Turkiya prezidenti Rejep Tayyib Erdo‘g‘on Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi a’zolari bilan uchrashuvda mart oxirlarida O‘zbekistonga tashrif buyurishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev «Ichki ishlar vazirligi xodimlariga yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi barcha muammolarning sabablarini tushuntirib bergani va ularning oldini olish choralarini o‘zi belgilab bergani» uchun prezidentga minnatdorlik bildirdi.
«Menimcha» ko‘rsatuvining navbatdagi sonida Shavkat Mirziyoyev odamlar pul to‘lab qo‘yib, mashinalarni ololmayotganini gapirgan lavhalar efirga uzatildi. «Odamlar norozi, biz to‘lab qo‘yganmiz, mashinani ber ey davlat rahbarlari, deyapti», — dedi prezident.
Juma kuni Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston bosh vaziri Alixan Smailovni qabul qildi. Uchrashuvda tovar ayirboshlash hajmini orttirish va uning ko‘rsatkichlari muvozanatli bo‘lishiga erishish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, yangi sanoat kooperatsiyasi va logistika markazlarini tashkil etish kabi masalalar muhokama qilindi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Respublika komissiyasi tashkil etilishini ma’lum qildi. Unga bosh vazir Abdulla Aripov rahbarlik qiladi, uning o‘rinbosari ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov bo‘ladi. Hududiy komissiyalarga esa hokimlar rahbar etib tayinlanadi. Komissiyalar yo‘llar holati va mavjud infratuzilma hamda avariya o‘choqlarini o‘rganadi.
Toshkent shahridagi maktab va bog‘chalar oldida avtomobil harakatining maksimal tezligi 30 km/soatdan oshmaydi. Bu haqda prezident videoselektorda ma’lum qildi. Qolaversa, ayrim gavjum ko‘chalarda esa hozirgi 70 km soatdan 60 kmgacha tushirish zarurati borligi ta’kidlandi.
Prezident Toshkent shahrining 602 ta chorrahasidan 111 tasidagina raqamli boshqaruv mavjudligi, boshqa shaharlarda esa bunday tizim umuman yo‘qligini tanqid qildi. Shundan kelib chiqib, Toshkentda yo‘l harakatini raqamli boshqarish tizimi to‘liq poytaxt hokimiyati tasarrufiga o‘tkazilishi aytildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand tumani hokimi va IIB boshlig‘i, Nurobod tumani hokimi, Oqdaryo tumani prokurori va IIB boshlig‘i, Markaziy bank Samarqand viloyati Bosh boshqarmasi rahbari va viloyat elektr tarmoqlari korxonasi rahbari va boshqa amaldorlarni ishdan bo‘shatdi. Ularning ba’zilariga nisbatan korrupsiya holatlari bo‘yicha jinoiy ish ochilishi mumkin.
Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi 59-son ko‘zi ojizlar maktab-internatining to‘rt o‘quvchisi OTMlarga imtihonsiz qabul qilinishini ta’kidladi. O‘qituvchilar nogironligi bo‘lgan shaxslarning pensiyasini qayta hisoblash muddatini yoshartirish hamda 2009 yildan buyon yangilanmayotgan brayl yozuvidagi ayrim o‘quv darsliklarini qayta ishlash zarurligini aytdi. Prezident esa ushbu masalalar hal etilishini ma’lum qildi.
Samarqandga tashrifi chog‘ida Shavkat Mirziyoyev an’anaga ko‘ra, Imom Buxoriy va Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Unga muftiy Nuriddin Xoliqnazarov hamda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov hamrohlik qildi. Qolaversa, davlat rahbari Imom Buxoriy majmuasi qurilishi bilan ham tanishdi. Bu yerda qariyb 10 ming kishilik masjid, 4ta minora, ayvonlar, yerostida galereyasi barpo etilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentga tramvay qaytarilishini ma’lum qildi. Davlat rahbari tramvay bo‘yicha fuqarolardan ko‘plab xatlar va murojaatlar kelayotganligini ta’kidlagan.
Prezident Toshkentda avtomobil harakati tezligi 60 km/soatgacha pasaytirilishi kutilayotganini ma’lum qildi.
Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrifini xalqaro aeroportdan boshladi. 83 mln dollarlik loyiha qariyb yakuniga yetib qolgan, hozirda yangi terminal to‘liq tiklanib, pardozlash ishlari olib borilmoqda. Soatiga 800 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega yangi terminal martda foydalanishga topshiriladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji bilan yaqindan tanishish maqsadida Samarqand viloyatiga jo‘nab ketdi. Tashrif doirasida yangi inshootlar qurilishi bilan tanishish rejalashtirilgan.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan shifokor, akademik Turg‘unpo‘lat Daminov 81 yoshida vafot etdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev uning oila a’zolariga ta’ziya izhor etdi. Turg‘unpo‘lat Daminov ko‘p yillar davomida Toshkent davlat tibbiyot instituti rektori sifatida faoliyat yuritgan.
O‘zbekiston prezidenti va XXR raisining Pekindagi uchrashuvida kambag‘allikka va korrupsiyaga qarshi kurashish borasida Xitoy tajribasini o‘rganish va joriy qilish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni amalga oshirishga kelishib olindi. Tomonlar besh yillik Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik dasturini ham imzoladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Pekinda qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilishi doirasida Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Misr prezidentlari, shuningdek, BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan muloqot qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2022-yilgi qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etish uchun Pekinga yetib keldi.
2017−2021 yillar davomida prezident virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga 5 mln 780 mingdan ziyod murojaatlar kelib tushgan. Shundan 3 mln 288 mingdan ortig‘i qanoatlantirilgan.
Pekin qishgi Olimpiadasi ochilishida qatnashadigan Shavkat Mirziyoyev, UZIMEI`ni «byurokratik va noqulay», deb atagan Jahon banki eksperti, 100 maqsadni jamlagan Taraqqiyot strategiyasi, 2021 yilda import qilingan $588 mlnlik «inomarka» lar, shovqinga qarshi kurashni tartibga solishni taklif qilgan Adliya vazirligi, yangi tayinlangan hokimlar va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 31 yanvardagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting