Qashqadaryoda haydovchi hujjatlari yo‘qligi sababli YPX xodimlariga qarshilik ko‘rsatib, o‘zaro janjalni yuzaga keltiradi. Bundan tashqari, mashina davlat raqamisiz bo‘lgani ma’lum qilingan. Fuqaroga nisbatan 8 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Buxoro viloyatida 29 yoshli ayol, uning 6 va 2 yoshli farzandlari is gazidan zaxarlanish tufayli hosil bo‘lgan nafas va yurak qon tomiri yetishmovchiligidan vafot etdi.
Qashqadaryo viloyatida 2018, 2019 va 2020 yilning shu davriga nisbatan ichimlik suvi uchun ajratilgan 23 mlrd so‘m mablag‘ samarasiz sarflangani ma’lum bo‘ldi. Aytilishicha, buning oqibatida 10 ta hududga haligacha ichimlik suvi yetib bormagan. Viloyatning Nishon, Kasbi, Koson, Muborak tumanlariga ham ajratilgan mablag‘lardan unumli foydalanilmagan.
Qashqadaryoda o‘rmon yong‘ini yuz berdi. Salkam 600 ta Zarafshon archasi yonib ketgan.
Qashqadaryo viloyatidagi Uzbekistan GTL zavodi qurilish maydonchalarining birida yuz bergan norozilikda ishtirok etgan ishchilar pandemiya davrida 40−45 kun ob’ektdan chiqmay ishlaganliklari, oylik maoshlarining o‘z vaqtida to‘lanmaganligi va ovqat sifati pastligidan shikoyat qilishdi. Hozirda ularning oyliklari berilib, ovqat sifati ham yaxshilangan.
Qashqadaryoda 17 ta xorijiy kompaniyaning soxta aksiyalarini sotish evaziga 2 ming nafarga yaqin fuqaroni jami 9 mln dollarga chuv tushirgan shaxslarga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qashqadaryoda koronavirusga test topshirgan 855 nafar o‘qituvchi infeksiyani yuqtirganlikda gumonlanmoqda. Ularda koronavirus alomatlari mavjud emasligi va yana bir bor tekshiruvdan o‘tishi ma’lum qilindi.
«Ha, men o‘sha odamman, oldim pulni». Qashqadaryoda mansabdor shaxslar, asosan MFY xodimlari «temir daftar» ro‘yxatida bo‘lgan ehtiyojmandlar o‘rniga o‘zlarining yoki qarindoshlarining telefon raqamlarini kiritgani aniqlandi. Hokim Zoyir Mirzayev bu holatni «katta xiyonat, katta jinoyat» deb atadi. Viloyat prokuraturasi tekshiruv o‘tkazmoqda.
Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumanida Neksiya avtomobili haydovchisi quvib o‘tish qoidalarini buzish oqibatida qarshisidan kelayotgan «NOWO» rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashgan. Natijada Neksiya haydovchisi va ikki nafar yo‘lovchi vafot etgan, ulardan biri 1 yashar bola. Moshinaning yana bir yo‘lovchisi tan jarohati olgan.
Qashqadaryoda rag‘bat pulini ololmayotgan tez yordam haydovchilari va hamshiralar viloyat hokimligi binosi oldida to‘plandi. Viloyat hokimligi murojaatchilarning aksariyati dispecherlar ekani va ularning rag‘batlantiriluvchilar ro‘yxatida yo‘qligini ma’lum qildi.
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani hokimi bo‘lib ishlab kelayotgan Isroil Amanov vazifasidan ozod etilib, uning o‘rniga Muborak tumani prokurori vazifasida ishlab kelayotgan adliya maslahatchisi Samad Hasanov hokim lavozimiga ma’qullandi.
Qashqadaryoda viloyati hokimi Zoyir Mirzayev shifokor karantin talablariga rioya etmagan holda qarindoshinikida oilaviy tadbirda va deputatlar bilan uchrashuvda ishtirok etib, 30 nafar fuqaroga virus yuqtirganini ma’lum qildi. Shuningdek, hokim taksilar Respublika maxsus komissiyasi talablarini bajarmasa ularning faoliyati to‘xtalishi mumkinligini ham bildirib o‘tdi.
Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida 18 yoshli Mohinur Jo‘rayeva osilgan holatda topildi. Uning onasi kuyovini ayblamoqda, deb yozdi Daryo.uz. “O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Jizzaxdagi YPX maskanida Qashqadaryodan Toshkentga olib ketilayotgan 1,7 tonna hidlangan go‘sht to‘xtatib qolindi. Go‘sht suyaksiz bo‘lgani uchun qaysi hayvonga tegishli ekani hozircha noma’lum, ammo qoramol va qo‘y go‘shti emas, degan xulosaga kelindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting