2020 yilda korrupsion jinoyatlarning asosiy sabablari moddiy manfaatdorlik (30%), byurokratik to‘siqlarning mavjduligi (28%) va ijtimoiy ta’minlanmaganlik yoki adolatli mehnat sharoiti yo‘qligi (12%) kabi omillar bo‘lgan.
“Davlat nima bilan qudratli? Qonun bilan. Hech kimni bunaqa qilishiga yo‘l qilmaymiz. Bu narsalar bizga saboq bo‘lishi kerak”, — dedi Shavkat Mirziyoyev mamlakatda kuzatilayotgan korrupsiya holatlari haqida.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi aksionerlari orasida qurilish vazirining o‘g‘li va turmush o‘rtog‘i ham bo‘lgan «12-trest» kompaniyasi qo‘lga kiritgan davlat xaridlarini o‘rganmoqda. Agentlik, shuningdek, Jizzax viloyati hokimining qarindoshlari bilan bog‘liq davlat xaridlari bo‘yicha materiallarni huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etdi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining ma’lum qilishicha, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Qurilish vazirligida 2020 yil davomida eng ko‘p korrupsiya holatlari kuzatilgan.
Prokuratura organlariga ishga joylashtirishni va’da qilgan shaxs so‘ralgan 30 ming dollardan 5 ming dollarini olayotganida qo‘lga olindi.
Samarqand davlat universitetida dekan o‘rinbosari 1 kurs talabasidan 500 AQSH dollari so‘ragan. Ma’lum bo‘lishicha, u talabaning oraliq nazorat ishini ijobiy hal qilib bermoqchi bo‘lgan.
2020 yilda 2 270 kishiga nisbatan korrupsiya bilan bog‘liq jinoiy ish ochilgan. Tahlillarga ko‘ra, korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar asosan ishsizlar hamda ta’lim, tibbiyot, bank, qurilish va ichki ishlar tizimi xodimlari tomonidan sodir etilgan. Korrupsion jinoyatlarning deyarli 90 foizi quyi bo‘g‘in (tuman, shaharlar) xodimlari yoki mansabdor shaxslari tomonidan sodir etilgan.
Toshkentda «Toshkent shahar suv ta’minoti» MCHJ direktori o‘rinbosari va bo‘lim boshlig‘i 3 mln so‘m pora olayotganda ushlandi.
14 mart kuni bo‘lib o‘tgan «So‘g‘diyona» — «Turon» uchrashuvi bosh hakami Viktor Serazitdinovning mazkur uchrashuvdagi faoliyati qoniqarsiz deb baholandi va hakamlik faoliyatidan nomuayyan muddatga chetlatildi. Shuningdek, maxsus inspeksiya tomonidan mazkur holat bo‘yicha o‘rganib chiqish ishlari boshlandi.
O‘zbekiston Superligasida «So‘g‘diyona» — «Turon» uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘yinning 52-daqiqasida bahsli holat yuzaga keldi va ushbu holat xaqida o‘yindan so‘ng bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida «Turon» bosh murabbiyi futboldagi korrupsiya haqida va adolatsizlik haqida gapirdi.
Buxoro davlat universitetida talabalarning 8 martga sovg‘asini «arzimas narsa» deb atab, «endi hammasi boshqacha bo‘ladi» deya ogohlantirgan o‘qituvchi ishdan bo‘shatildi.
Jizzax viloyatida daraxtlarning kesilganini yashirish uchun fuqarodan 2 mln so‘m miqdorda pora talab qilishda ayblanayotgan atrof-muhitni muhofaza qilish xodimi ushlandi.
Adliya vazirligi qonun hujjatlarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish tartibini tasdiqladi. Jarayonga jamoatchilik jalb qilinadi — fuqarolar regulation.gov.uz portalida cheklist to‘ldirib normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirishlari mumkin.
Jinoyat kodeksining yangi tahririda korrupsiyaviy jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi. Jumladan, davlat xizmatchilarining noqonuniy boyishi to‘g‘risida modda va nomoddiy foyda to‘g‘risida norma paydo bo‘ladi.
Korrupsiya davlat tuzilmalarini zabt etib bo‘ldi va uni tomiri bilan sug‘urib tashlashning imkoni yo‘qdek go‘yo. Byudjet daromadlarining o‘sishi bilan bir qatorda korrupsiya ham bo‘y cho‘zmoqda. Bu zanjirdan qanday chiqib ketish haqidagi fikrlar iqtisodchi Shahzod Yuldoshboyev maqolasida.
Bo‘stonliq tumani hokimining sobiq o‘rinbosari o‘z lavozimida ishlagan vaqtida tuman hududidan tadbirkorga 30 sotix yer maydoni ajratilishi uchun hokim qarorini chiqartirib berib, evaziga undan 35 ming dollar olgan. U olingan pulning bir qismini qaytarib berayotganida qo‘lga olindi. Bundan tashqari, Toshkent viloyatidagi yerlarni noqonuniy ravishda sotmoqchi bo‘lgan boshqa shaxslar ham ushlandi. Ulardan biri Parkent tumanida 5 gektar yerni 1 mln dollarga sotmoqchi bo‘lgan.
Transparency International xalqaro tashkilotining 2020 yil uchun Korrupsiyani qabul qilish indeksida O‘zbekiston 146-o‘rinni egalladi. Bu 2019 yil ko‘rsatkichiga qaraganda 7 pog‘onaga yuqori. COVID-19 pandemiyasi korrupsiya avj olgan va avtoritar rahbarlar uchun davlat xarajatlari ustidan nazoratni yengillashtirish va fuqarolar erkinliklarini cheklash uchun bahona bo‘ldi, deyiladi hisobotda.
Shavkat Mirziyoyev bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshevga tumanlar bo‘ylab korrupsiya sabablarini o‘rganishni buyurdi. «Suvga, svetga shuncha qarz olindi. Hamma joyda o‘g‘irlik. Maktab, kollejlar qurilishida ham. Hamma joyda korrupsiya», — ta’kidladi davlat rahbari.
Andijon tumanidagi sanoat hududida 30 sotix yerni tadbirkorga 15 ming dollar evaziga olib berishni va’da qilgan sobiq kadastr xodimi qo‘lga olindi. Andijon shahar sudi tomonidan unga 2 yil 2 oylik axloq tuzatish jazosi tayinlangan.
Samarqand viloyati tibbiyot muassalarida 7 mlrd so‘mlik talon-torojlik va suiste’molchiliklar aniqlandi. Bundan tashqari dori vositalariga 5,643 mlrd so‘mga qimmat narxlarda davlat xaridlari amalga oshirgan. Aniqlangan holatlar asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting