Prezident Administratsiyasida faoliyat yuritib kelgan Abdusamat Muminov transport vaziri o‘rinbosari bo‘ldi.
Prezident qarori bilan Shaxrux Sharaxmetov Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Najmiddinxo‘ja Sharipov Toshkent viloyati hokimining investitsiya va tashqi savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasiga tayinlandi.
Davron Xidoyatov Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Shavkat Mirziyoyev viloyat yangi rahbarining «harakatchanligi, bilimi va o‘z ustida ishlashini» ta’kidlab o‘tdi. «Bunday kadrlardan har bir viloyatda 4−5 tadan bo‘lganida edi, yana ancha rivojlanib ketardik. Ming afsuski yo‘q», — dedi u.
Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi direktori lavozimida ishlagan Shoxruh Shoahmedov Shoraximovich Parkent tumaniga hokim etib tayinlandi.
Toshkent viloyati hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan Nizamov Sayfiddin Xatirchi tumaniga hokim etib tayinlandi.
Qurbon Tursunov uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining o‘rinbosari v. b. etib tayinlandi. Bundan avval, u «Buxoro viloyat Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi» boshlig‘i bo‘lgan.
Qahramon Yo‘ldoshev Qishloq xo‘jaligi vazirining agrar sohani jadal raqamlashtirish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohalariga zamonaviy axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bungacha u Axborot texnologiyalarini rivojlantirish vazirining agrar sohani raqamlashtirish bo‘yicha axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlayotgan edi.
Shuhrat Musayev Namangan viloyat hokimining o‘rinbosari — Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bundan avval, u viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi bo‘lgan.
Toshkent shahar hokimligi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan Barhayot Meliyev Toshkent viloyati hokimining shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yoshlar yetakchisi Dostonbek Abduqahhorovni Namangan shahar hokimining birinchi o‘rinbosari vazifasiga tayinlash bo‘yicha taklif kiritdi.
Prezident ishtirokidagi xalq deputatlari Namangan viloyati kengashi yig‘ilishida Shavkat Abdurazoqov Namangan viloyati hokimi etib tayinlandi. «Namangan tumani va shahrida ishlagan, uni olib ketib, Toshkentdagi kabinetlarni ko‘rsatganman, ularni eshigini qanday ochishni o‘rgatganman. Hozirgi lavozimga Abdurazoqovdan boshqa munosib nomzod yo‘q», — dedi Shavkat Mirziyoyev u haqida.
Toshkent davlat agrar universiteti professori Alisher To‘rayev qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari — Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh direktori lavozimiga tayinlandi.
Shavkat Darvishev Do‘stlik tumani hokimi vazifasiga tayinlandi. Ushbu tayinlovdan avval, u Jizzax viloyati Moliya bosh boshqarmasi rahbari bo‘lgan.
Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Abduhalim Xolmaxmatov O‘zbekiston prezidenti xalq qabulxonasining Toshkent viloyati boshqarmasi rahbari etib tayinlandi.
Buxoro shahar hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelayotgan O‘tkir Jumayev Buxoro shahri hokimi etib tasdiqlandi.
Farg‘ona viloyati prokurori lavozimida ishlab kelgan Ulug‘bek Qosimov Toshkent shahar prokurori etib tayinlandi.
Prezident farmoyishiga asosan Baxodir Matlyubov IIV Akademiyasi boshlig‘i vazifasidan ozod etildi. Ushbu lavozimga ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Rustam Xatamov tayinlandi.
Prezident qarori bilan Ichki ishlar vaziriga ikki nafar o‘rinbosar tayinlandi. Najmiddin To‘raxodjayev vazirning axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosari, Yaxyojon Abdulxakov esa vazir o‘rinbosari — Tergov departamenti boshlig‘i lavozimini egalladi.
Toshkent prokurori bo‘lib faoliyat yuritgan Bahriddin Valiyev Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting