Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi bo‘lib ishlagan Darxon Satibaldi Turkiston viloyati hokimi etib tayinlandi. U mazkur lavozimda qo‘l ostidagi xodimning korrupsiyasi uchun iste’foga chiqqan Umirzoq Shukeyevning o‘rnini egalladi.
Qozog‘istonning Turkiston viloyatida «Toshkent — Bishkek» avtobusi yo‘ldan chiqib ketdi. 12 kishi og‘ir yaralangan.
Qozog‘iston energetika vaziri Bolat Akchulakov Qozog‘istonning kuzdan boshlab Baku-Tbilisi-Jayhan yo‘nalishi bo‘yicha neft tashish niyati haqidagi ma’lumotni rad etdi. Avvalroq Reuters Qozog‘iston hukumati neftning bir qismini Rossiyani chetlab o‘tib eksport qilmoqchi ekani haqida xabar bergan edi.
Qozog‘iston o‘z neftining bir qismini Rossiya o‘z quvurlarini yopib qo‘yish bilan tahdid qilgani bois muqobil yo‘llar orqali sotishni rejalashtirmoqda, deya xabar qildi Reuters. Buning uchun Ozarbayjonning eng yirik neft quvuridan foydalanishni ham ko‘zlamoqda.
Qozog‘istonda boshqa yuk niqobi ostida mamlakatdan O‘zbekistonga 280 tonna AI-95 benzinini olib chiqishga urinishning oldi olindi. Xorij kompaniyasi foydasiga respublikadan jami 45 mln dollarlik 50 ming tonna mahsulot eksport qilish rejalashtirilgan bo‘lgan.
Qozog‘iston Rossiya bilan munosabatlarini qayta ko‘rib chiqishga qaror qildi hamda AQSh, Turkiya va Xitoy timsolida ittifoqchi qidira boshladi, deb yozadi WSJ. Mamlakat savdo yo‘llarini diversifikatsiya qilishga tushdi, mudofaa budjetini oshirdi va Turkiya bilan jangovar dronlarni ishlab chiqarishga kelishib oldi.
Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan mikroavtobus YTHga uchradi. Ikki nafari vafot etgan, uch nafari shifoxonada. O‘zbekiston FVV jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish uchun Qozog‘iston rasmiylari bilan aloqada.
Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Rossiyada o‘z faoliyatini to‘xtatgan yoki ushbu bozorni butunlay tark etgan yirik xorijiy kompaniyalarning Qozog‘istonga ko‘chib o‘tishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha topshiriq berdi.
O‘zbekiston va Qozog‘istonni bog‘laydigan «Malik» va «Oqoltin» chegara bojxona punktlari faoliyati qayta tiklandi. Ular faqat kunning yorug‘ vaqtlari ishlaydi.
Qozog‘iston TIV qo‘shni qardosh O‘zbekistondagi voqealarni tashvish bilan qabul qilgani va mamlakat rahbariyatining Qoraqalpog‘istondagi vaziyatni barqarorlashtirish to‘g‘risidagi qarorini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.
3 iyul kuni «Nukus — Beyneu — Nukus» yo‘nalishidagi 647/648-sonli halqaro yo‘lovchi poyezdining harakati texnik sabablarga ko‘ra bir reysga bekor qilindi, deb ma’lum qildi «O‘ztemirlyo‘lyo‘lovchi».
Qozog‘iston O‘zbekiston bilan chegaradagi «Tajen» — «Daut-ata» (Qoraqalpog‘iston) nazorat-o‘tkazish punkti vaqtincha yopilganini e’lon qildi. Temir yo‘l qatnovini to‘xtatish ham rejalashtirilmoqda.
O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiya huquq-tartibot idoralari xodimlari 6 oy mobaynida maxsus operatsiya o‘tkazdi. Natijada 8 ta narkolaboratoriya va qariyb 30 kg sintetik narkotik modda musodara qilindi. Oyiga 200 kggacha narkotik ishlab chiqargan guruhning 20 dan ortiq a’zosi qo‘lga olindi.
Qozog‘istonda salonida 31 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan avtobus yonib ketishiga sababchi bo‘lgan yuk mashinasini O‘zbekiston fuqarosi boshqargani aytilmoqda. U yuk avtomobillari harakati taqiqlangan dovondan o‘tayotganda boshqaruvni yo‘qotgan va to‘xtab turgan 4 ta transport vositasiga urilgan.
Chorshanba kuni tongda Qozog‘istonning Jambil viloyatida yuk mashinasi ikkita yo‘lovchi avtobusi va bitta yengil avtomobil bilan to‘qnashdi, oqibatda ularda yong‘in chiqdi. Natijada avtobusning birida bo‘lgan 31 nafar o‘zbekistonlikdan 3 nafari o‘rta darajada tan jarohati oldi. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Qozog‘istonning Turkiston viloyatida 51 nafar xorij fuqarosi dorivor kavraklarni yig‘ish bilan shug‘ullangani aniqlandi, ularning 31 nafari O‘zbekiston fuqarolaridir. Sud qarori bilan ular migratsiya qonunchiligini buzgani uchun deportatsiya qilindi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev telefon orqali muloqotda Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevni mamlakat Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendum muvaffaqiyatli o‘tgani bilan tabrikladi.
Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi Konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha referendum yakunlangani va unda 7,9 mln fuqaro (saylovchilarning 86,06%) qatnashganini ma’lum qildi. Referendumning dastlabki natijalariga ko‘ra, 77,18 foiz saylovchi islohotlarni qo‘llab-quvvatlagan, 18,66 foizi esa qarshi ovoz bergan.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishda hamkorlik qilish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimni tasdiqladi. Tomonlar tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning monitoringi va prognozi bo‘yicha ma’lumotlar almashadi, ularni bartaraf etishda o‘zaro hamkorlik qiladi.
KXSHT qo‘shinlari Qozog‘iston misolida Tojikistonga Tog‘li Badaxshon avtonom viloyatidagi vaziyatni yumshatish maqsadida kiritilishi mumkin. Qirg‘izistonlik ekspert Artur Medetbekovning fikricha, Tojikiston rahbari vaziyat tashqi terrorchilar tomonidan izdan chiqarilayotganini isbotlasa Emomali Rahmon rejimini saqlab qolish uchun KXSHT qo‘llanilishi mumkin.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting