«qashqadaryo» tegli maqolalar


Qashqadaryoda kanalizatsiyada qolib ketgan 2 fuqaro qutqarildi
15 yanvar 2025, 21:06

Qashqadaryoda kanalizatsiyada qolib ketgan 2 fuqaro qutqarildi

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida kanalizatsiyadagi chiqindilarni tozalash maqsadida tushgan 2 nafar xodim undan chiqolmay qoldi. Quduq ichida suv ko‘payib ketgan va ulardan birining tobi qochgan. FVV qutqaruvchilari ishchilarni olib chiqdi va shifoxonaga joylashtirdi.

Qashqadaryo ayrim oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha o‘zini o‘zi to‘liq ta’minlashga o‘tadi
4 dekabr 2024, 22:08

Qashqadaryo ayrim oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha o‘zini o‘zi to‘liq ta’minlashga o‘tadi

Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash rejalari bilan tanishdi. Unga ko‘ra, 2025-yildan hudud kartoshka, meva, parranda go‘shti va tuxum bo‘yicha o‘zini o‘zi to‘liq ta’minlashga o‘tadi. Buning uchun xorijiy investorlar ishtirokida 16 ta yirik loyiha shakllantiriladi.

Qashqadaryoda 26 yoshli erkak o‘zi, xotini va 2 oyli chaqalog‘ining joniga qasd qildi
25 noyabr 2024, 16:13

Qashqadaryoda 26 yoshli erkak o‘zi, xotini va 2 oyli chaqalog‘ining joniga qasd qildi

Yakshanba kuni Kitob tumanida 26 yoshli erkak ruhiyatidagi o‘zgarishlar oqibatida xotini va tug‘ilganiga endigina 2 oy bo‘lgan qizini pichoq bilan qasddan o‘ldirdi. U voqea ortidan o‘zini osib, joniga qasd qilgan. Holat bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.

Qashqadaryoda 7 yoshli qizga o‘gay otasi jinsiy zo‘ravonlik qilgani aytilmoqda
22 oktabr 2024, 17:45

Qashqadaryoda 7 yoshli qizga o‘gay otasi jinsiy zo‘ravonlik qilgani aytilmoqda

Qarshi shahrida “102”ga telefon qilgan ayol u bilan 3 yildan beri birga yashayotgan erkak uning 7 yoshli qiziga jinsiy zo‘ravonlik harakatlarini qilgani haqida shikoyat qilgan. Ijtimoiy tarmoqda qizaloqning holat haqida kimgadir aytsa, erkak uni o‘ldiraman, deya qo‘rqitganini yig‘lab aytib bergan videosi tarqaldi.

Qashqadaryoda cho‘llanishga qarshi “Selxona tashkil etish” loyihasi bajarilmoqda (foto)
9 oktabr 2024, 12:22

Qashqadaryoda cho‘llanishga qarshi “Selxona tashkil etish” loyihasi bajarilmoqda (foto)

Qashqadaryoda o‘simlik dunyosini yaxshilash va tuproq yemirilish eroziyasini oldini olish maqsadida “Selxona tashkil etish” grant loyihasi amalga oshirilmoqda. Unga ko‘ra, Qamashi tumanidagi lalmi yer maydonlarda tabiiy qor va yomg‘irlardan hosil bo‘ladigan suvlar bir joyga jamg‘ariladi.

Qashqadaryoda rashk sabab xotinini yoqib yuborgan erkak 10 yilga qamaldi
20 sentabr 2024, 11:16

Qashqadaryoda rashk sabab xotinini yoqib yuborgan erkak 10 yilga qamaldi

Yakkabog‘ tumanida yashovchi 59 yoshli erkak mast holda rashk sabab xotiniga benzib sepib, uni yoqib yubordi. Ayol og‘ir darajadagi kuyish jarohatini oldi, uning hayoti saqlab qolindi. Sud erkakni 10 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Qashqadaryoda enaganing eri chaqaloqni urib o‘ldirib qo‘ydi
1 avgust 2024, 22:07

Qashqadaryoda enaganing eri chaqaloqni urib o‘ldirib qo‘ydi

Qarshi shahrida 21 yoshli erkak hojatini kiyimiga chiqargani uchun turmush o‘rtog‘i enagalik qilayotgan 1,5 yashar chaqaloq qizni urib o‘ldirib qo‘ydi. U shifokorlarga bola aravachadan yiqilib tushganini aytdi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qashqadaryoda 13 mln dollarga quyosh panellari korxonasi qurilmoqda
15 iyul 2024, 19:01

Qashqadaryoda 13 mln dollarga quyosh panellari korxonasi qurilmoqda

Qarshi shahrida xitoylik hamkorlar bilan birga quyosh panellari ishlab chikarish korxonasi qurilmoqda. Loyihaning qiymati 13 mln dollarga teng. Korxona to‘liq quvvatda ishlaganda bir yilda 150 MVt hajmdagi mahsulot ishlab chiqarishi kutilmoqda.

Qashqadaryoda sel oqibatida ko‘prik qulab tushdi (video)
6 may 2024, 17:26

Qashqadaryoda sel oqibatida ko‘prik qulab tushdi (video)

Chiroqchi va Shahrisabz tumanlarini bog‘lovchi daryoda sel ko‘prikning asos poydevorini yuvib ketdi, oqibatda ko‘prik qulab tushdi. Yo‘lda transport harakati to‘xtab qolgani aytildi.

Qashqadaryoda zilzila sodir bo‘ldi
19 aprel 2024, 05:48

Qashqadaryoda zilzila sodir bo‘ldi

Juma kuni ertalab Qashqadaryoning Mirishkor tumanida zilzila qayd etildi. Zilzila magnitudasi — 3.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi
13 aprel 2024, 11:59

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi

Qiziriq tumanining sobiq hokimi Sherzod Rajabov Surxondaryo viloyati hokimiga moliya masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosar bo‘ldi. Shuningdek, Ziyoda Aminova Qashqadaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar etib tayinlandi.

Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlarida noqonuniy dori savdosi bilan shug‘ullanganlar qo‘lga olindi
9 aprel 2024, 11:03

Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlarida noqonuniy dori savdosi bilan shug‘ullanganlar qo‘lga olindi

DXX Qashqadaryo viloyatida davlat ro‘yxatidan o‘tmagan 3,7 mingta dorini 54 mln so‘mga sotgan ayol va uning tanishini qo‘lga oldi. Sirdaryoda esa uyida 593 mln so‘mlik 49 mingta flakondagi hujjatsiz dorini saqlagan fuqaro va dorining egalari ushlandi. Holatlar bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Qashqadaryoda 16 yoshli yigit o‘zini osib qo‘ydi
3 aprel 2024, 00:45

Qashqadaryoda 16 yoshli yigit o‘zini osib qo‘ydi

Qarshi shahrida 9-sinf o‘quvchisi uyidagi gaz trubasiga o‘zini osib, vafot etdi. Uning onasi o‘g‘li besabab o‘z joniga qasd qilganini, hech kimga nisbatan da’vosi yo‘qligini aytgan. Hozirda tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Qashqadaryo daryosidan qum-shag‘al qazib olingani sabab tabiatga 41,5 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazildi
14 mart 2024, 18:12

Qashqadaryo daryosidan qum-shag‘al qazib olingani sabab tabiatga 41,5 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazildi

Ekologiya vazirligi tomonidan Qarshi tumani hududidan oqib o‘tuvchi Qashqadaryo daryosidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olish bilan bog‘liq ikkita holat aniqlandi. Tabiatga yetkazilgan zarar miqdori jami 41,5 milliard so‘mdan ortiq deb baholanmoqda.

Ikki viloyatning olis hududlariga maktab avtobuslari qatnaydi
23 fevral 2024, 09:50

Ikki viloyatning olis hududlariga maktab avtobuslari qatnaydi

Yangi o‘quv yilidan Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida olis hududlardan qatnaydigan o‘quvchilar uchun bepul avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Avvalroq loyiha Qoraqalpog‘istondan boshlanishi kutilgandi.

Qashqadaryoda ekstremistik mazmundagi g‘oyalarni targ‘ib qilgan shaxs 7 yilga qamaldi
29 dekabr 2023, 10:35

Qashqadaryoda ekstremistik mazmundagi g‘oyalarni targ‘ib qilgan shaxs 7 yilga qamaldi

Qamashi tumanida Telegram messendjerida 11 ta kanal ochib, ekstremistik mazmundagi g‘oyalarni targ‘ib qilish bilan shug‘ullangan 21 yoshli fuqaro 7 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Qashqadaryodagi avtobusda gaz balloni portlashi oqibatida 8 kishi kasalxonaga yotqizildi
16 oktabr 2023, 12:53

Qashqadaryodagi avtobusda gaz balloni portlashi oqibatida 8 kishi kasalxonaga yotqizildi

Qashqadaryo viloyatining Sog‘liqni saqlash boshqarmasi xabariga ko‘ra, avtobusdagi portlash oqibatida 8 kishi kasalxonaga yotqizilgan, ulardan 4 nafari reanimatsiyada. 16 nafar jabrlanganlarga ambulator yordam ko‘rsatildi.

Qashqadaryoda 60 tonna chigiti to‘xtatib qolingan jizzaxlik tadbirkor muammosi hal etildi
14 oktabr 2023, 14:20

Qashqadaryoda 60 tonna chigiti to‘xtatib qolingan jizzaxlik tadbirkor muammosi hal etildi

“Gazeta.uz” e’tibor qaratgan Qashqadaryodan 60 tonna chigit olib chiqishda taqiqqa uchragan jizzaxlik tadbirkor muammosi hal etildi. Bu haqda Biznes ombudsman ma’lum qildi. Avvalroq deputatlar shu masala yuzasidan viloyat hokimligi va IIVga so‘rov yuborgandi.

Deputatlar “chigit ishi” yuzasidan Qashqadaryo viloyati hokimligi va IIVga so‘rov yubordi
14 oktabr 2023, 09:42

Deputatlar “chigit ishi” yuzasidan Qashqadaryo viloyati hokimligi va IIVga so‘rov yubordi

Jizzaxlik tadbirkor Qashqadaryodan 60 tonna chigitini olib chiqishda taqiqqa uchragani haqida yozgandik. Holat yuzasidan O‘zLiDeP deputatlari To‘lqinjon Karimov va Batirbek To‘razoda Qashqadaryo viloyati hokimligi va Ichki ishlar vazirligiga deputatlik so‘rovi yubordi.

Vazir o‘rinbosari Qashqadaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi
5 oktabr 2023, 10:42

Vazir o‘rinbosari Qashqadaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan Olimxon Rustamov Qashqadaryo viloyati hokimining o‘rinbosari bo‘ldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting