Koronavirusga test topshirish uchun qayerga murojaat qilish kerak? Hududlar kesimida koronavirus infeksiyasiga laborator tahlil oladigan markazlarning manzili va telefon raqamlari.
JSST koronavirus infeksiyasining kunlik tasdiqlanish holati yana rekord darajada oshganini ma’lum qildi — kuniga 230 mingdan ortiqroq. Dunyo bo‘yicha umumiy qayd etilgan kasallik holatlari 12,93 mln, vafot etganlar soni esa 570 mingdan oshdi.
Yevroittifoq va Fransiya taraqqiyot agentligi Samarqandda tibbiyot chiqindilarini xavfsiz yo‘q qilish loyihasi uchun 1,5 mln yevro miqdorida mablag‘ ajratdi.
Koronavirusning yengil shakli kuzatilayotgan bemorlarni uy sharoitida davolash bo‘yicha qo‘llanma tasdiqlandi. Unda aytilishicha, bunday bemorlarga faqatgina simptomatik davolanish tavsiya qilinadi. Jumladan, ko‘p suyuqlik ichish, isitma tushiruvchi dorilarini qabul qilish, agar lozim bo‘lsa, bronxolitik va burunga tomizish uchun dori vositalaridan foydalanish mumkin. «Yengil» bemorlarga antibiotiklar bilan davolanish tavsiya etilmaydi.
Koronavirus infeksiyasiga chalingan 67 yoshli toshkentlik bemor (ayol) o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 61 nafarga yetdi.
Qashqadaryo viloyatida Uzbekistan GTL zavodi qurilishi ishtirok etayotganlar orasida 130 ga yaqin koronavirus bilan kasallanish holatlari aniqlandi.
“O‘zbekiston hududida birinchi bemor 15 martda qayd etildi. Biroq kasallik mamlakatimizga undan avval ham kirib kelgan bo‘lishi ham mumkinligini inkor etmaymiz” — Sanitariya-epidemiologik nazorat inspeksiyasi bosh inspektori Nurmat Otabekov.
O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar soni 45 nafarga yetdi. Toshkentda 72 yoshli ayol COVID-19 asoratlaridan olamdan o‘tdi.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Qozog‘iston va Rossiya-Qozog‘iston chegaralarida qolib ketgan o‘zbekistonliklarni qaytarishga va’da berdi. Avvalroq chegaralarda 5000 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolarining qolib ketgani xabar qilingan edi.
O‘zbekistonda tasdiqlangan koronavirus holatlari soni 144 taga oshib, 10982 taga yetdi. Ularning katta qismi — 113 tasi Toshkentda aniqlandi.
Professor Xabibulla Oqilov koronavirusning borligiga shubha bilan qarayotgan, ushbu infeksiyaga chalingan birorta ham tanish insonlar yo‘q, deb iddao qilayotganlarga javob qaytardi. Uning ta’kidlashicha, odamlar buni juda jiddiy qabul qilishlari va bor-yo‘g‘i oddiy gigiyena, o‘z-o‘zini saqlashning birlamchi qoidalariga rioya qilishlari kerak xolos.
Mamlakatning barcha hududlari “qizil” zonaga o‘tkaziladi. Stikerli avtomobillarning harakatlanishiga ruxsat beriladi, ammo masala hali ko‘rib chiqiladi.
Shifoxonalarda COVID-19 bilan og‘rigan bemorlar uchun mo‘ljallangan yotoq-joylar qolmadi. Agar kuniga 1000 ta holat aniqlansa, sog‘liqni saqlash tizimi butunlay qulaydi, dedi koronavirusga qarshi kurashish shtabi vakili Xabibulla Oqilov.
O‘zbekistonda aniqlangan koronavirus holatlarining kunlik o‘sishi 342 tani tashkil etib, rekord yangilandi. Jami holatlar soni 10362 taga yetdi. 115 ta holat aholi orasida qayd etildi.
Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov koronavirusdan vafot etgan shifokor Alisher Uralovning xonadoniga tashrif buyurib, oilasiga hamdardlik bildirdi.
Toshkentda koronavirusga chalingan 62 yoshli qoraqalpog‘istonlik erkak vafot etdi. O‘zbekistonda infeksiya asoratlaridan kun davomida ikki, umumiy 26 kishi hayotdan ko‘z yumdi.
Koronavirusdan vafot etgan shifokor Alisher Uralovning qizi jiddiy kasalliklari bo‘lishiga qaramasdan, uni karantin markaziga majburlab jo‘natishganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘limning rasmiy sababi — miokard infarkti — noto‘g‘ri. U qabristonda otasining tobuti bilan koronavirus aniqlangan yana ikki kishining jasadini ham olib kelishganini qo‘shimcha qildi.
O‘zbekistonda yana 87 kishining koronavirus testi ijobiy chiqib, rasman tasdig‘ini topgan holatlar 8385 taga yetdi. Yangi holatlarning 72 tasi karantin markazlarida, 11 tasi Toshkent shahrida aniqlandi.
O‘zbekistonda aniqlangan koronavirus holatlari soni kun davomida 274 taga oshdi va jami 8222 taga yetdi. Toshkent shahri, Buxoro va Jizzax viloyatlarida 30 ta holatda infeksiya aholi orasida qayd etildi.
O‘zbekistonda kun davomida 250 kishida koronavirus aniqlanib, jami holatlar 7427 taga yetdi. ️Ayni paytda 2369 nafar bemordan 18 nafari og‘ir, 8 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting