Yashnobod tumanida qurilish kompaniyasi rahbari xonadon sotib olmoqchi bo‘lgan 23 kishi bilan soxta oldi-sotdi shartnomasini tuzib, ularning 4 mlrd so‘mdan ortiq pulini qo‘lga kiritgani aniqlandi. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining firibgarlik va boshqa moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Peshku tumanidagi muhofazaga olingan hududda 125 tup daraxt (102 tupi qimmatbaho) noqonuniy kesildi. Tabiatga 1,7 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Bosh prokuratura Samarqand va Toshkent viloyatlarida mahalliy fuqarolar 2 ta tarixiy yodgorlikka 288 mln so‘m zarar yetkazganini aniqladi. Holatlar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Bosh prokuratura “Zarafshon” milliy tabiat bog‘i hududidagi 39,8 gektar yerning noqonuniy ijaraga berilganini aniqladi. Ushbu hududda ijarachilar 8015 metr kvadrat maydonda butalar va o‘simlik dunyosini nobud qilib, dam olish maskani qurgan.
SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida temir beton plitasi qulashidan 6 nafar talaba qiz jarohatlangani bo‘yicha Jinoyat kodeksining 258-moddasi bilan jinoyat ish qo‘zg‘atildi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida bino tomining plitasi qulashi natijasida 6 nafar talab qiz jarohat olganini ma’lum qildi. Universitet ikki nafar qiz jarohat olgani haqida xabar bergan edi. Bino qurilishi va ta’mirlanishi holati mutaxassislar tomonidan o‘rganilmoqda.
Zangiota tumanida bir kun avval bedarak yo‘qolgan 2 yoshli bola ko‘ngillilar yordamida qidirib topildi. Kechasi bolaning jasadi uy yaqinidagi quduqdan topilgan. Tuman prokuraturasi tergov olib bormoqda.
Sho‘rchi tumanidagi madaniy meros obyektlari hududlarida g‘isht ishlab chiqarilayotgani, tuprog‘idan molxona va hojatxona qurilgani aniqlandi. Buning oqibatida yodgorliklarga 3,1 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan.
Pastdarg‘om tumanida ohak ishlab chiqaruvchi sex mansabdorlari 4,3 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Bosh prokuraturaning qayd etishicha, “Yashil makon” loyihasi doirasida xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmagan 29 nafar mahalliy davlat hokimiyati organlari va idoralar rahbarlari qonunchilikda belgilangan javobgarlikka tortilishi mumkin.
Shanba kuni Kattaqo‘rg‘on suv omborida qayiq ag‘darilib ketishi oqibatida 7 nafar yigitdan 4 nafari cho‘kib ketdi. Hozirgacha bir yigitning murdasi topilgan, qolganlari qidirilmoqda. Holatga yigitlarning fotosuratga tushish maqsadida tartibsiz harakatlar qilgani sabab bo‘lgan.
Urgut tumanidagi qator arxeologiya yodgorliklari buzilishi va kovlanishi oqibatida obyektlarga 9 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi.
Samarqandda 45 yoshli erkak 10 yashar qiz qarindoshiga uyatsiz harakatlar qilib kelgani ma’lum bo‘ldi. Bosh prokuraturaga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirgi kunda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
Denov tumanidagi I-XII asrlarga oid arxeologik yodgorlikka 13 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi. Tuman fermer xo‘jaliklariga yer uchastkalarini berish komissiyasi obyektni fuqaroga bog‘dorchilik uchun berib yuborgan.
Bosh prokuratura o‘rganishi davomida Toshkent shahrida joylashgan 18 ta tadbirkorlik subyektlari tomonidan Bo‘zsuv kanaliga yuqori konsentratsiyada ifloslangan kimyoviy moddalar oqizilgani aniqlandi va korxonalar ogohlantirildi.
Piskent tumanidagi “Toshkent” davlat o‘rmon xo‘jaligiga qarashli hududda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hodisa oqibatida zararlangan maydon 5,89 gektarni tashkil etgan.
Aziz Abduhakimov “Yashil makon” loyihasi doirasida 2 milliondan ortiq ko‘chat ekildi deb hisobotga qo‘shib yozilgani, sug‘orish tizimlari bo‘lmagan hududlarga 7,3 million tup ko‘chat ekilishiga yo‘l qo‘yilgani kabi kamchiliklar haqida ma’lum qilgandi. Shu bo‘yicha prokuratura o‘rganish ishlarini boshladi.
Bulung‘ur tumanida 9 tup sog‘lom va 1 tup qurigan qayrag‘och daraxtini kesgan fuqarolarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Huquqbuzarlik oqibatida tabiatga 744,6 mln so‘m zarar yetgan.
Qarshi shahrida 35 yoshli Obodonlashtirish boshqarmasi ishchisi kanalga tushib ketib, halok bo‘ldi. Marhum tanasida tan jarohati aniqlanmagan, uning o‘limi sabablarini aniqlash bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
18-iyun kuni Yangihayot tumanida yuk tashuvchi liftning nosozlik tufayli tezlashib ketishi oqibatida 13 kishining hayoti xavf ostida qoldi. Bosh prokuraturaga ko‘ra, may oyida foydalanishga topshirilgan uyning aholiga mo‘ljallangan 2 ta lifti nosoz bo‘lgan. Shu bois ular yuk tashuvchi liftdan foydalanib kelishgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting