«dok-1 maks» tegli maqolalar


Shamollashga qarshi sirop ichgan yana bir bola vafot etdi
30 dekabr 2022, 22:01

Shamollashga qarshi sirop ichgan yana bir bola vafot etdi

Toshkentda shamollashga qarshi sirop iste’mol qilish bilan bog‘liq yana bir o‘lim holati qayd etildi. Jizzax viloyatidan bo‘lgan bola buyrak yetishmovchiligi belgilari bilan poytaxt shifoxonasiga yotqizilgan. Aynan qaysi dori ekani aytilmadi.

O‘zbekiston prezidenti Farmatsevtika agentligi rahbarini ishdan oldi
30 dekabr 2022, 19:31

O‘zbekiston prezidenti Farmatsevtika agentligi rahbarini ishdan oldi

Shavkat Mirziyoyev Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyevni ishdan oldi. «Bolalar o‘limi sohada ishlar ahvoli, nazorat yo‘qligini ko‘rsatdi. Mutasaddilarning hammasi qonun oldida javob beradi», — dedi prezident.

Video: «Dok-1 Maks, Sinepar Kid, Ambronol». Yana 10 ga yaqin bola Toshkentdagi 16-shifoxonaga yotqizildi
30 dekabr 2022, 17:48

Video: «Dok-1 Maks, Sinepar Kid, Ambronol». Yana 10 ga yaqin bola Toshkentdagi 16-shifoxonaga yotqizildi

Respublikada 19 nafar bola «Dok-1 Maks» siropini ichib vafot etgandi. Hozirda Respublika shoshilich tibbiy yordam ilmiy markazi reanimatsiya bo‘limida yana 10 nafarga yaqin bola shamollash asoratlari bilan yotibdi. Ular faqat «Dok-1 Maks» emas, balki «Sinepar Kid», «Ambronol» kabi dorilarni ham qabul qilgan.

«Dok-1 Maks» kabi boshqa siroplarni ichish o‘lim holatlariga olib kelishi mumkinmi?
29 dekabr 2022, 18:16

«Dok-1 Maks» kabi boshqa siroplarni ichish o‘lim holatlariga olib kelishi mumkinmi?

SSV Onalik va bolalikni muhofaza qilish boshqarmasi «Dok-1 Maks» kabi boshqa siroplar tarkibi ham chuqur o‘rganilayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, boshqarma boshlig‘i bolalar orasida shamollash, diareya va tana harorati ko‘tarilishi kuzatilganida nima qilish kerakligi borasida tavsiyalar berdi.

Hindistonda «Dok-1 Maks» dorisini ishlab chiqargan kompaniyaga qarshi ish ochildi
29 dekabr 2022, 13:36

Hindistonda «Dok-1 Maks» dorisini ishlab chiqargan kompaniyaga qarshi ish ochildi

Hindistonda O‘zbekistondagi bolalar o‘limiga aloqador «Dok-1 Maks» dori vositasini ishlab chiqargan Marion Biotech kompaniyasiga qarshi ish ochildi. O‘z navbatida, O‘zbekiston hukumatidan ham vafot etgan bolalar haqida hisobot berish so‘raldi.

Qashqadaryoda «Dok-1 Maks» sabab yana bir bola vafot etdi
29 dekabr 2022, 10:48

Qashqadaryoda «Dok-1 Maks» sabab yana bir bola vafot etdi

Qashqadaryoda yana bir bola «Dok-1 Maks» sabab vafot etdi. 1 yoshli bolaga sirop 5 kun davomida uyida ichirib turilgan.

Bolalar o‘limi haqidagi ma’lumot Sog‘liqni saqlash vazirligidan yashirilgan — vazir
28 dekabr 2022, 09:03

Bolalar o‘limi haqidagi ma’lumot Sog‘liqni saqlash vazirligidan yashirilgan — vazir

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musayev «Dok-1 Maks» siropini qabul qilgan bolalar o‘limi haqidagi ma’lumotlar vazirlikdan yashirilganini aytdi. U 18 nafar bolaning ota-onasiga hamdardlik bildirib, uzr so‘radi.

«Dok-1 Maks» bilan bog‘liq holat bo‘yicha jinoyat ishi DXX tomonidan qo‘zg‘atildi
27 dekabr 2022, 22:03

«Dok-1 Maks» bilan bog‘liq holat bo‘yicha jinoyat ishi DXX tomonidan qo‘zg‘atildi

DXX Tergov boshqarmasi tomonidan 18 bola o‘limiga sababchi bo‘lgan «Dok-1 Maks» bilan bog‘liq holat bo‘yicha Quramax medical hamda «Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi» mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchilar DXX Tergov hibsxonasiga joylashtirilgan.

«Dok-1 Maks» dorisi tarkibida zaharli modda — etilenglikol topildi
27 dekabr 2022, 10:56

«Dok-1 Maks» dorisi tarkibida zaharli modda — etilenglikol topildi

SSV 18 nafar bola «Dok-1 Maks» siropini ichib vafot etganini tasdiqladi. Aniqlanishicha, dori shifokor retseptisiz, mustaqil yoki farmatsevt tavsiyasi bilan sotib olingan va me’yordan ortiq dozada qabul qilingan. Holat o‘rganilgach, yetti nafar mas’ul ishdan olindi. Dori savdosi esa to‘xtatildi.

«Dok-1 Maks» dori vositasini sotish to‘xtatildi
22 dekabr 2022, 20:02

«Dok-1 Maks» dori vositasini sotish to‘xtatildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatida 2 oy ichida «Dok-1 Maks» (Hindiston) tabletkalari va siropini ichgan 21 nafar bolada asoratlar yuzaga kelgani, 15 nafar bola vafot etgani haqida xabar paydo bo‘ldi. Dori savdosi to‘xtatildi, tergov boshlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting