Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimida besh oydan kamroq muddat ishlagan Shuhrat Otaboyev Xalq banki boshqaruv kengashi raisi bo‘ldi.
Jamshid Haydarov Samarqand viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — «Urgut» erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi rahbari vazifasiga tayinlandi.
Moliya vazirligi G‘aznachiligi boshlig‘ining o‘rinbosari — Davlat xaridlari departamenti direktori sifatida ishlagan Gulnora Rahimova moliya vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Muxsinxo‘ja Abduraxmonov O‘zbekistonning Yaponiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlandi. U mazkur tayinlovga qadar Tashqi ishlar vazirligida boshqarma boshlig‘i, shuningdek, Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat olib borgan.
Nodir Musamuxamedov Davlat bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Nodir Muslitdinov maktabgacha ta’lim vazirining yangi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Sirdaryo viloyat IIB boshlig‘i bo‘lib ishlab kelgan Shavkat Mavlyanov Chilonzor hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Shuhrat Buronov Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i vazifasiga tayinlandi. U bundan avval Samarqand viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.
Baxtiyor Maxkamov Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi. Bundan avval u Elektromagnit moslashuv markazi rahbarining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
Tapil Mahamadziyayev Bektemir tuman hokimi etib tayinlandi. Bunga qadar u Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularda harakat qilish davlat tizimi hamda fuqaro muhofazasining tashkiliy ta’minoti va rejalashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.
Xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari vazifasiga Vaxobjon Rajapov tayinlandi. U bungacha Farg‘ona viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
Maktabgacha ta’lim vazirining sobiq birinchi o‘rinbosari Qaxramon Olimov A. I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkent filiali direktori lavozimiga tayinlandi.
Toshkentning sobiq hokimi va transport vazirining sobiq o‘rinbosari Rahmonbek Usmonov “O‘zbekiston temir yo‘llari” boshqaruvi raisi o‘rinbosari — Toshkent metropoliteni boshlig‘i etib tayinlandi.
Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarma boshlig‘i sifatida faoliyat yuritayotgan Abdusalom Xo‘jaqulov Sariosiyo tumani hokimi etib tasdiqlandi.
DSQ Xavfni tahlil qilish va soliq to‘lovchilarni segmentlash departamenti boshlig‘i sifatida faoliyat yuritib kelgan Jaxongir Abdiyev Davlat soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimi etib tayinlandi.
Shoazim Minovarov prezidentning jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. U Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori hisoblanadi.
Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari — viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i etib Iqboljon Ergashev tayinlandi. Viloyat hokimining yana bir o‘rinbosari — mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i Bahodir Holiqov bo‘ldi.
Umid Abidxadjayev Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori etib tayinlandi. U bunga qadar prezident Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori o‘rinbosari bo‘lgan.
Shuxrat Nazarov Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi. Bundan tashqari, ko‘mita raisiga yana ikki o‘rinbosar va bosh muhandis tayinlandi.
Polkovnik Ravshan Sultanxodjayev Toshket shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari — Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i bo‘ldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting