«Madeli» ovul fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisi lavozimida faoliyat yuritgan Baxtiyar Menglibekov Mo‘ynoq tumaniga hokim bo‘ldi.
O‘zbekistonda Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tashkil etildi. Prezident farmoni bilan Zulayho Mahkamova qo‘mita rahbari va bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U oldinroq To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi va Xotin-qizlar qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.
O‘zbekistonda Turizm va madaniy meros hamda Sportni rivojlantirish vazirliklari tashkil etildi. Deputatlar tomonidan turizm vaziri sifatida Aziz Abduhakimov, sport vaziri sifatida esa Adham Ikramov nomzodlari ma’qullandi.
Nasibulla Mo‘minov Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandi. Shuningdek, viloyatning Xo‘jaobod va Paxtaobod tumanlariga hokimlar tayinlandi.
Buxoro viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari Bektosh Sayipov Namangan viloyati prokurori etib tayinlandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy va Kegeyli tumanlarida IIB boshliqlari o‘zgardi. Shuningdek, Buxoro va Navoiy viloyatlarining bir qancha tuman IIBlarida ham lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.
Yunusobod tumani prokurori lavozimida ishlab kelgan Xabibulla Mirsoatov Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari bo‘ldi. U Kasaba uyushmalari federatsiyasi rahbari Qudratilla Rafiqovning o‘g‘li.
Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi birinchi o‘rinbosari Behzodjon Yusupov Qarshi tumani hokimi etib tayinlandi. Qashqadaryo hokimi tumanning oldingi rahbari Maqsuda Mustafoyeva hokimligi paytida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga ham to‘xtaldi. «2021 yilning o‘zida yer ajratish bo‘yicha qonunga zid qarorlar tufayli davlatga 6 mlrd so‘m zarar yetkazilgan», — dedi Murotjon Azimov.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Muzaffar Komilov prezidentning jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. U O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori lavozimida ishlashda davom etadi.
Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining o‘rinbosari Babur Shayakubov Qurolli Kuchlar Akademiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U ushbu lavozimda Shavkatbek Mamajonovning o‘rnini egalladi.
10 yanvardan O‘zbekistonning barcha hududlarida 9311 nafar hokim yordamchilari o‘z faoliyatini boshladi. Eng ko‘p hokim yordamchilari Samarqand (1120), Farg‘ona (1055) va Toshkent viloyatlarida (1014) tayinlangan. Hokim yordamchilarining hududlar bo‘yicha taqsimoti.
Prezident qarori bilan Vladimir Norov tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U 2019−2021 yillarda Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi sifatida faoliyat yuritgan edi.
Ekopartiya raisi Narzullo Oblomurodovning nomzodi quyi palata deputatlari tomonidan Ekoqo‘mita raisi lavozimiga ma’qullandi. Qo‘mitaning oldingi rahbari prezident tanqididan so‘ng ishdan olingandi.
Prezident qarori bilan Aktam Muxammadiyev adliya vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U tayinlovga qadar Toshkent viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan.
Bir kunda O‘zbekistonning uchta viloyatida sakkizta tumaniga yangi hokimlar tasdiqlandi.
Buxoro viloyatining Romitan, Samarqand viloyatining Bulung‘ur va Oqdaryo hamda Namangan viloyatining Kosonsoy tumanlariga yangi hokimlar tasdiqlandi.
Shaxriyor Nurulloyev Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi direktori etib tayinlandi. Bungacha u Prezident Administratsiyasida ishlagan.
Norvegiyaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Jon Mikal Kvistad Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovga ishonch yorliqlarini topshirdi. O‘zaro suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi.
Toshkent viloyati sobiq hokimi Davron Xidoyatov Chirchiq shahri hokimi etib tayinlandi.
Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Zoyir Mirzayev viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting