«Qoraqalpoqagrokimyohimoya»ning Beruniy tumani filiali mansabdorlari 872,4 mln so‘mlik mineral o‘g‘itlarni talon-toroj qilgani aniqlandi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mo‘ynoqda alohida ekologik qimmatga ega bo‘lgan tabiiy ob’ektlar va majmualarni, hayvonlarning noyob turlarini saqlab qolish maqsadida «Sudoche-Akpetki» davlat buyurtma qo‘riqxonasi tashkil etildi.
Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Murat Kamalov Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga Nukusda o‘rnatilgan yangi yil archasi uchun minnatdorchilik bildirdi.
Amudaryo orqali Xorazm viloyati Qoraqalpog‘iston Respublikasini bog‘lovchi 413 metrlik ko‘prik qurilishi boshlandi. Ko‘prik qurilishi 2022 yil sentabr oyiga yakunlanishi rejalashtirilgan.
Ellikqal’a tumanida jiddiy oqibatlarga olib kelgan avariya yuz berdi. YHXB xabar berishicha, ikki kishi vafot etgan va ikki kishi jarohatlangan. «Gazeta.uz» xabariga ko‘ra, to‘rt kishi halok bo‘lgan, uch kishi kasalxonaga yotqizilgan.
YUNISEF ko‘magida Qoraqalpog‘istondagi 15 maktabning sanitariya-gigiyena sharoitlarini yaxshilashga 3,5 million dollar ajratiladi. Ushbu maktablarda o‘g‘il va qiz bolalar uchun zamonaviy hojatxonalar va yuvinish xonalari, maktablarni chiqindilardan tozalash sharoiti barpo etiladi.
Qoraqalpog‘istonning uchta tumanida 56,7 ball to‘plagan abituriyentlar to‘lov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilinadi. Ular o‘qishni tugatgandan keyin o‘z hududlarda kamida 5 yil ishlab berishlari kerak.
Prezident raisligida Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor bo‘lib o‘tdi. Unda 856 km avtomobil yo‘llarini ta’mirlash, ichimlik suvi ta’minotini 70 foizga yetkazish hamda 9 mingdan ortiq arzon uylar bunyod etish ta’kidlandi. «Umuman olganda, Qoraqalpog‘istonda ishlarni yangicha tashkil etish va nazorat tizimi o‘rnatiladi», — dedi prezident.
Murad Qurbanov Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlandi. Oldingi vazir may oyida tayinlangan edi.
Qoraqalpog‘istonning Nukus shahriga hokim vazifasini bajaruvchi lavozimiga Utemurat Panayev, Qorao‘zak tumani hokimi etib Uzaqbergen Utambetov va Chimboy tumani hokimi lavozimiga Aybek Tajetdinov tayinlandi.
Qoraqalpog‘iston sudlari uchinchi chorak yakunlari bo‘yicha hisobot berdi. Xususan, bu davr mobaynida 954 kishiga nisbatan 735 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Ishlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,2 foizga kamaygan bo‘lsa, shaxslar soni esa 4,6 foizga ko‘paygan.
Qoraqalpog‘istondagi 16 ta tumanning har birida 2 tadan faoliyat turi o‘ziga xos «o‘sish nuqta"si etib belgilandi. Ushbu faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’ektlari uch yil muddatga bir qator soliqlarni to‘lashdan ozod etildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi lavozimiga Murat Kamalov saylandi.
Qoraqalpog‘istonda Jo‘qorg‘i Kengesning bo‘shab qolgan o‘rinlarga o‘tkazilgan deputatlar saylovi yakuniga yetdi. Qoraqalpoq parlamentidagi beshta vakant o‘rinni har bir partiyadan bir nafardan nomzod band qildi.
Koronavirusdan davolanayotgan Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov og‘ir ahvolda, u O‘SV uskunasiga ulangan.
29 iyul kuni Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot tumanida mast holatda avtotransport boshqargan haydovchi profilaktika katta inspektorining o‘limiga sababchi bo‘ldi.
Jo‘qorg‘i Kenges raisi Musa Yerniyazov o‘limi haqidagi xabar elon qilingani uchun Qoraqalpog‘istondagi uchta OAV Makan.uz, Kruz.uz va Kar24.uz bosh muharrirlari kechasi prokuraturaga chaqirilgan. Makan.uz rahbari Lolagul Qallixanovani uyidan huquqni muhofaza qilish organlari olib ketishgan. Ikki nafar jurnalistning telefon va noutbuklari olib qo‘yilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting