O‘zbekistonda 5−9 mart kunlari kuchli yomg‘irlar yog‘ishi tufayli 9 ta viloyatning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelish xavfi e’lon qilindi. O‘zgidromet aholi va haydovchilardan ehtiyot choralariga amal qilishni so‘ramoqda.
O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida imzolangan memorandumga muvofiq, yapon tilini bilish darajasi bo‘yicha test sinovlaridan va mutaxassisligi bo‘yicha amaliyot imtihonidan o‘tganlarga «maxsus malakali ishchilar» maqomi beriladi. Ular Yaponiyada 14 turdagi sohada 10 yilgacha ishlashi, 5 yildan so‘ng o‘z oilasini ham olib ketishi va o‘z biznesini boshlashi mumkin bo‘ladi. Ularga kamida 1800−2000 dollar maosh to‘lanadi.
Hafta yakunida O‘zbekistonga Turkmanistondan iliq havo, so‘ngra Kavkaz hududlaridan nam va salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda. 4−5-mart kunlari shamol tezligi 25−30 m/s gacha kuchayishi va chang to‘zoni kuzatilishi mumkin. Yakshanba kuni esa yomg‘ir yog‘adi.
1186 kishi Ukrainadan Polsha orqali O‘zbekistonga yetkazildi. Chorshanba kuniga ikkita reys rejalashtirilgan. Hozirda Polshada 800 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari qolmoqda. O‘zbekiston elchixonasi jangovar harakatlarga qaramay, evakuatsiya ishlarini davom ettirmoqda, deya xabar bermoqda TIV.
28 fevral kuni soat 23:00da Toshkent aeroportiga Ukrainadan evakuatsiya qilingan o‘zbekistonliklarning birinchi reysi qo‘ndi.
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Rossiyaning Ukrainada amalga oshirayotgan harbiy harakatlari bo‘yicha O‘zbekistonning pozitsiyasi qanday ekanligiga oydinlik kiritdi. «O‘zbekiston bu masala bo‘yicha vazmin, neytral pozitsiyada. Biz keng mintaqamizda tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyot bo‘lishidan manfaatdormiz. Barcha bahs va kelishmovchiliklar faqatgina xalqaro huquq normalari asosida hal qilinishi lozim», — deya ta’kidladi u.
O‘zbekiston va Rossiya rahbarlari telefonda muloqot qilib, «Ukrainadagi demilitarizatsiya va denatsifikatsiya» vaziyatini muhokama qilishdi.
Yevroosiyo hukumatlararo kengashi O‘zbekistonning to‘rt yo‘nalishda, jumladan, temir yo‘l transportini raqamlashtirish, «Yevroosiyo Ekspress» loyihasi va boshqa yo‘nalishlarda YeOII ishidagi ishtirokini kengaytirish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. Shuningdek, bosh vazir Abdulla Aripov temir yo‘l va avtomobil transportida yo‘lovchi tashishni tiklashni taklif qildi.
Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori lavozimiga tayinlangan Roli Astxanani qabul qildi.
O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi fuqarolarni Polsha orqali evakuatsiya qilishini xabar qildi. Lvovga kelgan o‘zbekistonliklardan diaspora vakili Maruf Saliyevga murojaat qilish so‘ralgan. Evakuatsiya vaqtida qariyalar, bolalik ayollar, talabalar va bolalar ustunlikka ega bo‘ladi.
Bosh vazir Abdulla Aripov o‘zbekistonlik olimlar koronavirusga qarshi to‘rtta vaksina yaratish ustida ishlayotganini ma’lum qildi. «Dunyodagi hech qaysi vaksinadan nusxa olinmagan, alohida o‘zining strukturasi belgilangan vaksina turlari ishlab chiqilyapti», — dedi u.
Buyuk Britaniya tomonidan Rossiyaning beshta bankiga nisbatan sanksiyalar qo‘llanilishi munosabati bilan, ushbu banklarda ro‘yxatdan o‘tgan hisob raqamlariga o‘tkazilgan har qanday mablag‘lar qaytarilishi yoki muzlatilishi mumkin. InfinBank matbuot kotibining ma’lum qilishicha, ushbu holat bo‘yicha aniq ma’lumotlar yoki aniq ssenariylar yo‘q. «Bank o‘z mijozlarini ushbu holat bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirishga qaror qilgan», — dedi u.
O‘zbekiston va Eron o‘rtasida Hukumatlararo komissiyaning 14-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda investitsiya, transport va logistika bo‘yicha qo‘shma qo‘mitalarni tashkil etishga kelishilgan. O‘zbekiston-Eron hamkorligini har tomonlama chuqurlashtirishga qaratilgan kelishuvlarni qamragan qo‘shma «Yo‘l xaritasi» qisqa muddatda ishlab chiqilishi va imzolanishi kutilmoqda.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va AQSh davlat kotibi Entoni Blinken ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan o‘zaro qutlov maktublarini almashdi.
O‘zbekiston Economist Intelligence Unit`ning «Demokratiya indeksi» da 150-o‘rinni egalladi. Tadqiqotchilarning fikricha, mamlakatda demokratiya bilan bog‘liq vaziyatda hech qanday o‘zgarishlar qayd etilmagan, u «avtoritar rejimlar» guruhida qolmoqda.
Butunjahon Oltin Kengashi O‘zbekiston 2021 yilning noyabr oyida 21,5 tonna oltin sotib, dekabr oyida 8,4 tonna oltin sotib olganini ma’lum qildi. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi kunda O‘zbekiston oltin zaxirasi miqdori 11,6 troy unsiyani, uning qiymati esa 20,94 mlrd dollarni tashkil etadi.
Chorshanba kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov Qozog‘istonga tashrifi davomida II darajali «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi. Shu kuni O‘zbekiston delegatsiyasi prezident Kasim-Jomart Toqayev qabulida bo‘lib, Qozog‘iston Parlamenti Majlisida ham qator uchrashuvlar o‘tkazdi.
2021 yil 6 dekabr kuni Nur-Sultonda imzolangan O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumatlari o‘rtasida energiya resurslarini bojxona chegarasidan quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib o‘tishni birgalikda bojxona nazoratidan o‘tkazish to‘g‘risidagi bitimni tasdiqlash kutilmoqda. Tegishli prezident qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Aleksandr Lukashenkoning O‘zbekiston Ittifoq davlatiga qo‘shilishi mumkinligi bo‘yicha fikriga o‘zbekistonlik siyosatchilar va jamoatchilik faollari munosabat bildirdi. «Yuksalish» harakati raisi Bobur Bekmurodov bu «fantaziyalarni jiddiy qabul qilmaslikni» ta’kidlagan. Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev Lukashenko va Solovyovni «o‘tgan-ketganni muhokama qiladigan, hammaning shaxsiy hayotiga burnini tiqadigan kampirlarga» o‘xshatgan. Adliya vaziri maslahatchisi Shahnoza Soatova Tashqi ishlar vazirligidan bu bayonotga munosabat bildirishini so‘ragan.
Miloddan avvalgi VI asrdan XX asrga qadar zamonaviy O‘zbekiston hududida yigirmadan ortiq davlatlar hukm surgan. «Gazeta.uz» geacron.com tarixiy xaritalar platformasiga asoslanib, O‘zbekiston hududida asrlar osha hukmronlik qilgan davlatlar xaritasini taqdim etadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting