20-iyundan yangi o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul jarayonlari boshlandi. Jarayonlar ikki bosqichda amalga oshiriladi. Maktab ta’limi vazirligining eslatishicha, bu yil birinchi sinfga 2017-yilning 31-dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi.
Tuproqqal’a tumanida dars vaqti gaplashib o‘tirgan ikki nafar o‘quvchiga tanbeh berib, ularni kaltaklagan o‘qituvchi o‘z arizasiga ko‘ra ishdan bo‘shatildi.
Farg‘onadagi maktabda o‘quvchini urgan Milliy gvardiya xodimi lavozimidan ozod etildi. U maktabda inspektor-psixolog lavozimida ishlagan, hozirda uni boshqa lavozimga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Urgut tumanidagi maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlovchi 27 yoshli yigit o‘quvchi qizga nisbatan shahvoniy xususiyatga ega bo‘lgan harakatlar qilishda ayblanib, 3 sutkaga qamaldi. Sudda yigit hech kimga shilqimlik qilmagani, faqat o‘quvchisiga tanbeh berganini aytib ko‘rsatuv berdi.
Yunusobod tumanidagi 235-maktabning 4 nafar 8-sinf o‘quvchisi dars paytida qarta o‘ynagani uchun ularning ota-onalari javobgarlikka tortildi. Sinf rahbariga esa intizomiy chora ko‘rildi.
Maktab vazirligi o‘quvchilar xorijga chiqishda maktab direktorini ogohlantirishi kerakligi nazarda tutilgan buyruq loyihasini muhokamaga qo‘ydi. O‘zgartirish maqsadi sifatida xorijga ogohlantirmasdan yoki vaqtincha chiqib ketib, qaytib kelmagan o‘quvchilar bilan ishlashni samarali yo‘lga qo‘yish ekani qayd etilgan.
Qarshi tumanidagi 55-maktabda o‘smir kaltaklanishi oqibatida umurtqasi singan. O‘quvchiga birinchi yordam ko‘rsatilmagani va IIBga murojaat qilinmagani uchun maktab direktori ishdan olindi.
O‘zbekistonda har yili o‘quvchilar o‘rtasida “Turon yo‘lbarslari” harbiy sport musobaqalari o‘tkaziladi. Musobaqa “Temur tuzuklari” bilimdoni, kamondan o‘q otish, qurolni to‘liq bo‘lmagan qismlarga ajratish va yig‘ish, sport qurolidan o‘q otish, birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatish kabi shartlarni o‘z ichiga oladi.
O‘zbekistonda 2024/2025 o‘quv yilidan ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda chet tilini bilish bo‘yicha kamida B2 darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan o‘qituvchilar tomonidan fanlarni chet tilida o‘qitish amaliyoti joriy etiladi. Buning uchun ularga har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi.
Respublikaning barcha hududlari bo‘yicha ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazilib, bepul tushlik maktabga qatnash darajasini 8 foizga oshirishi aniqlandi, deya xabar berdi MHTI. Institut ekspertlari 1−4 sinf o‘quvchilarini bepul issiq ovqat bilan ta’minlash uchun barcha maktabda oshxona tashkil etish kerakligini ta’kidlagan.
Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov O‘zbekistondagi deyarli barcha maktablarda internet tarmog‘iga ulanish uchun optik tolali va radiorele aloqa liniyalari mavjudligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, liniyalarni kompyuterlar bilan jihozlash masalasi esa budjetdan ajratiladigan mablag‘ga bog‘liq.
Oltinko‘l tumanida maktab yonidagi oshxonada yong‘in sodir bo‘ldi. Uni o‘chirishga 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etildi. Hodisa oqibatida binoning 85 kvadrat metr tom qismi zararlangan, tan jarohati olganlar bo‘lmagan.
Milliy gvardiya axborot xizmati 6−8-fevral kunlari darslarga 188 ming o‘quvchi sababsiz kelmaganini aniqladi. Shuningdek, inspektor-psixolog va mahalla yettiligi ko‘rayotgan chora-tadbirlar sabab o‘quvchilar davomati ijobiy tomonga o‘zgarayotganini, hozir davomat 97,7 foizga yetganini ma’lum qildi.
Gulistonda 11-sinf o‘quvchisi Milliy gvardiya xodimining qalbaki guvohnomasi bilan begona maktabga kirmoqchi bo‘ldi. Undan soxta hujjatni topshirish so‘ralganda, qarshilik ko‘rsatdi. Shahar prokuraturasi u nima uchun maktabga kirmoqchi bo‘lganini o‘rganmoqda.
O‘zbekistonda 1 ta o‘quvchi o‘rniga 1,2 nafar o‘quvchi to‘g‘ri kelmoqda, oqibatda ikkinchi va uchinchi smenadagi o‘quvchilar soni 2,1 mlndan ortiqni tashkil etmoqda, (jami o‘quvchilarning 33 foizi) deyiladi MHTI tadqiqoti natijalarida.
O‘zbekistondagi maktablarning bor-yo‘g‘i 30 foizi kanalizatsiya tizimiga ulangan, 70,5 foizida “vodoprovod” mavjud, maktablarning 4,6 foizi umuman yaroqsiz holatda, umumta’lim tizimiga sarflanayotgan davlat budjeti xarajatlari nomutanosib taqsimlangan, deyiladi MHTI tadqiqoti natijalarida.
Marg‘ilon shahridagi maktabda ingliz tili o‘qituvchisi ruxsatsiz hojatxonaga chiqib ketgani uchun o‘quvchining boshiga telefon uloqtirdi. Oqibatda uning boshi yorildi, maktab hamshirasi bolaga birinchi yordam ko‘rsatdi. Hozirda bolalar ombudsmani holatni o‘rganmoqda.
Zangiota tumani 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida sodir bo‘lgan janjalni bartaraf etmoqchi bo‘lgan Milliy gvardiya xodimiga jarohat yetkazildi. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi maktablardan birida o‘qituvchi birinchi sinfga dars o‘tayotgan vaqtida avval o‘quvchi bolani, keyin esa qizni kaltakladi. Huquq-tartibot idoralari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari boshlandi, sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi.
Navoiy shahridagi maktabda o‘quvchi yigitlarning sochi ommaviy kaltalangani jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘ldi. Ayrimlar qamoqdagi bolaninggina sochi majburiy olinishini aytsa, ba’zilar maktab islohotini ularga suv, hojatxona va kompyuterlarni olib borishdan boshlagan yaxshiroq, degan fikrda. Munosabatlar.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting