam markazi Andijon filiali kadrlar bo‘limi inspektori fuqarodan 400 dollar pora olganda ushlandi. Muassasa xodimlari orasida yetarlicha tushuntirish ishlarini olib bormagani uchun filial direktori va kadrlar bo‘limi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Andijon va Xorazm viloyatlaridagi ta’lim muassasalarida 11 yanvardan o‘quv jarayonlari boshlanishi ma’lum qilindi. Samarqanddagi muassasalarning esa sharoiti o‘rganilmoqda. Avvalroq O‘zbekistondagi ta’lim tashkilotlarida anomal sovuq sabab qishki ta’til 18 yanvargacha uzaytirilgandi.
Andijon viloyatida 17 yoshli bola to‘rt nafar sinfdoshi bilan Spark mashinasida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi yuk mashinasiga borib urildi. Oqibatda ulardan biri tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etdi.
Andijonning Shahrixon tumanida yashovchi ayol ikki nafar qizni Turkiyaga fohishalik uchun jo‘natmoqchi bo‘lgan vaqtida Toshkent xalqaro aeroportida IIB va Vazirlar Mahkamasi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Andijon viloyatida 63 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni o‘zlashtirishda ayblangan 45 nafar sudlanuvchining aksariyatiga qamoq jazosi tayinlandi. Xususan, Andijonning sobiq hokimi Bahrom Haydarov 10 yilga, sobiq prokuror Qurbonali Asqarov esa 10,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Andijonda xonadon yonib ketishi oqibatida uy egasining 3 nafar voyaga yetmagan farzandi halok bo‘ldi. Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.
Huquq-tartibot organlari xodimlari Samarqandda 1,4 kg opiy va 1,7 kg gashish, Andijonda esa salkam 1 kg gashish giyohvand moddasini saqlaganlikda gumonlangan shaxslarni qo‘lga oldi. Ularga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting