2019-yildan beri Toshkent shahri hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan Alimardon Qarshiyev lavozimidan ozod etilib, uning o‘rnini Abdulvosid Xomitjonov egalladi.
Prezident Ilxomjon Abdugafarovni transport vaziri o‘rinbosari etib tayinladi. Bunga qadar u Markaziy bank raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi boshqarmasida ishlab kelgan Islomiddin Norimov Navoiy viloyati hokimiga o‘rinbosar etib tayinlandi.
Akramjon Abduxamidov Namangan viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Avazbek Ergashev Andijon viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumaniga Vahobjon Murotqobilov hokim etib tasdiqlandi.
Feruz Abilov Samarqand viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Shunqor Xudoyberdiyev esa qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Rustam Yusupov Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i v.b. etib tayinlandi. Yanvar oyi oxirida Anvar Umarov ishdan bo‘shatilganidan keyin bu lavozim bo‘sh qolgan edi.
Buxoro viloyati Shofirkon tumaniga Alisher Fayzilloyev hokim etib tayinlandi. U Davlat soliq qo‘mitasi moliya-iqtisod boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi. Sobiq hokim boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z arizasiga ko‘ra lavozimidan ozod etilgan.
Prezident tashrifidan so‘ng Xorazm viloyatida kadrlar almashinuvi ro‘y berdi. Urganch tumaniga G‘ayratjon Sultanov, Qo‘shko‘pir tumaniga Boburbek Egamov, Bog‘ot tumaniga Jahongir Nazarov hokim bo‘ldi. Shuningdek, RSHTYOIM filiali va ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi rahbarlari o‘zgardi.
Farrux Boboyev Maktabgacha ta’lim agentligi direktoriga birinchi o‘rinbosar, Oyatillo Raxmatillayev va Nodir Muslitdinov esa o‘rinbosarlar etib tayinlandi.
Ahmed Faruq Pokistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi. TIVda undan ishonch yorliqlari nusxalari qabul qilib olindi.
2022 yil dekabrdan beri Surxondaryo viloyatini vaqtincha boshqarib kelayotgan Ulug‘bek Qosimov viloyat hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Shuxrat Aliyev Namangan viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. U bungacha Buxoro viloyati IIB boshlig‘i bo‘lib ishlagan.
Prezident qarori bilan Umid Madaminov va Ahadbek Haydarov qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosarlari etib tayinlandi. Shuningdek, Bahrom Sharipov Ipakchilik qo‘mitasiga, Ibrohim Ergashev O‘simliklar karantini agentligiga, Husniddin Karimov Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligiga rahbar bo‘ldi.
Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari — investitsiya va tashqi savdo vaziri lavozimiga Oteuliyev Azamat Abilkasimovich tayinlandi.
Erkin Muxitdinov, Jamshid Abruyev va Ra’no Turdiboyeva kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziriga o‘rinbosarlar etib tayinlandi. Ozoda Parpibayeva Oila va hotin-qizlar qo‘mitasi raisi, Mirzoxid Ubaydullayev esa Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori bo‘ldi.
O‘zbekiston yoshlar siyosati va sport vaziriga Durdona Raximova, Shaxrillo Maxmudov va Murad Ismailovlar o‘rinbosar etib tayinlandi.
Prezident farmoni bilan Abduraxman Abduvaliyev transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi, Taxir Nazarov Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktori, Faxriddin Salixov Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Baxodir Axmedov va Murodjon Madjidov madaniyat va turizm vazirining o‘rinbosarlari lavozimiga tayinlandi. Firdavs Abduxoliqov vazirlik huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori, Rustambek Kurbanov esa vazirlik huzuridagi Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi raisi bo‘ldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting