Jizzax viloyatida Nexia-2 rusumli avtomashina mol boqib yurgan 12 yoshli qizni urib yuborgan. Buning oqibatda, qiz olgan tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.
Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev Jizzax viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari Akram Rahmonqulovga tegishli korxonalarda 12 mlrd so‘m,172 ta do‘kon, ko‘p qavatli uylardagi 14 ta xonadon, 43 ta avtomashina va boshqa ko‘chmas mulklar zararni undirish uchun xatlanganini ma’lum qildi. Sobiq hokim o‘rinbosari va yana 10 kishi hibsga olingan.
Jizzaxda «Cobalt» avtomashinasi «GAZ-31» bilan to‘qnashuvchi oqibatida yonib ketdi. «Cobalt» haydovchisi va yulovchisi kuyish jarohatidan xaloq bo‘ldi. «GAZ-31» haydovchisi ham ko‘rsatilgan yordamga qaramasdan vafot etgan, yulovchisi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Jizzaxda yanvar oyi boshida bir qismi qulab tushgan, qurilishi tugallanmagan turar-joy binosi buzilmoqda. Avvalroq, qurilish vaziri bino zarar ko‘rgani va buzilishi kerakligini ma’lum qilgan edi.
Jizzax shahar hokimi lavozimiga Xolmurodov Komil nomzodi shahar deputatlari tomonidan ma’qullandi. U bungacha Mirzacho‘l tuman hokimi bo‘lgan
10 yanvar kuni Jizzax shahrida qulab tushgan bino yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasiga ko‘ra Jizzax viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Jizzax viloyati hokimligi Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi noyabr oyida Jizzax shahri ko‘chalarini ko‘rkamlashtirish maqsadida daraxtlar va gullar ekish uchun buyurtmachilarni tanlab olish maqsadida e’lon qilgan tanlovda My Flower MCHJ yutgan. Mablag‘lar viloyat hokimi Saliyev Ergash farmoyishi bilan mahalliy byudjetning oshirib bajarilgan qismidan ajratilgan. Ma’lum bo‘lishicha, sub’ektining 50,80% ulushi Saliyeva Nargiza Ergashevnaga tegishli.
Jizzaxda avtobus va yuk avtomashinasi to‘qnashuvi yuz berdi. YTH oqibatida ikki kishi voqea joyida vafot etdi.
Jizzax viloyatida kun davomida ikkita halokatli YTH sodir bo‘ldi. Ulardan birida Lacetti 5 yoshli qizchani urib yubordi. Ikkinchisida esa 18 yoshli yigit yurib ketayotgan yuk mashinasi zinasidan o‘zini tashlab, asfaltga boshi bilan yiqilgan.
Jizzaxdagi YPX maskanida Qashqadaryodan Toshkentga olib ketilayotgan 1,7 tonna hidlangan go‘sht to‘xtatib qolindi. Go‘sht suyaksiz bo‘lgani uchun qaysi hayvonga tegishli ekani hozircha noma’lum, ammo qoramol va qo‘y go‘shti emas, degan xulosaga kelindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting