«qashqadaryo» tegli maqolalar


Qashqadaryoda hokimlik binosi oldiga mol haydab borgan fuqaro yetti sutkaga qamaldi
5 mart 2023, 12:51

Qashqadaryoda hokimlik binosi oldiga mol haydab borgan fuqaro yetti sutkaga qamaldi

G‘uzor tumanida fuqaro akasi tergovga jalb qilinganiga norozilik sifatida chorva mollarini tuman hokimligi binosi oldiga haydab bordi. Sud qarori bilan u 7 sutkaga qamaldi.

Qashqadaryoda pora olgan YPX xodimi obrazini yaratgan vaynerlar 15 sutkaga qamaldi
2 mart 2023, 11:57

Qashqadaryoda pora olgan YPX xodimi obrazini yaratgan vaynerlar 15 sutkaga qamaldi

Shahrisabz shahrida 2 fuqaro ichki ishlar xodimlarining maxsus kiyimini kiyib, video suratga oldi. Unda YPX xodimi pora olayotgan jarayon aks etgan. Sud yigitlarga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosini tayinladi.

Qashqadaryodagi metan «zapravka»da Nexia-3 portladi
25 fevral 2023, 09:03

Qashqadaryodagi metan «zapravka»da Nexia-3 portladi

Qarshi shahridagi gaz qo‘yish shoxobchasida Nexia-3 portlab ketdi. Oqibatda avtomobil orqa qismi to‘liq shikastlanib, yaroqsiz holga kelgan.

Prezident Qarshidagi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti kursantlari bilan tushlik qildi
24 fevral 2023, 15:53

Prezident Qarshidagi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti kursantlari bilan tushlik qildi

Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga tashrifi chog‘ida Qarshi shahridagi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti kursantlarining jangovar tayyorgarligi bilan tanishdi, muassasa oshxonasida ular bilan birga tushlik qildi.

Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga jo‘nab ketdi
24 fevral 2023, 09:54

Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga jo‘nab ketdi

24 fevral kuni prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan tanishish maqsadida Qashqadaryoga jo‘nab ketdi.

Qashqadaryoda Cobalt urib ketgan 33 yoshli ayol vafot etdi
22 fevral 2023, 12:22

Qashqadaryoda Cobalt urib ketgan 33 yoshli ayol vafot etdi

Qarshi tumanida Cobalt piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 33 yoshli ayolni urib ketdi. Piyoda vafot etdi. Hududda piyodalar o‘tishi uchun yer osti yo‘li qurilgan, lekin u yer qarovsiz holatda. Aholi vakillari ushbu tunnelni yaroqli holatga keltirib berilishini so‘ramoqda.

Qashqadaryo va Sirdaryoda noqonuniy yer sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
22 fevral 2023, 11:16

Qashqadaryo va Sirdaryoda noqonuniy yer sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

DXX tezkor tadbir o‘tkazib, Qashqadaryoda jami 99 gektar yerni noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan fermer xo‘jaligi rahbarlari va xodimini qo‘lga oldi. Sirdaryoda ham muqaddam sudlangan shaxs bog‘ yaratish uchun berilgan yerni 30 ming dollarga sotmoqchiligi ma’lum bo‘ldi. Hozir ushbu shaxslarga jinoyat ishi ochildi.

Qashqadaryoda zilzila sodir bo‘ldi
14 fevral 2023, 09:39

Qashqadaryoda zilzila sodir bo‘ldi

Seshanba kuni ertalab O‘zbekiston hududida zilzila qayd etildi. Epitsentr Dehqonobod tumani bo‘lib, uning magnitudasi 3,6 ni tashkil etdi.

Qashqadaryoda qurilish firmasi vakilidan 370 mln so‘m «otkat» olayotgan hokimlik xodimi ushlandi
12 fevral 2023, 11:37

Qashqadaryoda qurilish firmasi vakilidan 370 mln so‘m «otkat» olayotgan hokimlik xodimi ushlandi

Yakkabog‘ tumani hokimligi xodimi 5 mlrd so‘mlik tenderda yutishi uchun qurilish firmasi vakilidan 370 mln so‘m olayotgan vaqtda ushlandi. Tezkor surishtiruv harakatlari davomida ishga aloqador bo‘lgan maktabgacha ta’lim bo‘limi xodimi ham qo‘lga olindi.

Video: Qashqadaryoda savdo rastasi va bankomatda yong‘in sodir bo‘ldi
28 yanvar 2023, 09:56

Video: Qashqadaryoda savdo rastasi va bankomatda yong‘in sodir bo‘ldi

Qarshi shahridagi savdo rastasi hamda bankomatda yong‘in yuz berdi. Hodisa sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

Qashqadaryoda bir oila is gazidan zaharlanib vafot etdi
24 yanvar 2023, 17:14

Qashqadaryoda bir oila is gazidan zaharlanib vafot etdi

Kasbi tumanida er-xotin hamda ularning 5 va 3 yoshli farzandlari zaharlanib vafot etdi. O‘limga qo‘lbola usulda tayyorlangan isitish pechidan chiqqan is gazi sabab bo‘lgan.

Qashqadaryoda maktab direktoridan $400 so‘ragan soxta prokuratura xodimi ushlandi
12 yanvar 2023, 10:01

Qashqadaryoda maktab direktoridan $400 so‘ragan soxta prokuratura xodimi ushlandi

Chiroqchi tumanida maktab direktoridan tekshiruv o‘tkazmaslik evaziga 400 dollar talab qilgan soxta prokuratura xodimi ushlandi. Tergovga qadar tekshiruv davomida u aslida hech qayerda ishlamaydigan va sudlangan shaxs ekani ma’lum bo‘ldi.

Qashqadaryoda tanishi tomonidan kaltaklangan ayol shifoxonada vafot etdi
4 yanvar 2023, 18:02

Qashqadaryoda tanishi tomonidan kaltaklangan ayol shifoxonada vafot etdi

Shahrisabz tumanida erkak tanishi tomonidan kaltaklangan ayol tuman shifoxonasida vafot etdi. Gumonlanuvchi hibsga olindi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qashqadaryoda Nexia urib yuborgan 4 kishi vafot etdi
4 yanvar 2023, 13:22

Qashqadaryoda Nexia urib yuborgan 4 kishi vafot etdi

Yakkabog‘ tumanida Nexia-2 avtomashinasi 4 piyodani urib yubordi. Ulardan 3 nafari voqea joyida, 1 nafari shifoxonada vafot etdi. Haydovchi tegishli tartibda ushlanib, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llandi.

Qashqadaryoda piyoda vafotiga sabab bo‘lgan YTHda haydovchi aybsiz deb topildi
29 dekabr 2022, 10:58

Qashqadaryoda piyoda vafotiga sabab bo‘lgan YTHda haydovchi aybsiz deb topildi

Qarshi tumanida Lacetti urib ketishi oqibatida voyaga yetmagan piyoda vafot etgan. Avtomomobil video kamerasidagi tasvir ko‘rib chiqilgandan so‘ng haydovchi aybsiz deb topilgan.

Qashqadaryodagi shifoxonada portlash sodir bo‘ldi
26 dekabr 2022, 16:06

Qashqadaryodagi shifoxonada portlash sodir bo‘ldi

Qashqadaryodagi viloyat salomatlikni tiklash shifoxonasida portlash sodir bo‘ldi. Oqibatda ikki nafar fuqaro tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizildi.

Qashqadaryoda tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i pora bilan ushlangani aytilmoqda
23 dekabr 2022, 12:00

Qashqadaryoda tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i pora bilan ushlangani aytilmoqda

Qarshi tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i pora bilan ushlangani aytilmoqda. U fuqaroni ishga kiritib qo‘yish evaziga 500 dollar olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qashqadaryoda 28 yoshli ayolning jasadi hammomdan topildi
22 dekabr 2022, 09:25

Qashqadaryoda 28 yoshli ayolning jasadi hammomdan topildi

Kasbi tumanida 28 yoshli ayolning jasadi hammomdan topildi. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida 3 bolali ayolni turmush o‘rtog‘i qasddan o‘ldirgani aniqlandi. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlandi.

Qashqadaryodagi YTHda ikki kishi vafot etdi
20 dekabr 2022, 16:05

Qashqadaryodagi YTHda ikki kishi vafot etdi

Qashqadaryoda Spark yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Yengil avtomobilning haydovchisi va yo‘lovchisi vafot etdi.

Qashqadaryoda 45 yoshli erkakning o‘zini osib qo‘yishiga maktab direktorining «qo‘li borligi» aytilmoqda
18 dekabr 2022, 11:21

Qashqadaryoda 45 yoshli erkakning o‘zini osib qo‘yishiga maktab direktorining «qo‘li borligi» aytilmoqda

Yakkabog‘ tumanida 45 yoshli erkak hovlisining molxonasida o‘zini osib qo‘ydi. Ishda tumandagi 94-maktab direktorining «qo‘li borligi» aytilmoqda. Direktor esa voqea ro‘y bergan kuni shifoxonada bo‘lganini ta’kidlamoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting