Dunyoning turli mintaqalaridagi nizo va beqaror vaziyatlar turizmga pandemiyadan ko‘ra ko‘proq ta’sir ko‘rsatmoqda, dedi O‘zbekiston prezidenti YUNVTO Bosh assambleyasining 25-sessiyasi ochilishida. U Global xavfsiz turizm kodeksini ishlab chiqish hamda sohani rivojlantirish bo‘yicha qator takliflarni ilgari surdi.
“Yashil makon” loyihasi doirasidagi daraxtlarni nomiga emas, “hayotimiz uchun, o‘pkamizning tozaligi uchun ekish zarur, chunki bu o‘zimizga, jamiyatimizga, salomatligimizga kerak”, — dedi O‘zbekiston prezidenti.
Prezident 17−18-oktabr kunlari amaliy tashrif bilan Xitoyda bo‘ladi. Davlat rahbari “Bir makon, bir yo‘l” uchinchi xalqaro forumi tadbirlarida ishtirok etishi, XXR raisi, shuningdek, Xitoy Xalq siyosiy maslahat kengashi raisi bilan uchrashishi kutilmoqda.
O‘zbekiston prezidenti Tashkent City hududida qurilishi 15 kun ichida yakunlanishi rejalashtirilgan opera teatri loyihasi bilan tanishdi. Dastlab opera teatri biznes markazi loyihalariga kiritilmagan, obyekt Milliy bog‘dagi quritilgan ko‘l o‘rnida qurilishi rejalashtirilgan edi.
O‘zbekiston prezidenti o‘tgan qishdan buyon “qanday xulosalar chiqarilganini ko‘rish” maqsadida Toshkentdagi qator yangi va yangilangan issiqlik ta’minoti obyektlarida bo‘ldi. Uylar va boshqa obyektlar issiq bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha topshiriq berdi. “Energiyani tejash madaniyatini oshirishimiz ham kerak”, — dedi u.
MDH davlatlari rahbarlari sammitida Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni MDH Faxriy nishoni bilan taqdirladi. Sadir Japarov Shavkat Mirziyoyevning do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan hissasini e’tirof etdi.
Bishkekdagi MDH majlisida qatnashgan Shavkat Mirziyoyev hamdo‘stlik mamlakatlarida cheklovlarsiz erkin savdo hududini shakllantirish uchun shartnoma qoidalarini qayta ko‘rib chiqishni taklif etdi. Shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligi, sanoat kooperatsiyasi va iqlim o‘zgarishi kabi yo‘nalishlarda ham taklif bildirdi.
O‘zbekistonda 25-oktabrdan 1-dekabrgacha kuzgi daraxt ekish mavsumi doirasida 85 mln tup ko‘chat ekish rejalashtirilmoqda. Prezident bu borada avval yo‘l qo‘yilgan xatolarni takrorlamaslik shart ekanini ta’kidladi. U obodonlashtirish bo‘limlarini xususiy sektorga o‘tkazish bo‘yicha tajriba o‘tkazishni ma’qulladi.
Prezident O‘zbekistonga sayyohlarni ko‘paytirish masalalari bo‘yicha yig‘ilishda bu borada yaqin xorij va Xitoy katta salohiyatga egaligini ta’kidladi. Madaniy tadbirlarni ko‘paytirish, filmlar suratga olish, turizm obyektlarida tozalik, xushmuomalalikni targ‘ib qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytish oldidan Moskvadagi Islom Karimov xiyoboniga tashrif buyurdi.
Shavkat Mirziyoyev Moskvada Qosim-Jomart Toqayev va Vladimir Putin bilan birgalikda Rossiya tabiiy gazini Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga yetkazib berishni boshlab berdi. Ikki yillik shartnoma yiliga 2,8 mlrd kub metr gaz yetkazishni nazarda tutadi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda adashib ketdi va “Rossiya-Dog‘iston” aloqalarini rivojlantirishdagi ishtiroki uchun unga minnatdorchilik bildirdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan tor doiradagi uchrashuvda har tomonlama strategik sheriklik davom etayotgani, mamlakatlar o‘rtasida “hal qilinmagan birorta ham masala yo‘q”ligini ta’kidladi. Putin esa “juda nozik sohalardagi” hamkorlikni qayd etdi.
Rossiyaga rasmiy tashrif bilan borgan Shavkat Mirziyoyev ushbu mamlakat bosh vaziri Mixail Mishustin bilan muzokara o‘tkazdi. Ular iqtisodiyot, sog‘liqni saqlash, ta’lim, shaharsozlik sohalarida hamkorlik va O‘zbekistonda elektron savdoni joriy etish kabi masalalarni muhokama qildi.
O‘zbekiston prezidenti Qozondan Moskvaga yetib bordi. Aeroportda tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti va hukumat rahbari bilan muzokaralar o‘tkazadi.
O‘zbekiston prezidenti Qozon shahrida Tatariston rahbari Rustam Minnixanov bilan uchrashdi. Hamkorlik masalalari va ikki davlat hududlari forumi yakunlari muhokama qilindi. O‘zbekistonda Rossiyaning “Alabuga” va “Master” texnoparklari bilan sanoat parklarini tashkil etish ham kelishuvlar ro‘yxatidan o‘rin oldi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi barcha kasb-hunar ta’limi muassasalarini yaxlit tizim sifatida muvofiqlashtiradi, deya ta’kidlandi prezidentga qilingan taqdimotda. Kelgusi o‘quv yilidan boshlab ayrim texnikumlarda xalqaro dastur asosida o‘qitishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.
Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida 13-oktabr kuni MDH davlat rahbarlari kengashi majlisi bo‘lib o‘tadi. Unda hamdo‘stlikka a’zo mamlakatlar rahbarlari, xususan, O‘zbekiston prezidenti ham ishtirok etishi kutilmoqda.
4-oktabr kuni Tatariston poytaxti Qozon shahrida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi mintaqalararo hamkorlikning uchinchi forumi bo‘lib o‘tadi.
Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinning taklifiga binoan 5−7-oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan Rossiyada bo‘ladi. Shuningdek, u Tataristonga ham tashrif buyuradi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting