«bosh prokuratura» tegli maqolalar


Andijon va Xorazmda 4000 dollarga OTMga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi
24 avgust 2020, 14:49

Andijon va Xorazmda 4000 dollarga OTMga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

Andijon va Xorazmda fuqarolarni 4 ming AQSH dollariga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgarlar tezkor tadbir davomida ashyoviy dalil bilan ushlandi. Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

«O‘zbekneftgaz» hududiy boshqarmasi mas’ullari 297,8 mln so‘mlik materiallarni talon-toroj qildi
21 avgust 2020, 13:12

«O‘zbekneftgaz» hududiy boshqarmasi mas’ullari 297,8 mln so‘mlik materiallarni talon-toroj qildi

«O‘zbekneftgaz» hududiy boshqarmasi mas’ul xodimlari o‘zlariga topshirilgan 297,8 mln so‘mlik quvur va qora metallarni talon-toroj qildi.

Mayitni o‘likxonadan chiqarish evaziga 200 dollar talab qilgan ekspert ushlandi
18 avgust 2020, 11:52

Mayitni o‘likxonadan chiqarish evaziga 200 dollar talab qilgan ekspert ushlandi

Vafot etgan fuqaroning murdasini o‘likxonadan chiqarib berish evaziga 200 AQSH dollari talab qilib olgan sud-tibbiy eksperti ushlandi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Sirdaryoda bank boshqaruvchisi tadbirkorlarning 520 mln so‘mlik kredit mablag‘larini o‘zlashtirdi
12 avgust 2020, 12:29

Sirdaryoda bank boshqaruvchisi tadbirkorlarning 520 mln so‘mlik kredit mablag‘larini o‘zlashtirdi

«Agrobank» Sirdaryo viloyati Mirzaobod filialining sobiq boshqaruvchisi 3 nafar tadbirkorning xabardorligisiz ular nomiga 520 mln so‘m kredit rasmiylashtirib, pullarni o‘zi ishlatib yuborgani fosh etildi.

Mehmonxonada karantinda bo‘lgan denovlik erkak o‘z joniga qasd qildi
11 avgust 2020, 16:43

Mehmonxonada karantinda bo‘lgan denovlik erkak o‘z joniga qasd qildi

4 avgust kuni Rossiyaning Qozon shahridan charter reys orqali O‘zbekistonga olib kelingan va «Sayoxat» mehmonxonasiga karantinga olingan 31 yoshli denovlik erkak, mehmonxonaning 4-qavatidan o‘zini uloqtirib o‘z joniga qasd qildi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Bog‘chani ta’mirlash jarayonida 173,2 mln so‘mlik byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingan
7 avgust 2020, 11:45

Bog‘chani ta’mirlash jarayonida 173,2 mln so‘mlik byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingan

Bosh prokuratura Namangan viloyatida bog‘chani ta’mirlash jarayonida haqiqatda bajarilmagan 173,2 mln so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlarini qo‘shib yozish orqali byudjet mablag‘lari talon-toroj qilinganini aniqladi. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi ko‘zg‘atilgan.

Sirdaryo viloyatidagi qurilishlarda 2,5 mlrd so‘mlik byudjet mablag‘lari talon-toroj qilindi
5 avgust 2020, 16:36

Sirdaryo viloyatidagi qurilishlarda 2,5 mlrd so‘mlik byudjet mablag‘lari talon-toroj qilindi

Sirdaryo viloyatida ko‘p qavatli uylar qurilishida deyarli 2,5 mlrd so‘mlik byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi. Bosh prokuratura barcha holatlar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bosh prokuror o‘rinbosari Qoraqalpog‘iston prokuroriga jurnalistlar voqeasi yuzasidan tanbeh berdi
28 iyul 2020, 20:37

Bosh prokuror o‘rinbosari Qoraqalpog‘iston prokuroriga jurnalistlar voqeasi yuzasidan tanbeh berdi

Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Ortiqova Qoraqalpog‘iston prokuroriga tunda prokuraturaga chaqirilgan hamda telefonlari va noutbuklari tortib olingan jurnalistlar bilan bo‘lgan voqea yuzasidan tanbeh berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, prokurorlarning harakatlarini o‘rganish ishlari boshlangan.

Andijon SEOM mansabdorlari 160 mln so‘mga yaqin byudjet mablag‘larini talon-toroj qildi
22 iyul 2020, 18:52

Andijon SEOM mansabdorlari 160 mln so‘mga yaqin byudjet mablag‘larini talon-toroj qildi

Andijonda viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazining mansabdorlari 326,4 mln so‘mlik dezinfeksiya vositalarini bozor narxidan 159,3 mln so‘mga sotib olib, byudjet mablag‘larini talon-taroj qildi. Avvalroq Navoiy, Namangan, Buxoro va Qashqadaryoda ham xuddi shunday jinoyatlar sodir etilgandi.

Mansabdor shaxslar davlatga 172,2 mlrd so‘m zarar yetkazgani aniqlandi
15 iyul 2020, 16:10

Mansabdor shaxslar davlatga 172,2 mlrd so‘m zarar yetkazgani aniqlandi

2020 yili Bosh prokuratura tomonidan qo‘zg‘atilgan jami 327 ta jinoyat ishi bo‘yicha 459 nafar mansabdor shaxs javobgarlikka tortildi. Ular mamlakatga 172,2 mlrd so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazgan. Eng ko‘p jinoyatlar tuman (shahar) darajasidagi xodimlar tomonidan sodir etilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting