«o‘zbekiston» tegli maqolalar


O‘q otish bo‘yicha Jahon kubogining finalida o‘zbekistonliklar 3-o‘rinni egalladi
15 iyul 2022, 08:35

O‘q otish bo‘yicha Jahon kubogining finalida o‘zbekistonliklar 3-o‘rinni egalladi

Janubiy Koreyada o‘tkazilgan o‘q otish bo‘yicha Jahon kubogi finalida o‘zbekistonlik sportchilar 16 ochko bilan 3-o‘rinni egalladi. Musobaqada 1-o‘rin Italiya, 2-o‘rin esa Hindiston vakillarga nasib etdi.

Serdar Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevni Turkmanistonga taklif qildi
14 iyul 2022, 17:09

Serdar Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevni Turkmanistonga taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidentini «Ko‘ksaroy» qarorgohida kutib oldi. Shundan so‘ng, ikki davlat yetakchilari tor doiradagi muzokaralarda o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Serdar Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevni javob tashrifi bilan Turkmanistonga kelishga taklif qildi.

Birinchi o‘zbek-turkman hududlararo forumida $451 mlnlik bitimlar imzolandi
14 iyul 2022, 16:19

Birinchi o‘zbek-turkman hududlararo forumida $451 mlnlik bitimlar imzolandi

Buxoroda bo‘lib o‘tgan birinchi o‘zbek-turkman hududlararo forumida 451 mln dollarlik investitsiya va savdo bitimlari imzolandi. Qolaversa, O‘zbekiston va Turkmaniston hududlari o‘rtasida istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish va muvofiqlashtirish bo‘yicha doimiy ishchi guruhlar tuzilishi ma’lum qilindi.

AQSh O‘zbekistonni sanksiyaga tushgan tovarlarni potensial yetkazib beruvchilar ro‘yxatiga kiritdi
12 iyul 2022, 13:32

AQSh O‘zbekistonni sanksiyaga tushgan tovarlarni potensial yetkazib beruvchilar ro‘yxatiga kiritdi

AQSh Moliya vazirligi O‘zbekiston va boshqa bir qator davlatlarni Rossiya va Belarusga sanksiyaga tushgan tovarlar yetkazilishi mumkin bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatiga kiritdi.

O‘zbekiston ilk bor YUNESKOning nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha qo‘mitasiga a’zo bo‘ldi
7 iyul 2022, 14:53

O‘zbekiston ilk bor YUNESKOning nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha qo‘mitasiga a’zo bo‘ldi

O‘zbekiston birinchi marta YUNESKOning Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitasiga a’zo bo‘ldi. O‘zbekiston nomzodini qo‘llab-quvvatlab, 105 mamlakat ovoz berdi.

«O‘zbekiston osoyishtalik va birlikni saqlashga qodir». Xitoy TIV Nukus voqeasi haqida
5 iyul 2022, 12:50

«O‘zbekiston osoyishtalik va birlikni saqlashga qodir». Xitoy TIV Nukus voqeasi haqida

Xitoy tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Chjao Litszyan Nukus voqealariga munosabat bildirib, «O‘zbekiston tinchlik va birlikni saqlab qolishga qodirligiga» ishonishini ma’lum qildi. Turkiya TIV rahbari esa xavfsizlik va jamoat osoyishtaligini ta’minlashdagi chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Qozog‘iston TIV Qoraqalpog‘istondagi vaziyat yuzasidan banoyot berdi
3 iyul 2022, 16:20

Qozog‘iston TIV Qoraqalpog‘istondagi vaziyat yuzasidan banoyot berdi

Qozog‘iston TIV qo‘shni qardosh O‘zbekistondagi voqealarni tashvish bilan qabul qilgani va mamlakat rahbariyatining Qoraqalpog‘istondagi vaziyatni barqarorlashtirish to‘g‘risidagi qarorini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.

O‘zbekiston va Ozarbayjon ishbilarmon ayollari $54 mlnlik kelishuvga erishdi
1 iyul 2022, 18:13

O‘zbekiston va Ozarbayjon ishbilarmon ayollari $54 mlnlik kelishuvga erishdi

Bokuda O‘zbekiston va Ozarbayjon ishbilarmon ayollarining birinchi biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Unda ikki tomon vakillari o‘rtasida 54 mln dollardan ortiq miqdorda 19 ta shartnoma va memorandum imzolandi.

O‘zbekistonlik merganlar xalqaro musobaqada ikkinchi o‘rinni egalladi
30 iyun 2022, 14:26

O‘zbekistonlik merganlar xalqaro musobaqada ikkinchi o‘rinni egalladi

Turkiyada 12 davlat o‘rtasida o‘tkazilgan merganlik bo‘yicha xalqaro musobaqada o‘zbekistonlik harbiylar ikkinchi o‘rinni egalladi. Ular lazerli masofa o‘lchagichdan foydalanmasdan harakatlanayotgan vertolyot va qayiqdan turib nishonlarni yo‘q qilishdi. Turk hakamlari O‘zbekiston jamoasi mahoratini yuqori baholadi.

O‘zbekiston kompaniyasi AQShning ikkinchi darajali sanksiyalariga tushdi
29 iyun 2022, 14:45

O‘zbekiston kompaniyasi AQShning ikkinchi darajali sanksiyalariga tushdi

AQSh Davlat departamenti Rossiya korxonalariga qarshi sanksiyalar rejimini buzgani uchun O‘zbekistonning Promcomplektlogistic kompaniyasiga nisbatan cheklovlarni joriy qildi. U boshqa kompaniyalar qatorida «Rossiya harbiy-sanoat kompleksini qo‘llab-quvvatlash» da gumon qilinib, «qora ro‘yxat» ga kiritilgan.

MO davlatlari va Rossiya xavfsizlik kuchlari xalqaro narkoguruh faoliyatiga chek qo‘ydi
24 iyun 2022, 12:58

MO davlatlari va Rossiya xavfsizlik kuchlari xalqaro narkoguruh faoliyatiga chek qo‘ydi

O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiya huquq-tartibot idoralari xodimlari 6 oy mobaynida maxsus operatsiya o‘tkazdi. Natijada 8 ta narkolaboratoriya va qariyb 30 kg sintetik narkotik modda musodara qilindi. Oyiga 200 kggacha narkotik ishlab chiqargan guruhning 20 dan ortiq a’zosi qo‘lga olindi.

O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ishchi guruhning beshinchi yig‘ilishi o‘tkazildi
22 iyun 2022, 13:41

O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ishchi guruhning beshinchi yig‘ilishi o‘tkazildi

O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishiga bag‘ishlangan beshinchi yig‘ilishda ishchi guruh mamlakatning tashqi savdo rejimiga oid hujjatlarni, shu jumladan respublikaning iqtisodiy va bojxona-tarif siyosati yuzasidan aniq xulosa va ma’lumotlarni muhokama qilishni boshladi. Avvalgi uchrashuv ikki yil oldin o‘tkazilgandi.

Sardor Umurzakov Ozarbayjon iqtisodiyot vaziri bilan uchrashdi
21 iyun 2022, 11:32

Sardor Umurzakov Ozarbayjon iqtisodiyot vaziri bilan uchrashdi

Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov va Ozarbayjon iqtisodiyot vaziri Mikail Jabborov uchrashib, investitsiyalar, savdo, transport va logistika sohasidagi hamkorlik salohiyatini muhokama qildi. Tomonlar o‘zaro va tranzit yuk tashishni ko‘paytirish bo‘yicha hamkorlik yo‘llarini ko‘rib chiqishdi.

Milliy gvardiya O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘yini oldidan muxlislarni ogohlantirdi
19 iyun 2022, 11:09

Milliy gvardiya O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘yini oldidan muxlislarni ogohlantirdi

«Milliy» stadionida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni bahsida jamoat tartibini buzgan muxlislar uchta modda bilan javogarlikka tortilishi mumkin. Shuning uchun, ishqibozlardan «hakamlarga, futbolchilarga, jumladan, raqib jamoaga, texnik xodimlarga hurmat ko‘rsatish zarurligi» eslatib o‘tildi.

Global beqarorlik sharoitida O‘zbekistonning JST va YeOIIga qo‘shilish bo‘yicha pozitsiyasi qanday bo‘lishi kerak?
15 iyun 2022, 09:00

Global beqarorlik sharoitida O‘zbekistonning JST va YeOIIga qo‘shilish bo‘yicha pozitsiyasi qanday bo‘lishi kerak?

JST yoki YeOIIdan istalgan bittasiga a’zo bo‘lish ikkinchisiga a’zo bo‘lishni osonlashtiradi va O‘zbekiston savdo siyosatini hozirgiga qaraganda sezilarli darajada erkinlashtiradi. Biroq, birinchi JSTga a’zo bo‘lish mamlakatga ustunroq mavqe berishi ehtimoli yuqori, deb yozadi iqtisodchi Mirkomil Xolboyev.

Buyuk Britaniya eksport vaziri Toshkentda muzokaralar o‘tkazdi
13 iyun 2022, 19:23

Buyuk Britaniya eksport vaziri Toshkentda muzokaralar o‘tkazdi

Buyuk Britaniya eksport vaziri Mayk Friyer Toshkentga tashrif buyurib, ITSV, Moliya vazirligi, OTMK va Uzbekistan Airports bilan muzokaralar o‘tkazdi. Ularda O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun investitsiya jalb qilish, mamlakatning JSTga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha takliflarning 70 foizdan ortig‘i yoshlardan kelib tushmoqda
13 iyun 2022, 11:11

Konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha takliflarning 70 foizdan ortig‘i yoshlardan kelib tushmoqda

Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha 11 iyun holatiga jami 20 148 ta taklif kelib tushdi, shuni 70 foizidan ortig‘i 30 yoshgacha bo‘lganlar tomonidan yo‘llangan. Hududlar kesimida esa Toshkent shahri, Andijon, Farg‘ona, Surxondaryo va Jizzax viloyatlari yetakchilik qilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Yaponiya bosh vaziri bilan telefon orqali muloqot qildi
9 iyun 2022, 17:54

Shavkat Mirziyoyev Yaponiya bosh vaziri bilan telefon orqali muloqot qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida bilan telefon orqali ikkitomonlama munosabatlarni muhokama qildi. Tomonlar Osaka shahrida o‘tkaziladigan «EKSPO-2025» butunjahon ko‘rgazmasida O‘zbekistonning ekspozitsiyasini tashkil etishga kelishib olishdi.

Shavkat Mirziyoyev BMT bosh kotibi birinchi o‘rinbosarini qabul qildi
9 iyun 2022, 11:18

Shavkat Mirziyoyev BMT bosh kotibi birinchi o‘rinbosarini qabul qildi

Chorshanba kuni prezident BMT bosh kotibi birinchi o‘rinbosari Amina Muhammadni qabul qildi. Suhbat davomida O‘zbekistonning Afg‘onistonda bardavom tinchlikni ta’minlashdagi sa’y-harakatlari e’tirof etildi. BMT vakili Tanzila Narbayeva hamda Saida Mirziyoyeva bilan ham uchrashuv o‘tkazdi.

Avstriyaning eng yirik banki O‘zbekistonga €7,9 mln ajratdi
8 iyun 2022, 12:45

Avstriyaning eng yirik banki O‘zbekistonga €7,9 mln ajratdi

Avstriyaning «UniCredit Bank Austria AG» banki O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasiga innovatsion texnologiyalar transferini moliyalashtirish uchun 7,9 mln yevro ajratdi. Ushbu imtiyozli mablag‘lar «Bauer GmbH» kompaniyasining yomg‘irli sug‘orish uchun innovatsion texnologiyalarini xarid qilishga sarflanadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting