2023-yilda O‘zbekistonga benzin importi bir necha barobar oshdi. Birinchi to‘rt oyda 335,2 mln litr keltirilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilga nisbatan qariyb 2 barobar ko‘p. Importning umumiy qiymati 136,67 mln dollarni yoki litri uchun 0,4 sentni tashkil etdi. Importning aksar qismi Rossiya hisobiga to‘g‘ri keldi.
Rossiya hukumati birja savdolarida narxlar oshishi sababli benzin eksportini qisqartirishni ko‘rib chiqmoqda. Ta’minotning cheklanishi Rossiyadan to‘rt oy ichida 327,8 mln litr benzinni har litri uchun 4579 so‘mdan import qilgan O‘zbekistonga ta’sir qilishi mumkin.
Prezident mas’ullarga O‘zbekistonda benzin va dizel yoqilg‘isi zaxirasini shakllantirish vazifasini qo‘ydi. Yoqilg‘i olib keluvchi tadbirkorlarga aylanma mablag‘ uchun kreditlar ajratiladi. Davlat rahbari, shuningdek, yil oxirigacha elektromobillar uchun 900 ta quvvatlagich o‘rnatish bo‘yicha topshiriq berdi.
UNG Petro yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘i tomonidan Navro‘z bayrami arafasida e’lon qilingan Ai-92 benzini uchun chegirma 1-maydan boshlab to‘xtatildi. Aksiya davomida bir litr yoqilg‘i 7500 so‘mdan sotildi.
Jahonda neft narxi pasaysa ham, O‘zbekistonda benzin narxi tushmagani uchun “monopolistlar o‘z qoidalariga sodiq” deya ayblangan UNG Petro bu da’volarni “noo‘rin” deb atadi.
O‘zbekistonda 1 martdan import qilinadigan va mahalliy Ai-80 rusumli benzinga aksiz solig‘ining «nol» stavkasi qo‘llanishi muddati tugaydi. Shu kundan boshlab ushbu yoqilg‘i narxining oshishi kutilmoqda.
«Ikki barmoq 72-benzinni, olti barmoq esa 66-benzinni anglatarkan… Bu yer har xil markali mashinalar bilan to‘lib ketgan… Benzinfurushlar o‘z «govmushlari»ni sog‘ib sotayotgandek bemalol yurishibdi… Eng yomoni, davlatning ming-ming tonnalab yoqilg‘isi shu xil yo‘llar bilan suv bo‘lib ketyapti».
Avvallari yilda bir yo ikki marta ro‘y beradigan narx o‘sishi arafasida kuzatiladigan, so‘nggi 5−6 yilda esa “avvalgi zamon"da qolib ketgandek tuyulgan benzinga navbatlar bu yilgi qish mavsumida yana kun tartibiga qaytdi. “Gazeta.uz” muxbiri Toshkent AYoQShlardagi navbatlarni fotosuratlarga muhrladi.
«O‘zbekneftgaz» AJ o‘z yonilg‘i quyish shoxobchalaridagi uzun navbatlarni birja orqali olingan benzinning ba’zi xususiy AYOQSHlarda sotilmayotgani, narxlar sun’iy oshirilayotgani, shuningdek, talabni qondirish uchun ishlab chiqarish quvvati yetishmasligi bilan izohladi.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi O‘zbekistonning qator hududlarida benzinni boshqa marka deb sotish va kam to‘ldirish holatlari aniqlanganini ma’lum qildi. Zarar 489 mln so‘mni tashkil etadi.
Tuproqqal’a tumanidan o‘tuvchi A-380 avtomobil yo‘lida benzin tashuvchi MAN yuk mashinasi yonib ketdi. Yong‘in deyarli 3 soat davom etgan. Uning oqibatida jarohat olgan va halok bo‘lganlar yo‘q, deyiladi Xorazm viloyati FVB xabarida.
Toshkent viloyati Angren neft bazasida 5000 metr kub hajmdagi sig‘im sifonining jo‘mragi havo harorati pasayishi tufayli muzlab, yorilib ketdi. Oqibatda zavoddan 11 500 litr benzin sizib chiqdi. Korxona rahbari hech kimga jiddiy zarar yetkazilmaganini ma’lum qildi.
Energetika vazirligi huzuridagi «Neftgazinspeksiya» olib borgan o‘rganishlar davomida 299 ta AYOQSHlarda narxni asossiz oshirgani, bundan tashqari, 15 mln litrga yaqin sifatsiz neft mahsulotlari aniqlangan. Ularga avtobenzin yetkazib berish to‘xtatilgan.
Prezident Administratsiyasi rahbari topshirig‘iga asosan 2023-yilning 1-martigacha davlat muassasasiga qarashli mashinalarga gazdan foydalanishni vaqtincha taqiqlanadi. Shuningdek, 2 oy muddatga AI-80 benzini importi va uni chakana sotish uchun aksiz solig‘i undirish bekor qilinadi.
O‘zbekiston hukumati 15 iyuldan boshlab mamlakatda ishlab chiqarilgan benzin va dizel yoqilg‘isini eksport qilishga vaqtinchalik cheklov o‘rnatdi.
O‘zbekistondagi ba’zi AYOQSHlarda benzin narxi keskin ko‘tarildi. Xususan, bir litr Ai-80 — 7,5 ming so‘mgacha, Ai-92 — 10 ming so‘mgacha, Ai-95 benzini esa — 11 ming so‘mgacha sotilmoqda. “O‘zbekneftgaz” esa o‘ziga qarashli shoxobchalarda Ai-80 benzini narxi o‘zgarmaganini ma’lum qildi.
Buxoro neftni qayta ishlash zavodida Ai-80 benzini tannarxi 2800 so‘mni tashkil qilmoqda, birjaga esa 3900 so‘mdan qo‘yilmoqda. May oxirida «O‘zbekneftgaz» ga qarashli AYOQSHlarda Ai-80 narxi 6800 so‘mgacha ko‘tarilgandi. «Benzin narxlarining ko‘tarilishida zavodning aloqasi yo‘q», — dedi zavod rahbari o‘rinbosari.
«O‘zneftgazinspeksiya» tomonidan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida bir qator qonunbuzarliklar aniqlangan. Xususan, 43 ta holatda iste’molchilarga benzin har 10 litr uchun 10 dan 740 ml gacha kam quyilayotgani ma’lum bo‘ldi.
1 iyundan boshlab neft mahsulotlariga solinadigan aksiz soliq stavkalari ko‘tarilishiga qaramasdan «O‘zbekneftgaz» tasarrufidagi yoqilg‘i quyish shoxobchalarida benzinning chakana narxi oshirilmaydi, deb ma’lum qildi kompaniya.
Poytaxtning Chilonzor tumanidagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida uch nafar xodim benzin paridan zaharlanib, hushini yo‘qotdi. Ular Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazining toksikologiya bo‘limiga yotqizilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting