Jinoyat ishiga aloqador yangi shaxslar ayblanayotgani va boshqa asoslarga ko‘ra “Dok-1 Maks” ishini ko‘rish 1-dekabrdan 1 oylik muddatga to‘xtatildi.
“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha 17-noyabrdagi sudda jabrlanuvchilar tibbiyot xodimlarining noprofessionalligidan, kasalxonalarda kateter kabi buyumlar bo‘lmaganidan shikoyat qildi. “Shu narsa qanday qilib tanqis bo‘lishi mumkin?”, — dedi 1 yashar qizidan ayrilgan ota. Advokatlar esa ekspertlarni savollarga ko‘mdi.
“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha 15-noyabrda bo‘lgan sudda Farmagentlikning sudlanayotgan sobiq rahbari Sardor Kariyev o‘zining sobiq o‘rinbosariga: “Sen iflosni deb shu yerda o‘tiribman!”, dedi. Qizi vafot etgan jabrlanuvchilardan biri esa hech kimga da’vosi yo‘qligini va uni ortiq bezovta qilmasliklarini so‘radi.
“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha 13-noyabrda bo‘lgan sudda farzandidan ayrilgan to‘qqiz jabrlanuvchi ko‘rsatma berdi. Ulardan biri Farmagentlik sobiq rahbari Sardor Kariyev bilan munozaraga kirishdi. Sudda tibbiyot xodimlari va Sog‘liqni saqlash vazirligining mas’uliyatsizligiga e’tibor qaratish chaqiriqlari yangradi.
Deputat Doniyor G‘aniyev “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sudda ota-onalarning dardini ko‘rib yig‘laganini aytdi. Shundan kelib chiqib, u SSV rahbari Amrillo Inoyatovdan “qanday hulosa chiqardinglar, siyosiy javobgarlik bo‘ladimi, bunday qo‘pol xato qayta takrorlanmaydi deb va’da berolasizlarmi?” deya so‘radi. Video.
“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sud davom etmoqda. 10-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan majlisda farzandi dori iste’molidan so‘ng vafot etgan besh jabrlanuvchi ko‘rsatma berdi. Ularning ba’zilari bir necha mlrd so‘mlik moddiy kompensatsiya talab qildi, aksariyati ayblanuvchilarga nisbatan eng og‘ir jazo tayinlanishini so‘radi.
“Dok-1 Maks” siropidan bolalar o‘layotgani haqida birinchi xabar bergan Samarqand Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori Mamatqul Azizov sudda ko‘rsatma berdi. Advokat savoliga javoban mutaxassis siropdan vafot etganlar ro‘yxatida 66-o‘lim ham borligini ta’kidladi.
“Dok-1 Maks” ichgan bolalar o‘limi haqida birinchi bo‘lib xabar bergan Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori sudda guvohlik berdi. U etilenglikolning bolalar organizmiga ta’siri hamda shifoxonaga ertaroq yotqizish sog‘ayish imkoniyatlarini qanday oshirganini so‘zladi.
“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sud majlisida Soliq qo‘mitasi vakili siropni bemorlarga tavsiya qilgan va uning ko‘proq sotilishiga hissa qo‘shgan shifokorlar, hamshiralar, shuningdek, dorixona sotuvchilari va rahbarlarini mukofotlash uchun milliardlab pul to‘lab kelinganini ma’lum qildi.
“Dok-1 Maks” siropi 2021-yilda qayta ro‘yxatdan o‘tayotganda GMP sertifikati bo‘lmasa-da, 2 oy mobaynida sotuvi davom etgan. Bu davrda zaharli moddasi bo‘lgan 40 mingga yaqin flakon mamlakatga kirgan. Farmatsevtika agentligi sobiq rahbari buni dorilar sertifikat bor paytda ishlab chiqarilgani bilan izohladi.
“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sudda o‘zbekistonlik amaldorlar hindistonlik yana bir ishlab chiqaruvchining 11 ta dori vositasini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 88 ming dollar talab qilib, oldindan 50 ming dollar olgani ma’lum qilindi.
2021-yilda O‘zbekistonga olib kelingan asal ta’mli “Dok-1 Maks” siropi tarkibida ham zaharli etilenglikol moddasi bo‘lgan. Bu Marion Biotech dorilarini qabul qilgan kamida 65 bolaning o‘limi bo‘yicha sud majlisida ma’lum qilindi.
“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sudlanuvchi, Farmatsevtika agentligining sobiq rahbari S.K.ning advokatlari ularga tergovchi tomonidan bosim bo‘layotganini aytib, suddan ularni himoyaga olishni so‘radi. S.K.ga uning himoya pozitsiyasiga ta’sir qiladigan holatlar bo‘lsa, murojaat qilishi mumkinligi bildirildi.
“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha ayblanuvchilardan biri sud majlisidagi nutqini marhum 65 nafar bolaning oila a’zolariga hamdardlik bildirishdan boshladi. U pora oldi-berdisida vositachilik qilganini tan oldi va hind ishlab chiqaruvchisidan boshlig‘iga 33 ming dollarni qanday yetkazib berganini aytib berdi.
“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha Toshkentda o‘tayotgan sud majlisida sudya Muso Yusupovning ma’lum qilishicha, Samarqand viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasining sobiq boshlig‘iga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan va qo‘shimcha jinoyat ishi doirasida tergov qilinmoqda.
“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sudlanuvchi sirop laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazilmaganini tan oldi. Uning aytishicha, 12 yillik faoliyati davomida Dori vositalari ekspertizasi davlat markazida biror marta ham dorilar tekshirilmagan, Adliya vazirligi va boshqa tashkilotlar esa e’tiroz ham bildirmagan.
Farmatsevtika agentligining sobiq rahbari S.K. “Dok-1 Maks” siropi qonuniy hujjatlar bilan ro‘yxatdan o‘tganda ham, undagi zaharli moddalarni aniqlab bo‘lmasligini ta’kidladi. U O‘zbekistonda dori ishlab chiqarish va tekshirish bo‘yicha belgilangan amaldagi tartibning ishonchsizligiga sha’ma qildi.
Farmatsevtika agentligining sobiq xodimi “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sudda agentlik sobiq rahbari ikkita kompaniyaga tayinlangan inspeksion tekshiruvni bekor qilish bo‘yicha topshiriq berganini aytdi. Amaldor esa buni inkor qilib, hujjatga bilmasdan imzo qo‘yib yuborgan bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.
16-avgust kuni “Dok-1 Maks” ishi doirasida bo‘lib o‘tayotgan sudda avvaliga “Qalampir.uz” hamda “Kun.uz” nashrlarini aybsizlik prezumpsiyasiga amal qilmaganlikda ayblagan sudlanuvchilarning advokatlari tushdan keyin “Gazeta.uz”ning jonli efirini to‘xtatishni so‘radi. Sud ularning so‘rovini qanoatlantirdi.
65 bolaning doridan vafot etishi — umummilliy fojia. Kuchli va g‘amxo‘r davlat xatolarni tan olib, bunday fojia takrorlanmasligi uchun xulosalar chiqaradi. Halok bo‘lgan bolalar xotirasi va ularning yaqinlarini qo‘llab-quvvatlash uchun O‘zbekistonda motam e’lon qilinishi zarur. “Gazeta.uz” nuqtai nazari.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting