Samarqand viloyati Kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Isroil Jabborov Payariq tumani hokimi etib tayinlandi. Sobiq hokim hududda investitsiya ko‘rsatkichi qoniqarsizligi sababli prezident topshirig‘iga ko‘ra ishdan olingandi.
Qonunchilik palatasi deputatlari Bekzod Narimanovni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari lavozimiga sayladi. Qaror Senatga yuborildi.
Bahodir Xoliqov Farg‘ona viloyatining Rishton tumaniga, Shukurulloxon Nisbatxonov esa Marg‘ilon shahriga hokim etib tayinlandi. Prezidentning viloyatga tashrifi chog‘ida har ikki hududning sobiq rahbarlari ishlarni lozim darajada tashkil etmagani uchun lavozimidan olingandi.
Ulug‘bek Nosirov O‘zbekiston Markaziy banki raisining yangi o‘rinbosari bo‘ldi, deya xabar berdi “Gazeta.uz” manbasi. U “kadrlar siyosati va rejim nazorati” uchun mas’ul bo‘ladi.
Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan bosh prokurorga ikki o‘rinbosar, Namangan, Andijon va Samarqand viloyatlariga yangi prokurorlar tayinlandi.
Prezident farmoni bilan Anvar Karimov qishloq xo‘jaligi vaziriga o‘rinbosar etib tayinlandi. U bunga qadar iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
General-mayor Davron Nazarmuhamedov O‘zbekiston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Vazirning avvalgi o‘rinbosari Azizbek Ikramov yaqinda Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i etib tayinlangan edi.
Andijon viloyati hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yordamchisi lavozimida ishlab kelgan Alisher Halilov Qo‘rg‘ontepa tumaniga hokim bo‘ldi. Tumanning avvalgi hokimi prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i bo‘yicha ishdan bo‘shatilgan edi.
Prezident qarori bilan qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Davronjon Odilov “Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi” direktori etib tayinlandi.
Sirdaryo viloyati Xovos tumaniga Ulug‘bek Yo‘ldoshev hokim etib tayinlandi. Tayinlovga qadar u Sardoba tumani hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Prezident farmoni bilan Ilhom Norqulov iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari, Ahadbek Haydarov, Abdulaziz Haydarov, Otabek Fozilkarimov, Bobur Xodjayev va Jasur Qarshiboyevlar esa vazir o‘rinbosarlari etib tayinlandi.
Shahzoda Negmatova O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika institutining rektori etib tayinlandi. U tayinlovga qadar Samarqand davlat universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori lavozimida faoliyat yuritgan.
Xabib Sirojitdinov yaqinda prezident tomonidan ishdan bo‘shatilgan Avaz O‘rinboyev o‘rniga Farg‘ona viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov iqtisodiyot va moliya vaziri etib tasdiqlandi.
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Azizbek Ikramov Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan Sodir Meliboyev Markaziy bank raisining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Komiljon Ernazarov Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumaniga hokim bo‘ldi.
Toshkent shahrining Mirobod tumaniga Ashraf Salaydinov hokim vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Yuristlar malakasini oshirish markazi direktori lavozimida ishlab kelgan Sherzod Rabiyev adliya vaziriga o‘rinbosar bo‘ldi. Vazir o‘rinbosarlari Aktam Muxammadiyev va To‘lqin Abdusattorov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan vazifalaridan ozod etildi.
Sobiq energetika vaziri Alisher Sultanov O‘zbekiston prezidentining neft-gaz, kimyo va energetika masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlangani ma’lum bo‘ldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting