Hozirgi kunda O‘zbekistonda 700 mingdan ortiq nogironligi bo‘lgan shaxslar istiqomat qilmoqda. Ularning 100 mingdan ortig‘i 16 yoshgacha bo‘lgan bolalardir. Senat ma’qullagan qonunga ko‘ra, endilikda nogironligi bo‘lgan shaxslar ta’lim olish, davolanish va boshqa masalalarda qator imtiyozlarga ega bo‘ladi.
Senatorlar yangi tahrirdagi «Ta’lim to‘g‘risida"gi qonunni ma’qulladilar. Unda davlat organlari vakolatlariga aniqlik kiritilib, ta’lim shakllari, pedagoglar, ta’lim oluvchilar va ota-onalarning huquq va majburiyatlari belgilandi.
Senat rahbari Tanzila Norboyeva oliy ta’lim tizimidagi korrupsiya tufayli O‘zbekistonning birorta ham oliygohi dunyoning eng yaxshi universitetlari reytingiga kira olmaganini ma’lum qildi.
Senatning oltinchi yalpi majlisida yarim yillik faoliyati bo‘yicha hisobot bergan tashqi ishlar vaziri, jumladan, pandemiyasi sababli xorijda qiyin ahvolga tushib qolgan fuqarolarga qo‘ldan kelgancha yordam ko‘rsatilayotganini ta’kidlar ekan, bu borada kamchiliklar ham borligini tan oldi. «Konsulxonaga hujum qilamiz, o‘t qo‘yamiz, konsulni osamiz, degan gaplar ham bo‘ldi», — dedi u.
Senatorlar yangi tahrirdagi «Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida» gi qonunni ma’qullashdi. Unda, jumladan, odam savdosidan jabrlanganlar haqidagi ma’lumotlar maxfiyligi kafolatlandi. Shuningdek, odam savdosiga qarshi kurashda NNTlar vakolat va vazifalari belgilandi.
Senatorlar Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesining raisi Musa Yerniyazov va koronavirusdan vafot etgan boshqa fuqarolarning xotirasiga bir daqiqa sukut saqlashdi.
Senat qo‘mitasi majlisida IIVning birinchi yarim yillik bo‘yicha hisoboti tinglandi. Unga ko‘ra, ushbu davrda mamlakatda sodir etilgan umumiy jinoyatlarning 95,2 foizi fosh etilgan. Shuningdek, oila-turmush doirasida tazyiqqa uchragan xotin-qizlarning 2776 nafariga «himoya orderi» berilgani ma’lum qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting