Dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 60,4 mln ga yetdi. COVID-19 dan tuzalganlar soni 38,7 mln dan oshgan bo‘lib, vafot etganlar soni esa 1,4 mln dan ko‘proqni tashqil qilmoqda. Eng ko‘p zararlanganlar AQSH, Hindiston va Braziliya mamlakatlariga to‘g‘ri kelmoqda.
Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning ma’lum qilishicha, COVID-19 ga qarshi Rossiya vaksinasining ishlab chiqarilishi Qozog‘istonda ham yo‘lga qo‘yiladi. Buning uchun mamlakatda zavod ochiladi.
Italiya COVID-19 bilan kasallanganlar bemorlar soni 1 milliondan oshgan o‘ninchi mamlakat bo‘ldi. Shuningdek, bu ko‘rsatkichga Meksika (986 ming) va Peru (925 ming) mamlakatlari yaqin turibdi.
Pandemiya sababli yuzaga kelgan inqiroz ko‘proq qashshoqlar, ko‘p bolali oilalar va mehnat muhojirlarining oilalariga zarar yetkazdi. Kichik biznes sohasida esa inqiroz sayyohlik va umumiy ovqatlanish korxonalariga katta zarba berdi.
AQSHda so‘nggi 24 soat davomida koronavirus yuqtirganlarning umumiy soni 10 milliondan oshib ketdi. Mamlakatda asosiy infeksiya tarqalish o‘choqlari Texas, Kaliforniya va Florida shtatlari bo‘lib turibdi.
Klinik sinovlari o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Xitoy vaksinasi Toshkentga olib kelindi. Vaksina maxsus sharoitlarda saqlanmoqda. Rejaga asosan ular 5000 nafar ko‘ngillida sinovdan o‘tkaziladi.
Dunyo bo‘ylab COVID-19 bilan kasallanganlar soni 50 milliondan oshdi, 1,2 mln bemorlar vafot etdi.
Covid-19 ga qarshi vaksina nafaqat Xitoy, balki vaksina ishlab chiqilayotgan boshqa davlatlardan ham keltirilishi rejalashtirilmoqda. Innovatsion rivojlanish vaziri aholiga har qanday vaksinani olib kelish uchun bir necha vaksinalarning sinovini parallel ravishda o‘tkazish zarurligini ta’kidladi.
Yevropaning bir qator mamlakatlarida COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat keskin tus olmoqda. Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya hukumatlari karantin choralarini kuchaytirishga qaror qildi. Ispaniyada va Germaniyada ushbu choralarga qarshi bir qator namoyishlar bo‘lib o‘tdi.
Koronavirusga qarshi ishlab chiqilgan Xitoy vaksinasi sinovining uchinchi bosqichi 5 mingga yaqin o‘zbekistonliklarda o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Sinovlar muvaffaqiyatli yakunlansa, O‘zbekiston vaksinani imtiyozli narxlarda sotib olishi mumkin.
Yevropa mamlakatlarida COVID-19 bilan kasallanish holatlari ko‘payib borayotgani sababli karantin cheklovlari kuchaytirilmoqda. Ispaniyada butun boshli viloyat ikki haftaga yopiladi, Fransiya va Belgiyada favqulodda holat joriy etildi.
Toshkent transport boshqarmasi boshlig‘i Anvar Jo‘rayev yirik avtobus bekatlari va metroga kiraverishda katta hajmli axlat qutilari o‘rnatilishini ma’lum qildi. Shuningdek, u poytaxtdagi jamoat transporti yo‘lovchilariga bepul tarqatiladigan bir martalik qo‘lqoplarning narxini oshkor qildi.
Dunyo mamlakatlari bo‘ylab COVID-19 infeksiyasi aniqlangan bemorlar soni 40 mln kishidan oshdi. Eng ko‘p bemorlar AQSH, Hindiston va Braziliyada qayd etilgan. COVID-19 qurbonlarining umumiy soni esa 1 mln 113 mingdan oshdi.
JSST tahlillariga ko‘ra, remdesivir, gidroksixloroxin, lopinavir/ritonavir va interferon kabi dori vositalari COVID-19 ni davolashda foydasi kam yoki umuman samarasiz deb topildi. Oldinroq, SSV bemorlarni remdesivir yordamida davolayotgani, ushbu dori vositasi ijobiy natijalar berayotgani haqida aytgan edi.
14 oktyabrdan boshlab Nursultonda karantin cheklovlari kuchaytirildi: kafe, restoran, barlarning ish vaqti qisqartirildi, davlat xizmatchilarining katta qismi masofadan ishlash tizimiga o‘tishmoqda.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti dunyoda COVID-19 bilan kasallanganlar sonining bir kunlik rekord darajadagi o‘sishini qayd etdi — kuniga 338 mingdan ortiq kishi. Aksariyat holatlar Shimoliy va Janubiy Amerika hamda Yevropaga to‘g‘ri kelmoqda.
Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari Bahromjon Nurmatov vafot etdi. «Gazeta.uz» manbasining xabar berishicha, hokim o‘rinbosari COVID-19 dan davolanayotgan bo‘lgan. U 2017 yildan buyon Namangan viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
AQSH prezidenti Donald Tramp va uning rafiqasi Melaniya Trampda COVID-19 infeksiyasi aniqlandi. Avvalroq Trampning maslahatchilaridan biri Xoup Xiksning koronavirus bilan kasallangani ma’lum bo‘lgan edi.
Dunyo bo‘ylab COVID-19 kasalligidan vafot etgan bemorlarning soni 1 mln dan oshdi. Mamlakatlar orasida eng ko‘p qurbon AQSH (205 ming kishi), Braziliya (142 ming) va Hindistonga (96 ming) to‘g‘ri kelmoqda.
O‘zbekistonda COVID-19 ning keng tarqalishini oldini olish uchun Yevropa Ittifoqi tomonidan 2 mln yevrodan ortiq mablag‘ ajratildi. Ushbu mablag‘lar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan ishlamaydigan, boshqa sohadagi tibbiyot xodimlarini shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlashga sarflanadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting