Qashqadaryoda viloyati hokimi Zoyir Mirzayev shifokor karantin talablariga rioya etmagan holda qarindoshinikida oilaviy tadbirda va deputatlar bilan uchrashuvda ishtirok etib, 30 nafar fuqaroga virus yuqtirganini ma’lum qildi. Shuningdek, hokim taksilar Respublika maxsus komissiyasi talablarini bajarmasa ularning faoliyati to‘xtalishi mumkinligini ham bildirib o‘tdi.
O‘zbekistonda tasdiqlangan koronavirus holatlari soni 188 taga oshib, jami 11447 taga yetdi. Ularning aksariyati Karantin markazida va Toshkent shahrida aniqlandi. Aholi orasida 66 ta holat qayd etildi.
Koronavirus infeksiyasiga chalingan 28 yoshli jizzaxlik bemor (ayol) o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. Ta’kidlanishicha, u uy sharoitida davolanib yurgan. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 49 nafarga yetdi.
Toshkent hokimi karantin talablari kuchaytirilayotgani sababli poytaxt aholisini beparvo bo‘lmaslikka, zaruratsiz ko‘chaga chiqmaslikka, onlayn xizmatlardan unumli foydalanishga chaqirdi. Shuningdek, hokim uy sharoitida davolanayotgan va karantinga olingan bemorlarga tibbiy maslahat ko‘rsatuvchi 1105 raqamli Call-markazi faoliyati yo‘lga qo‘yilayotganini ma’lum qildi.
Koronavirus infeksiyasiga chalingan 51 yoshli toshkentlik bemor (erkak kishi) o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 48 nafarga yetdi.
8 iyul kuni kechqurun Serbiyada hukumatga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Namoyish ishtirokchilari, bir necha ming kishi, mamlakatdagi epidemiologik vaziyatdan va xukumatning koronavirus tarqalishiga qarshi olib borayotgan harakatlaridan noroziligini bildirdi.
Koronavirusga qarshi kurash shtabining vakili Xabibulla Oqilovning aniqlik kiritishicha, O‘zbekistonda dori-darmonlar va yotoq-joylar zaxirasi yetarli, ammo agar hozirgi kunlik o‘sish ko‘rsatkichi saqlanib qolsa, ular yetarli bo‘lmasligi mumkin.
“O‘zbekiston hududida birinchi bemor 15 martda qayd etildi. Biroq kasallik mamlakatimizga undan avval ham kirib kelgan bo‘lishi ham mumkinligini inkor etmaymiz” — Sanitariya-epidemiologik nazorat inspeksiyasi bosh inspektori Nurmat Otabekov.
Koronavirus bemorlari soni 167 nafarga ortib, jami 11259 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar Karantin markazida, Toshkent shahrida, Farg‘ona, Qashqadaryo, Namangan va Jizzax viloyatlarida qayd etildi. Shundan 72 nafari aholi orasida.
O‘zbekistonda koronavirus bemorlari orasida ikki nafar o‘lim holati qayd etildi. Buxoro viloyatida 40 yoshli Afg‘oniston fuqarosi, Toshkent shahrida 83 yoshli onaxon vafot etishgan.
8 iyul kuni koronavirus infeksiyasiga chalinganlar, davolanganlar va o‘lim ko‘rsatkichlari rekord natijani qayd etdi.
O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar soni 45 nafarga yetdi. Toshkentda 72 yoshli ayol COVID-19 asoratlaridan olamdan o‘tdi.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Qozog‘iston va Rossiya-Qozog‘iston chegaralarida qolib ketgan o‘zbekistonliklarni qaytarishga va’da berdi. Avvalroq chegaralarda 5000 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolarining qolib ketgani xabar qilingan edi.
Qoraqalpog‘istonda 56 yoshli ayol, Navoiyda 52 yoshli erkak koronavirus sababli hayotdan ko‘z yumdi. O‘zbekistonda COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 44 nafarga yetdi.
13 iyul Qozog‘istonda koronavirus qurbonlari uchun milliy motam kuni deb e’lon qilindi. So‘nggi kunlarda mamlakatda vafot etganlar soni bo‘yicha rekordlar qayd etilmoqda.
O‘zbekistonda tasdiqlangan koronavirus holatlari soni 144 taga oshib, 10982 taga yetdi. Ularning katta qismi — 113 tasi Toshkentda aniqlandi.
Professor Xabibulla Oqilov koronavirusning borligiga shubha bilan qarayotgan, ushbu infeksiyaga chalingan birorta ham tanish insonlar yo‘q, deb iddao qilayotganlarga javob qaytardi. Uning ta’kidlashicha, odamlar buni juda jiddiy qabul qilishlari va bor-yo‘g‘i oddiy gigiyena, o‘z-o‘zini saqlashning birlamchi qoidalariga rioya qilishlari kerak xolos.
Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti rektori, professor Xabibulla Oqilov “Gazeta.uz"ga bergan intervyusida uyda davolanayotgan asoratlarsiz COVID-19 bemorlarining kuzatuvi qanday tashkil etilishi, ularni qachon kasalxonaga yotqizish kerakligi va ular bilan yashaydigan qarindoshlari nima qilishi lozimligi haqida gapirdi.
Koronavirus infeksiyasiga chalingan 64 yoshli toshkentlik bemor (erkak kigi) o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 42 nafarga yetdi.
Mamlakatning barcha hududlari “qizil” zonaga o‘tkaziladi. Stikerli avtomobillarning harakatlanishiga ruxsat beriladi, ammo masala hali ko‘rib chiqiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting