«jizzax» tegli maqolalar


Jizzaxda 23 yoshli ayolni Rossiyaga fohishalik uchun sotib yubormoqchi bo‘lgan erkakka hukm o‘qildi
5 fevral 2025, 09:33

Jizzaxda 23 yoshli ayolni Rossiyaga fohishalik uchun sotib yubormoqchi bo‘lgan erkakka hukm o‘qildi

Do‘stlik tumanida erkak 23 yoshli ayolni Rossiyaga fohishalik uchun sotib yubormoqchi bo‘lganida ushlandi. Sud hukmi bilan unga 3 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Jizzaxda avtobus yo‘l tozalovchi mashina bilan to‘qnashdi
30 yanvar 2025, 17:56

Jizzaxda avtobus yo‘l tozalovchi mashina bilan to‘qnashdi

Sharof Rashidov tumanida ichida yo‘lovchilari bo‘lgan avtobus yo‘llarni tozalovchi maxsus transport vositasi bilan to‘qnashdi. Hodisa oqibatida uch kishiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Jizzaxda 13 tup tut daraxti noqonuniy kesilgani aniqlandi
23 yanvar 2025, 16:34

Jizzaxda 13 tup tut daraxti noqonuniy kesilgani aniqlandi

Do‘stlik tumanida fuqaro 13 tup tut daraxtini noqonuniy kesgani aniqlandi. Buning oqibatida o‘simlik dunyosiga 738 mln 750 ming so‘m zarar yetdi. Hujjatlar prokuraturaga yuborildi.

Jizzaxda 1,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
13 noyabr 2024, 00:10

Jizzaxda 1,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Jizzax viloyatida darvoza yasash sexi elektr qurilmalarini tarmoqqa noqonuniy ulab, 1,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan foydalangani aniqlandi. Hujjatlar tegishli organlarga yuborildi.

Jizzaxda Nexia va Lacetti to‘qnashuvida ikki kishi halok bo‘ldi
12 sentabr 2024, 01:48

Jizzaxda Nexia va Lacetti to‘qnashuvida ikki kishi halok bo‘ldi

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida quvib o‘tish qoidalarini buzib, teskari yo‘nalishga chiqib ketgan Nexia qarshisidan kelayotgan Lacetti bilan to‘qnashdi. Oqibatda Nexia haydovchisi va yo‘lovchisi halok bo‘ldi.

Jizzaxda tadbirkorlar murojaatiga befarq bo‘lgan 55 nafar hokim yordamchisi jazolandi
15 avgust 2024, 20:52

Jizzaxda tadbirkorlar murojaatiga befarq bo‘lgan 55 nafar hokim yordamchisi jazolandi

Jizzaxda 55 nafar hokim yordamchisi tadbirkorlarning kredit olish uchun arizasini belgilangan muddatda ko‘rib chiqmagani aniqlandi. Xususan, murojaatlardan birini ko‘rib chiqish 60 kunga kechikkan. Ular ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Jizzaxda Nexia bilan to‘qnashgan Cobalt haydovchisi shifoxonaga yotqizildi
14 iyun 2024, 21:30

Jizzaxda Nexia bilan to‘qnashgan Cobalt haydovchisi shifoxonaga yotqizildi

Jizzax viloyati Paxtakor tumanida Nexia va Cobalt mashinalari to‘qnashdi. Oqibatda haydovchilardan biri shifoxonaning travmatologiya bo‘limiga yotqizildi.

Jizzax viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
11 iyun 2024, 18:21

Jizzax viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Sardor Shukurullayev Jizzax viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi.

Jizzaxda daladan erkak murdasi topildi
7 iyun 2024, 12:49

Jizzaxda daladan erkak murdasi topildi

Forish tumanida daladan erkak kishining jasadi topildi. Jizzax viloyati IIBning ma’lum qilishicha, u mahalladoshining tosh bilan yetkazgan jarohati oqibatida vafot etgan. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochildi.

Jizzaxda Nexia-2 ning gaz balloni portlashi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi
28 may 2024, 20:13

Jizzaxda Nexia-2 ning gaz balloni portlashi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

Jizzax viloyati G‘allorol tumanida Nexia-2 mashinasiga o‘rnatilgan gaz balloni portladi, oqibatda uning ichidagi 4 kishi voqea joyida halok bo‘ldi.

Jizzaxda tez yordam mashinasi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan ayolni urib ketdi
24 may 2024, 00:58

Jizzaxda tez yordam mashinasi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan ayolni urib ketdi

Jizzax shahrida tez tibbiy yordam mashinasi yo‘lning belgilangan qismidan kesib o‘tayotgan 48 yoshli ayolni urib yubordi. Jabrlanuvchi reanimatsiyaga yotqizildi.

Jizzaxda er 25 yoshli xotinini urib o‘ldirganlikda gumonlanmoqda
6 may 2024, 14:29

Jizzaxda er 25 yoshli xotinini urib o‘ldirganlikda gumonlanmoqda

Sharaf Rashidov tumanida er xotiniga og‘ir tan jarohatlari yetkazib, uni o‘ldirganlikda gumonlanmoqda. Ayolning qarindoshlari aytishicha, oilada doimiy janjallar bo‘lib turgan. Shu janjallarning birida marhumaga himoya orderi ham berilgan bo‘lgan.

Jizzaxda OIV infeksiyali ikki shaxs boshqalar bilan jinsiy aloqa qilgani aniqlandi
15 aprel 2024, 11:27

Jizzaxda OIV infeksiyali ikki shaxs boshqalar bilan jinsiy aloqa qilgani aniqlandi

Jizzax viloyatida OIV bilan kasallangan ikki shaxs qasddan boshqalar bilan jinsiy yaqinlik qilgani aniqlandi. Ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Jizzaxda avtobus va yuk mashinasi ishtirokidagi YTHda 2 kishi halok bo‘ldi, 4 kishi jarohatlandi
13 aprel 2024, 11:32

Jizzaxda avtobus va yuk mashinasi ishtirokidagi YTHda 2 kishi halok bo‘ldi, 4 kishi jarohatlandi

Jizzaxda Yutong avtobusi Howo yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Oqibatda ikki kishi voqea joyida halok bo‘ldi, to‘rt kishi, jumladan, Fransiya fuqarosi jarohatlandi.

Prezident Sharof Rashidov tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivi qurilishini tezlashtirishni topshirdi (foto)
8 aprel 2024, 15:31

Prezident Sharof Rashidov tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivi qurilishini tezlashtirishni topshirdi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Jizzaxning Sharof Rashidov tumanida qurilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massiviga bordi. Loyiha uch bosqichli bo‘lib, ish yakuni 2028-yilga mo‘ljallangan. Prezident bu yil rejalashtirilganiga qo‘shimcha uylar, shuningdek, infratuzilma tarmoqlari va ta’lim muassasalari qurishni jadallashtirishni topshirdi.

Suriyadagi terrorchilar safida jang qilib jarohatlangan o‘zbekistonlik yigit 6 yilga qamaldi
26 mart 2024, 16:45

Suriyadagi terrorchilar safida jang qilib jarohatlangan o‘zbekistonlik yigit 6 yilga qamaldi

24 yoshli jizzaxlik yigit Suriyadagi terrorchilar safida jang qilib, jiddiy jarohatlangani ortidan O‘zbekistonga deport qilingandi. Unga 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Jizzaxda Nexia 3 va Cobalt o‘zaro to‘qnashishi ortidan haydovchilardan biri vafot etdi
26 fevral 2024, 10:34

Jizzaxda Nexia 3 va Cobalt o‘zaro to‘qnashishi ortidan haydovchilardan biri vafot etdi

Jizzaxdagi katta yo‘lda Nexia 3 bilan Cobalt mashinalari o‘zaro to‘qnashib ketdi. Cobalt haydovchisining yo‘l qoidasini buzgani sabab YTHda haydovchilardan biri vafot etdi.

Jizzax viloyatida ichimlik suvi, oqova suv va chiqindi xizmati narxlari oshiriladi
16 fevral 2024, 15:24

Jizzax viloyatida ichimlik suvi, oqova suv va chiqindi xizmati narxlari oshiriladi

Jizzax viloyatida 1-martdan ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlari narxlari aholi uchun 4000 so‘mgacha oshirilmoqda. Chiqindi xizmati narxi esa aholi uchun 6000 so‘mgacha ko‘tarilmoqda. Bu haqda Xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan qaror qabul qilindi.

Kuchli shamol tufayli viloyatlarda iste’molchilar elektrsiz qoldi, inshootlarga zarar yetdi
7 fevral 2024, 11:25

Kuchli shamol tufayli viloyatlarda iste’molchilar elektrsiz qoldi, inshootlarga zarar yetdi

Samarqand va Jizzax viloyatlarida yuz bergan kuchli shamol 130 mingdan ortiq iste’molchini elektrsiz qoldirdi. Uy va binolarning tomlari uchib ketdi. Qashqadaryoda ham ayrim obyektlarga zarar yetgan. Chang bo‘roni tufayli Toshkentdan Buxoroga uchgan samolyot aerodromga qo‘na olmay, poytaxtga qaytishga majbur bo‘ldi.

Shavkat Mirziyoyev Jizzaxda BYD elektromobillarini ishlab chiqarishga start berdi
25 yanvar 2024, 16:50

Shavkat Mirziyoyev Jizzaxda BYD elektromobillarini ishlab chiqarishga start berdi

Shavkat Mirziyoyev va BYD kompaniyasi prezidenti Van Chuanfu Jizzax viloyatida yiliga 50 ming dona gibrid va elektr avtomobillarni yig‘ish bo‘yicha loyihani ishga tushirishga bag‘ishlangan marosimda ishtirok etdi. Kompaniya Shavkat Mirziyoyevga YANGWANG U8 avtomobilini hadya qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting