Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Alisher Qodirov uch mingdan ortiq maktablarda oshxonaning o‘zi yo‘qligi, borining ham 60 foizga yaqini talab darajasida emasligini ta’kidladi. «Farzandlarimizni fiziologik-depressiv holatini yuzaga kelishini hisobga olsak, o‘qituvchilarga bo‘lgan munosabati keskinlashishi, maktabga jinoyatni kirib kelgani bu — albatta ovqatlanish bilan bog‘liq masala», — dedi Alisher Qodirov.
Maktablarda darsdan oldin madhiya kuylash, tanaffusda vatan mavzusidagi she’r va qo‘shiqlar eshittirish so‘raldi. Ushbu mazmundagi xat Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi maktablar rahbarlariga yuborilgan.
Toshkentda 14 sentyadrdan o‘z faoliyatini boshlagan 139 ta maktabning 2 tasida darslar koronavirus bo‘yicha epidemik vaziyat barqaror bo‘lgunga qadar to‘xtatildi.
Yarim yillik tanaffusdan so‘ng 7 sentyabr kuni 330ga yaqin maktablarda o‘quv yili boshlandi. O‘zbekistonning turli hududlaridagi maktablarda birinchi o‘qish kunidan fotolavhalar.
6 oylik tanaffusdan so‘ng 239 ta maktab an’anaviy tarzdagi ta’lim shakliga qaytdi. Davlat maktablarida o‘quv yili rasman 14 sentyabrdan boshlanadi.
COVID-19 pandemiyasi davrida maktablarga qo‘yiladigan vaqtinchalik sanitariya talablari tasdiqlandi. Xususan, maktablarda ommaviy tadbirlar o‘tkazilmaydi, niqobsiz maktabga kirishiga ruxsat berilmaydi, o‘quvchi va o‘qituvchilar «ertalabki filtrlash» jarayonidan o‘tishadi.
5 iyuldan umumta’lim maktablari 1-sinfiga hujjat topshirish uchun onlayn navbatga turish Toshkent shahri uchun sinov tariqasida boshlandi. Buni qanday amalga oshirishni «Gazeta.uz» qo‘llanmasida o‘qing.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting