Xitoyning Vuxan shahrida koronavirusning kelib chiqishini aniqlash uchun tadqiqot olib borgan JSST mutaxassislari shaharda SARS-COV-2'ning 13 ta ehtimoliy turini aniqlashgan.
Xitoy hukumati koronavirusning kelib chiqishini aniqlash uchun yetib borgan JSST mutaxassislariga Vuxan shahrida 2019 yil dekabrda aniqlangan ilk COVID-19 bemorlari haqida ma’lumotlarni taqdim etishdan bosh tortdi.
Dunyo bo‘yicha koronavirusdan tuzalganlar soni 60 mln 120 mingdan oshdi. Shuningdek, infeksiya yuqtirganlar soni 107,4 milliondan, vafot etganlar soni 2,35 milliondan oshgan.
Chexiya va Niderlandiyada koronavirus yuqtirganlar soni bir milliondan oshdi. Pandemiya boshlanganidan beri Niderlandiyada COVID-19 asoratlaridan 14,2 mingdan ortiq, Chexiyada esa 16,6 mingdan ortiq inson vafot etdi.
Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyev O‘zbekistonda COVID-19`ning «britancha shtammi» 10 yoshli qizchada aniqlanganini ma’lum qildi. SSV aholini xushyorlikka chaqirmoqda.
Dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 100 mln 248 mingdan oshdi. Eng ko‘p zararlanganlar AQSH, Hindiston, Braziliya, Rossiya va Buyuk Britaniya mamlakatlarida bo‘lib turibdi.
Hozirda dunyo bo‘ylab jami 49 mamlakatda 35 mln kishi koronavirusga qarshi emlandi. Bir qator mamlakatlarda Pfizer/BioNTech, Moderna, AstraZeneca/Oxford va Sinopharm kabi kompaniyalar vaksinalarini qo‘llashga ruxsat berilgan.
Germaniyada so‘nggi 24 soat ichida 22 368 kishi koronavirus yuqtirgan bo‘lib, COVID-19 bilan kasallanganlarning umumiy soni 2 milliondan oshdi. Germaniya hukumati uzoq muddatga mo‘ljallangan jiddiy karantin cheklovlarini e’lon qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Qirg‘iziston bosh vazir o‘rinbosari Elvira Surabaldiyevaning xabar berishicha, mamlakatda COVID-19 bo‘yicha o‘lim holatlari aslida Sog‘liqni saqlash vazirligi e’lon qilayotgan rasmiy sonlardan anchagina ko‘proq.
Buyuk Britaniyada aniqlangan koronavirusning yangi shtammi JSST xabariga ko‘ra, hozirda 41 ta mamlakat hududlarida aniqlangan. Biroq ushbu shtamm hozirda yagona emas, ilk bor Janubiy Afrikada aniqlangan yana bir shtamm ham hozirda 7 ta mamlakatga yetib borgan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘tkazgan tezkor tadbirda “Toshkent” xalqaro aeroportida 4 nafar fuqaro yonidan soxta PZR-testi ma’lumotnomalari chiqqan. Tergov natijasida toshkentlik ikki nafar shaxs soxta ma’lumotnomalarni Buxoro va Xorazm viloyatidan bo‘lgan shaxslarga yetkazib turgani aniqlangan.
Koronavirusning yangi shtammi haqida dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u oldingisidan 70% ga kuchliroq deyilmoqda. Hozirda ushbu shtamm COVID-19'ning boshqa shtammlarini o‘rnini egallamoqda. U hozirgacha 10ga yaqin mamlakatlarda aniqlandi.
Dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 80 mln dan oshdi. COVID-19 dan tuzalganlar soni 45,1 mln dan oshgan bo‘lib, vafot etganlar soni esa 1,75 mln dan ko‘proqni tashqil qilmoqda. Eng ko‘p zararlanganlar AQSH, Hindiston va Braziliya mamlakatlariga to‘g‘ri kelmoqda.
Italiyada COVID-19 asoratlaridan vafot etganlarning qarindoshlari koronavirus pandemiyasi paytida beparvoligi uchun hukumatni sudga berishdi. Ular tovon puli sifatida 100 mln yevrodan ko‘proq pul talab qilmoqda.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Ukraina va Peru mamlakatlarida ham koronavirus yuqtirganlar soni milliondan oshgan. Dunyo bo‘ylab hozirgacha 78,6 mln inson koronavirus bilan kasallangan bo‘lib, eng ko‘p bemorlar AQSH, Hindiston va Braziliyada qayd etilgan.
O‘zbekiston Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining COVAX alyansi orqali 2 mln doza vaksina so‘rab murojaat qilgan va O‘zbekistonning arizasi qabul qilingan.
London, Esseks va Xartfordshirning ayrim qismlari koronavirusning «yangi varianti» aniqlanganligi sababli, 16 dekabrdan boshlab karantinning maksimal darajasiga (uchinchi darajali) o‘tkaziladi. Unga ko‘ra, shaharda yopiq yig‘ilishlar ham taqiqlanadi.
Sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Xadjibayev O‘zbekistondagi epidemiologik barqaror vaziyat hotirjamlikka berilish uchun asos bo‘la olmasligini aytdi. «Ko‘pgina boshqa mamlakatlar tajribasiga ko‘ra, COVID-19`ning ikkinchi to‘lqinidan qochib bo‘lmaydi, degan tushuncha mavjud. Buning uchun mamlakatda unga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda», — dedi vazir.
O‘zbekistonga Rossiyaning koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasi olib kelindi. Preparat namunalari O‘zbekiston hududida vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazish va sanoat ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun zarur bo‘lgan sinovlar uchun yetkazildi.
Polshada oxirgi kun davomida 13 855 ta kasallanish holatlari aniqlanib, umumiy COVID-19 bilan kasallanganlar soni 1 milliondan oshdi. Avvalroq Germaniyada ham ushbu ko‘rsatkich milliondan oshgan edi. Hozirda dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 64,5 mln ga yetdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting