Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida Lada «Jiguli» bilan to‘qnashdi. Oqibatda bir haydovchi va ikki yo‘lovchi vafot etdi. Marhumlardan birining qarindoshlari ekspertiza o‘tkazilishidan norozi bo‘lib, IIO xodimlariga qarshilik ko‘rsatgani aytilmoqda.
Sharof Rashidov tumanida joylashgan Paxta qabul qilish punktida yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatda 2 ta g‘aramning ustki qismi yonib ketdi. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
G‘allaorol tumanida er o‘zaro gap talashib janjal yuzaga kelishi oqibatida xotinining boshiga armatura bilan urib, o‘ldirib qo‘ygani aytilmoqda.
Jizzax viloyatida Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotgan Cobalt haydovchisi piyodani urib yubordi. Fuqaro olgan og‘ir tan jarohatlari oqibatida shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi.
Jizzaxda Isuzu yuk mashinasi rulida uxlab qolgan qashqadaryolik haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan Nexia-2 bilan to‘qnashuv sodir etdi. Oqibatda Nexia-2dagi 5 kishi halok bo‘ldi.
Dilshadbek Karimov Andijon viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimiga, Akmal Savurbayev Jizzax viloyati hokimining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. O‘tkirbek Raxmanov esa Zafarobod tumaniga hokim bo‘ldi.
Jizzax viloyatining to‘rtta hududida giyohvandlik moddalarini yetishtirish va sotishga urinish holatlari fosh etildi. Jumladan, urgutlik shaxs Baxmal tumanida to‘xtatib, tekshirilganida, uning yonidan 968,79 gramm opiy borligi aniqlangan.
Andijon va Toshkent viloyatida fuqarolarni qo‘shni davlatlardagi OTMlarga, Jizzax viloyatida esa fuqaroni mahalliy texnikumga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi.
Jizzaxda moliyaviy piramida tashkilotchilari Telegram orqali mablag‘ jalb qilib, uning bir qismi avvalroq guruhga qo‘shilganlarga to‘lab kelgani aniqlandi. Jami 692,3 mln so‘m qo‘lga kiritilgan.
Jizzaxda o‘zaro yozishmalar vaqtida tortishib qolgan o‘quvchi qizlar shahardagi o‘quv markazlaridan birida uchrashib, janjallashishdi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
4 may kuni kuchli yog‘ingarchilik oqibatida Jizzax viloyati Zomin tumanidagi ayrim uylar va yo‘llarni suv bosdi. FVV qutqaruvchilari suvda oqib kelayotgan 20 yoshli fuqaroni qutqarib qolishgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi.
Jizzax viloyati Forish tumanida sodir bo‘lgan suv toshqini birinchi bo‘lib qabristonga urilgan va 70 dan ortiq qabrlarni oqizib ketgan. «Gazeta.uz» muxbiri Egizbuloq mahallasidagi sel oqibatlari aks etgan yana bir fotoreportajni tayyorladi. Unda suv kelishi oqibatida oqizib ketilgan qabrlar, aholining buzilgan uylari tasvirlangan.
Jizzax viloyatida bir kun avval bedarak yo‘qolgani aytilgan yana bir fuqaroning jasadi topildi. Sel qurbonlarining umumiy soni besh nafarga yetdi. Jizzax viloyati prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda. Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishga harbiylar ham jalb qilingan.
Jizzaxning Baxmal, G‘allaorol, Forish tumanlarida kuchli yog‘ingarchilik oqibatida sel kelishi va toshqinlar kuzatildi. Maktab va bog‘cha zarar ko‘rdi. Hodisa tufayli 4 kishi halok bo‘ldi. O‘zgidromet yetakchi mutaxassisi Erkin Abdulaxatovning aytishicha, ikki soat ichida G‘allaorol meteorologiya stansiyasi yillik yog‘ingarchilikning deyarli 10 foizini qayd etgan.
Jizzaxda Nexia-2 haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishdagi Nexia-3 bilan to‘qnashdi. Buning oqibatida mashina yonib, bir kishi halok bo‘ldi, yana uch kishi jarohatlandi. Surxondaryodagi avariyada esa haydovchi va ikki yo‘lovchi mashina salonida yonib ketdi.
Jizzaxlik fuqaro Suriyadagi xalqaro terrorchilik tashkiloti safiga qo‘shilishni rejalashtirganlikda gumon qilinmoqda. U xorijdaligida «Tavhid va jihod katibasi» xalqaro terrorchilik tashkilotining g‘oyaviy ta’siriga tushib qolib, vatanga qaytgach, o‘ndan ortiq tengqurlariga tashkilot g‘oyalarini targ‘ib qilgani aytilmoqda. Fuqaro IIB va DXX xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Jizzaxda 2 nafar fuqaroni 18 ming AQSh dollari evaziga xorij universitetlaridan biriga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lganlar ushlandi. Firibgarlik va pora berish moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Jizzax viloyatida Nexia va SHACMAN rusumli yuk avtomobili ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Yengil avtomobil haydovchisi va yo‘lovchisi vafot etdi. Yana ikki yo‘lovchi kasalxonaga yotqizilgan.
Jizzaxda Lacetti harakatlanayotgan paytida «lyuk» dan tana qismini chiqarib ketgan qiz aks etgan video tarqaldi. Viloyat IIB tomonidan fuqaroga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilib, 245 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi.
Baxmal tumani hududida yashovchi ikki nafar homilador ayol to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmaganligi, kasalliklar o‘z vaqtida aniqlanmaganligi oqibatida aprel oyida Jizzax viloyat perinatal markazida vafot etgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting