«bosh prokuratura» tegli maqolalar


Toshkent viloyatida zapravka 11,4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
14 fevral 2025, 21:58

Toshkent viloyatida zapravka 11,4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Toshkent viloyati Bekobod shahrida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, 11,4 mlrd so‘mlik zarar yetkazgan avtomobillarga gaz to‘ldirish shohobchasi egalariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Buxoroda issiqxona 3,7 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi
12 fevral 2025, 03:53

Buxoroda issiqxona 3,7 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi

Bosh prokuratura reyd tadbirida Buxoro viloyati Kogon tumanidagi issiqxona egasi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani ma’lum bo‘ldi. 3,7 mlrd so‘m zarar yetkazgan tadbirkorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Bosh prokuratura quyosh panellari o‘rnatilishini nazorat qiladi
10 fevral 2025, 16:04

Bosh prokuratura quyosh panellari o‘rnatilishini nazorat qiladi

Davlat dasturini amalga oshirish to‘g‘risidagi prezident farmoni bilan Bosh prokuraturaga quyosh panellarini o‘rnatish rejasining ijrosini ta’minlash topshirildi. Energetika vazirligi hokimliklar bilan birgalikda ularni tuman va shaharlarda o‘rnatish dasturini ishlab chiqadi.

Bosh prokuratura 13 yoshli qizga jinsiy aloqa qilishni taklif qilgan erkakka chiqarilgan sud qaroriga protest kiritdi
6 fevral 2025, 14:50

Bosh prokuratura 13 yoshli qizga jinsiy aloqa qilishni taklif qilgan erkakka chiqarilgan sud qaroriga protest kiritdi

Bosh prokuratura Andijon viloyatidagi birinchi va apellyatsiya instansiyasi sudlarining erkakning 13 yoshli qo‘shnisi bilan jinsiy aloqa qilish niyatini ma’muriy huquqbuzarlik deb topgan qarorlariga protest kiritdi. Erkak sud qarori bilan 5 sutkaga qamalgandi.

Bosh prokuratura Toshkent hokimligining hokim yordamchisi to‘g‘risidagi raddiyasiga javob berib, jamoatchilikni chalg‘itmaslikka chaqirdi
4 fevral 2025, 17:45

Bosh prokuratura Toshkent hokimligining hokim yordamchisi to‘g‘risidagi raddiyasiga javob berib, jamoatchilikni chalg‘itmaslikka chaqirdi

Toshkentda hokim yordamchisi o‘zgalarning nomiga kredit olgani ma’lum bo‘ldi. Hokimlik uni 2024-yil noyabrda ishdan bo‘shaganini ta’kidlab, OAVni ma’suliyatli bo‘lishga chaqirdi. Prokuratura esa u jinoyatni hokim yordamchisi bo‘lganida sodir etganini qayd etib, hokimlikni jamoatchilikni chalg‘itmaslikka chaqirdi.

Prokuratura Andijonda voyaga yetmagan qizga jinsiy aloqa taklif qilgan shaxs ishini o‘rganmoqda
3 fevral 2025, 21:02

Prokuratura Andijonda voyaga yetmagan qizga jinsiy aloqa taklif qilgan shaxs ishini o‘rganmoqda

Andijonda er-xotin 13 yoshli qo‘shni qizga nisbatan shahvoniy shilqimlikda ayblanib, sud tomonidan 5 sutka qamoq va jarima jazosiga tortilgandi. Sud qarori yuzasidan apellyatsiya shikoyati esa qanoatlantirilmagan. Viloyat prokuraturasi mazkur sud hujjatlarini o‘rganishni boshladi.

O‘zbekistondagi 250 mingta uy va obyekt quyosh panellari bilan jihozlanadi — Bosh prokuratura
31 yanvar 2025, 12:34

O‘zbekistondagi 250 mingta uy va obyekt quyosh panellari bilan jihozlanadi — Bosh prokuratura

2025-yilda O‘zbekistonda 250 mingta obyektni, jumladan, 150 mingta uyni quyosh panellari bilan jihozlash reja qilinmoqda, deya xabar qildi Bosh prokuratura. Topshiriqni bajarish uchun joylarda hokimlik, “O‘zenergoinspeksiya”, banklar va boshqa idoralar xodimlaridan iborat ishchi guruhlar tuziladi.

O‘zbekistonda endi quyosh panellari va suv isitgichlari o‘rnatilishini prokuratura nazorat qiladi
28 yanvar 2025, 22:08 1

O‘zbekistonda endi quyosh panellari va suv isitgichlari o‘rnatilishini prokuratura nazorat qiladi

2025-yilda O‘zbekistonda aholi xonadonlari, kichik biznes va ijtimoiy soha obyektlari energiya iste’molining kamida 40 foizi muqobil energiya manbalari — quyosh panellari va quyosh kollektorlarini o‘rnatish hisobiga qoplanadi. “Bu vazifaning bajarilishi so‘zsiz ta’minlanadi”, — dedi bosh prokuror o‘rinbosari.

Komil Allamjonovga suiqasd ishi bo‘yicha ikki nafar Rossiya fuqarosiga qidiruv e’lon qilindi
27 dekabr 2024, 20:49

Komil Allamjonovga suiqasd ishi bo‘yicha ikki nafar Rossiya fuqarosiga qidiruv e’lon qilindi

Komil Allamjonovga nisbatan qotillikka suiqasd ishi bo‘yicha ikki nafar Rossiya fuqarosi — Bislan Rasayev va Shamil Temirxanovga qidiruv e’lon qilindi. Ular qonunga xilof ravishda O‘zbekistonga kirish va chiqish, jinoyat haqida xabar bermaslik hamda o‘qotar qurolning qonunga xilof muomalasida ayblanmoqda.

Namangandagi kanaldan 25 yoshli ayolning jasadi topildi
27 dekabr 2024, 17:53

Namangandagi kanaldan 25 yoshli ayolning jasadi topildi

Namanganda yashagan ayol oilaviy muammolar sababli o‘zi va ikki farzandini Shimoliy Farg‘ona kanaliga tashladi. Bolalar qutqarib qolingan, ayol esa vafot etgan.

O‘zbekistonda 10 oyda 5,8 mlrd so‘mlik ish haqi va nafaqa talon-toroj qilingan
2 dekabr 2024, 10:54

O‘zbekistonda 10 oyda 5,8 mlrd so‘mlik ish haqi va nafaqa talon-toroj qilingan

Bosh prokuratura O‘zbekistonda o‘tgan 10 oy ichida ish haqi va nafaqa pullarining 5,8 mlrd so‘mi talon-toroj qilinganini aniqladi. Bundan tashqari, kredit mablag‘larining 2,5 trln so‘mi talon-toroj qilingani aniqlanib, bank va mijoz korxonalar rahbarlariga nisbatan 906 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Komil Allamjonovga nisbatan suiqasdda gumonlanayotganlar soni 7 kishiga yetdi
25 noyabr 2024, 16:22

Komil Allamjonovga nisbatan suiqasdda gumonlanayotganlar soni 7 kishiga yetdi

Bosh prokuratura Komil Allamjonovga qurolli hujum uyushtirishda gumon qilinayotganlar 7 kishiga yetganini bildirdi. Xususan, ulardan biri Javlon Yunusov Janubiy Koreyada qo‘lga olinib, O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi. Yana birining Qozog‘istonda yashiringan manzili aniqlandi.

Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashdi
21 noyabr 2024, 22:36

Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashdi

Prezident Rossiya bosh prokurori Igor Krasnov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Tomonlar ikki mamlakat bosh prokuraturalarining terrorizm, ekstremizm, noqonuniy migratsiya, sun’iy intellekt sohalaridagi hamkorligi masalalarini muhokama qildi.

Toshkentda GES yaqinidagi suvdan bedarak yo‘qolgan erkakning jasadi topildi
20 noyabr 2024, 19:58

Toshkentda GES yaqinidagi suvdan bedarak yo‘qolgan erkakning jasadi topildi

Toshkent shahri Chilonzor tumanida 11-noyabr kuni g‘oyib bo‘lgan 24 yoshli yigitning jasadi topildi. Uning jasadi 12-noyabrda Anhor kanalida erkak cho‘kib ketgani haqida xabar kelib tushganidan so‘ng, 4-GES yaqinidagi suvdan aniqlandi.

Toshkent viloyatida bedarak yo‘qolgan ayolning jasadi kanaldan topildi
12 noyabr 2024, 10:30

Toshkent viloyatida bedarak yo‘qolgan ayolning jasadi kanaldan topildi

Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidan oqib o‘tuvchi Qorasuv kanalidan 23 yoshli ayolning murdasi topildi. U bir necha kun oldin uyidan chiqib ketib, qaytib kelmagan.

Surxondaryoda 17 yoshli qiz 8-qavatdan yiqilib, vafot etdi
31 oktabr 2024, 11:42

Surxondaryoda 17 yoshli qiz 8-qavatdan yiqilib, vafot etdi

Surxondaryoning Denov tumanida 17 yoshli qiz o‘zi yashaydigan ko‘p qavatli uyning 8-qavatidan yiqilib, vafot etdi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan saylovga oid murojaatlarda qonun buzilishlari aniqlanmadi — Bosh prokuratura
27 oktabr 2024, 17:36

Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan saylovga oid murojaatlarda qonun buzilishlari aniqlanmadi — Bosh prokuratura

Bosh prokuror o‘rinbosari Shoxrux Aminov ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan saylov masalasiga oid 16 ta turli xabarlar o‘rganib chiqilganini ma’lum qildi. Uning ma’lum qilishicha, ulardan birontasida qonun buzilishi aniqlanmagan.

Komil Allamjonovning mashinasiga o‘q uzganlardan biri ushlandi — Bosh prokuratura
27 oktabr 2024, 08:34

Komil Allamjonovning mashinasiga o‘q uzganlardan biri ushlandi — Bosh prokuratura

Ichida Komil Allamjonov bo‘lgan yo‘ltanlamasga o‘q uzishda gumonlanganlardan biri ushlandi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi.

Bosh prokuratura Toshkent shahri va viloyatidagi havoni ifloslantiruvchi korxonalarni tekshiradi
24 oktabr 2024, 16:52

Bosh prokuratura Toshkent shahri va viloyatidagi havoni ifloslantiruvchi korxonalarni tekshiradi

Bosh prokuratura 22-oktabrdan Toshkent shahri va viloyatida atrof-muhitga ta’siri yuqori bo‘lgan korxonalarni tekshirishni boshladi. Nazorat organi filtrlovchi uskunalarni o‘rnatish ishlari kechikayotganini ta’kidladi. Poytaxtda 31 ta korxonadan faqat 8 tasi bunday uskunalarni o‘rnatgan.

Samarqanddagi uyda gaz portlagani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
22 oktabr 2024, 21:11

Samarqanddagi uyda gaz portlagani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida kvartiralardan birida gaz portlashi oqibatida bir oilaning 4 nafar a’zosi halok bo‘lgandi. Bosh prokuratura gaz ta’minoti bo‘limi mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting