«shavkat mirziyoyev» tegli maqolalar


O‘zbekiston va Turkiya o‘zaro munosabatlar maqomini «keng qamrovli strategik sheriklik» bosqichiga olib chiqadi
30 mart 2022, 10:05

O‘zbekiston va Turkiya o‘zaro munosabatlar maqomini «keng qamrovli strategik sheriklik» bosqichiga olib chiqadi

O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar maqomini «keng qamrovli strategik sheriklik» bosqichiga ko‘tarishga kelishib oldi. Muzokaralar yakunida 10 ta hujjat, shu jumladan, imtiyozli savdo, mudofaa sohasida hamkorlik va mahkumlarni topshirish to‘g‘risidagi bitimlar imzolandi. Shuningdek, Rejep Tayyip Erdog‘an Shavkat Mirziyoyevni Turkiyaga taklif qildi (foto).

Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an rafiqasi bilan birga O‘zbekistonga keldi
29 mart 2022, 19:41

Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an rafiqasi bilan birga O‘zbekistonga keldi

Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an rafiqasi bilan birga Toshkentga keldi. Toshkent xalqaro aeroportida ularni Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi kutib oldi. Turkiya yetakchisi O‘zbekiston prezidenti hamrohligida «Yangi O‘zbekiston» bog‘iga tashrif buyurdi.

O‘zbekiston qanday qilib eksportchilarni qo‘llab-quvvatlaydi va yuk tashish xarajatlarini kamaytiradi?
24 mart 2022, 16:22

O‘zbekiston qanday qilib eksportchilarni qo‘llab-quvvatlaydi va yuk tashish xarajatlarini kamaytiradi?

Jahonda sodir bo‘layotgan voqealar fonida ba’zi eksportchilar boshqa logistika koridorlaridan foydalanishga majbur bo‘lganligi sababli ularning transport-logistika xarajatlari oshdi, dedi ITSV rahbarining birinchi o‘rinbosari Aziz Voitov. Shundan kelib chiqib, Eksportni rag‘batlantirish agentligi transport xarajatlari uchun kompensatsiya miqdorini oshiradi, qolaversa, O‘zbekiston boshqa davlatlar bilan ham yuk tashish xarajatlarini kamaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Qozog‘iston bilan shakar va bug‘doyni temir yo‘l orqali tashishni 30 foizgacha arzonlashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Shavkat Mirziyoyev — investorlarga: «Prezident va hukumat muvaffaqiyatingizni kafolatlaydi»
24 mart 2022, 12:31

Shavkat Mirziyoyev — investorlarga: «Prezident va hukumat muvaffaqiyatingizni kafolatlaydi»

Prezident Toshkent xalqaro investitsiya forumida nutq so‘zlab, O‘zbekistondagi islohotlar ortga qaytmaydigan real haqiqat ekanligini ta’kidladi. Shavkat Mirziyoyev xorijiy investorlarga yuzlanib, «2026 yilga qadar iqtisodiyotdagi eksklyuziv huquqlar va 25 dan ortiq faoliyat bo‘yicha monopoliyalar tugatilishini» ma’lum qildi. U shuningdek, kelgusida 7 ta yo‘nalish doirasida ishbilarmon uchun yaratiladigan imkoniyatlarga to‘xtalib o‘tdi.

Ipoteka va ta’lim kreditlarining foiz stavkalari yil oxirigacha o‘zgarmaydi
24 mart 2022, 09:02

Ipoteka va ta’lim kreditlarining foiz stavkalari yil oxirigacha o‘zgarmaydi

Markaziy bankning asosiy stavkasi 17 foizga oshirilganidan so‘ng, yangi kreditlar foizi va kredit resurslarining qiymati ham o‘sishi kerak edi. Biroq, prezident yil oxirigacha ipoteka va ta’lim kreditlari bo‘yicha foiz stavkalarini o‘zgartirmaslik to‘g‘risida topshiriq berdi, deb xabar qildi moliya vaziri Timur Ishmetov.

Prezident hukumatga ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha topshiriq berdi
23 mart 2022, 22:32

Prezident hukumatga ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha topshiriq berdi

Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot barqarorligini ta’minlash choralari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Unda prezident ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash, bug‘doy, o‘simlik yog‘i, shakar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini import qiluvchi tadbirkorlarga ko‘maklashish bo‘yicha topshiriq berdi. Markaziy bankka ichki valyuta bozori barqarorligi va almashuv kursi moslashuvchanligini ta’minlashda «ehtiyotkorona yondashuvni» qo‘llash vazifasi qo‘yildi.

Kreml yana O‘zbekiston tomoni «tushunish bildirganini» ta’kidladi
21 mart 2022, 22:36

Kreml yana O‘zbekiston tomoni «tushunish bildirganini» ta’kidladi

O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari telefon orqali muloqot qilib, mamlakatlar o‘rtasidagi diplomatik aloqalarning 30 yilligi munosabati bilan tabriklar almashishdi. Shuningdek, Ukrainadagi vaziyat muhokama qilindi. Kreml yana bir marotaba Shavkat Mirziyoyev Rossiyaning «pozitsiyasi va harakatlari haqida tushunish bilan fikr bildirganini» ma’lum qildi.

Shifokorlarni litsenziyalash tizimi yo‘lga qo‘yiladi
18 mart 2022, 14:47

Shifokorlarni litsenziyalash tizimi yo‘lga qo‘yiladi

Prezident xorij tajribasi asosida klinikalarni emas, shifokorlarni litsenziyalash tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish kerakligini ta’kidladi. «Bu tizim yo‘lga qo‘yilsa, tibbiyot xodimlarini malaka oshirishga majburiy yuborish talab etilmaydi», — dedi u. Qolaversa, yagona tibbiy ma’lumotlar bazasi «elektron sog‘liqni saqlash» tizimi yaratiladi.

Tibbiyot OTMlari talabalariga shifokor bo‘lib ishlashiga ruxsat beriladi
18 mart 2022, 14:24 1

Tibbiyot OTMlari talabalariga shifokor bo‘lib ishlashiga ruxsat beriladi

Tibbiyot oliygohlarining magistratura bosqichida va bakalavriatning 5−6-kurslarida o‘qiyotgan talabalarga birlamchi va tez yordam tizimida shifokor bo‘lib ishlashga ruxsat beriladi. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, bu orqali yiliga 7 mingga yaqin talaba ta’limni amaliyot bilan birga olib borish imkoniga ega bo‘ladi.

«Nima uchun men iqtisodchini vazir qilib qo‘ydim?» Prezident — Behzod Musayev haqida
18 mart 2022, 14:04

«Nima uchun men iqtisodchini vazir qilib qo‘ydim?» Prezident — Behzod Musayev haqida

Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga nima sababdan tibbiyot xodimlari orasidan emas, balki iqtisodchi Behzod Musayev tayinlanganiga izoh berdi. «Tibbiyotchilar juda ko‘p ishladi. Transformatsiya jarayoni ketyapti. Biz sohadagi hisob-kitobni joyiga qo‘yishimiz kerak… Iqtisodiyotni va hisob-kitobni bilganni vazir qildim», — dedi u.

«Men shifokorning o‘g‘li bo‘lganimdan butun umr g‘ururlanib yuraman» — Shavkat Mirziyoyev
18 mart 2022, 13:09

«Men shifokorning o‘g‘li bo‘lganimdan butun umr g‘ururlanib yuraman» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident 2022 yilda budjetdan tibbiyot sohasiga ajratilgan 24 trln so‘mga qo‘shimcha 3,2 trln so‘m mablag‘ berilishini ma’lum qildi. U so‘zi davomida shifokorlarning mehnatini yuksak qadrlashini aytdi. «Men shifokorning o‘g‘li bo‘lganimdan butun umr g‘ururlanib yuraman», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

«Xalq salomatligi posboni» ko‘krak nishoni ta’sis etiladi
18 mart 2022, 12:42

«Xalq salomatligi posboni» ko‘krak nishoni ta’sis etiladi

Prezident mahallada sog‘lom turmush tarzini tunu kun targ‘ib qilgan, bu borada shaxsiy namuna bo‘lgan tibbiyot xodimlari va jamoatchilik vakillari uchun «Xalq salomatligi posboni» ko‘krak nishoni ta’sis etilishini ma’lum qildi. Qolaversa, tibbiyot xodimlari har chorakda mukofotlanishi aytildi.

O‘zbekistonda Sog‘liqni saqlash kodeksi ishlab chiqiladi
18 mart 2022, 12:21

O‘zbekistonda Sog‘liqni saqlash kodeksi ishlab chiqiladi

Shavkat Mirziyoyev shifokor va tez yordam xodimlariga nisbatan kuch ishlatilayotganini tanqid qildi. «Bu bizga mutlaqo yarashmaydigan holatdir», — dedi u. Endi tibbiyot xodimlarining ishiga to‘sqinlik qilganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilanadi. Bundan tashqari, Sog‘liqni saqlash kodeksi ham ishlab chiqiladi.

Halol shifokor va hamshiralarga 100 foizgacha oylik ustamalar belgilanadi — prezident
18 mart 2022, 12:08

Halol shifokor va hamshiralarga 100 foizgacha oylik ustamalar belgilanadi — prezident

Prezident halol va vijdonan ishlayotgan shifokor va hamshiralarga 100 foizgacha oylik ustamalar to‘lab berilishini ma’lum qildi. Yangi ish boshlagan yosh shifokorlarga esa 1 mln so‘mgacha maxsus oylik ustama to‘lash tartibi joriy etiladi.

2025 yilgacha «Tez yordam»dagi «Damas”lar zamonaviy avtomobillarga almashtiriladi
18 mart 2022, 11:58

2025 yilgacha «Tez yordam»dagi «Damas"lar zamonaviy avtomobillarga almashtiriladi

2022−2025 yillarda tez tibbiy yordam tizimidagi barcha «Damas» va boshqa eskirgan mashinalar zamonaviy avtomobillarga almashtiriladi. Jumladan, reanimatsiya mashinalari ham olib kelinadi. Buning uchun 65 mln dollar jalb qilinadi.

2025-yilgacha xorijdan keltirilgan tibbiy jihoz va uskunalar QQS va bojxona bojidan ozod qilinadi
18 mart 2022, 11:44

2025-yilgacha xorijdan keltirilgan tibbiy jihoz va uskunalar QQS va bojxona bojidan ozod qilinadi

Tibbiy jihozlar, buyumlar, asbob-uskuna va materiallar 2025-yil 1-yanvargacha qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona bojidan ozod qilinadi. Qolaversa, xususiy klinikalardan “turizm yig‘imi” undirish bekor qilinadi.

Pensiyadagi shifokorlarga uyida oilaviy shifoxona ochishga ruxsat beriladi
18 mart 2022, 11:31

Pensiyadagi shifokorlarga uyida oilaviy shifoxona ochishga ruxsat beriladi

Shavkat Mirziyoyev pensiyaga chiqqan shifokorlarga uyida oilaviy shifoxona ochishga ruxsat berilishini ma’lum qildi. Bu dastlab Sirdaryoda, bosqichma-bosqich boshqa hududlarda ham joriy etiladi. Buning uchun alohida klinika ochish talab etilmaydi, shifokor o‘z uyi yoki ijaraga olgan binosida tibbiy xizmat ko‘rsatadi.

Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaga tibbiyotga oid o‘zgartirishlar kiritishni taklif qildi
18 mart 2022, 11:22

Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaga tibbiyotga oid o‘zgartirishlar kiritishni taklif qildi

Prezident tibbiy sug‘urta shakllarini rivojlantirish, ekologiya oqibatida fuqarolar sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplab berish majburiyatini davlat zimmasiga yuklash, tibbiyot xodimlarining yuksak maqomini ta’minlash uchun Konstutitsiyaga o‘zgartirishlar kiritishni taklif qildi.

«60 foizdan ko‘prog‘i shaxsiy savollar». Prezident shifokorlar bilan uchrashuvga kelib tushgan murojaatlar haqida
18 mart 2022, 11:03

«60 foizdan ko‘prog‘i shaxsiy savollar». Prezident shifokorlar bilan uchrashuvga kelib tushgan murojaatlar haqida

Shavkat Mirziyoyev tibbiyot xodimlari bilan uchrashuvga 25 mingta savol kelib tushgani, shundan 60 foizdan ko‘prog‘i shaxsiy savollar ekanligini ta’kidladi. «Nima uchun bu uchrashuv cho‘zildi? 85% muammolar avval hal qilindi. Albatta, hammaning ham savolini birdaniga hal qilolmaymiz. Bilim bilan, vaqt bilan yechiladi», — dedi u.

Tadbirkor soliq o‘zgarishlarini bilmasa, unga jazo berish emas, to‘g‘ri yo‘lni o‘rgatish kerak — Shavkat Mirziyoyev
16 mart 2022, 21:33

Tadbirkor soliq o‘zgarishlarini bilmasa, unga jazo berish emas, to‘g‘ri yo‘lni o‘rgatish kerak — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev soliq organi rahbarlariga sohadagi yangicha hisobot va o‘zgarishlarni bilmagan tadbirkorlarni jazolash emas, to‘g‘ri tushuntirish kerakligini ta’kidladi. «Faqat biz to‘g‘ri qilyapmiz, deb yurishimiz noto‘g‘ri… Eng katta muammoingiz — tushuntirib bermaganingiz», — dedi davlat rahbari.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting