Iqtisodiy rivojlanish vazirligi Departamenti boshlig‘i Azamat Fazilov O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasi ijro apparati bosh maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
Shuhrat G‘aniyev prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari etib tayinlandi. U bungacha bosh vazir o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.
O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan mamlakatning bir qator qayta tashkil etilgan vazirliklariga rahbarlar tayinlandi. Ularning ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali to‘liq tanishish mumkin.
Vladimir Norov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Baxtiyor Saidov TIV rahbari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi va shu munosabat bilan xalq ta’limi vaziri lavozimidan ketdi.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga Shukurjon Gaipov direktor vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. U 2018 yildan hozirgacha «Toshkent-1» hukumat terminali rahbari lavozimida ishlab kelgan.
Prezidentning tegishli farmoni bilan 2018 yildan buyon Xorazm viloyati hokimi sifatida ishlab kelayotgan Farxod Ermanov lavozimidan ozod etildi. U Kaxramon Sariyev o‘rniga Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi etib tayinlandi.
Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Akbar Toshqulov Adliya vazirligiga rahbar bo‘ldi. U shu kunlarda prezident maslahatchisi lavozimiga tayinlangan Ruslanbek Davletovning o‘rnini egalladi.
Ruslanbek Davletov prezidentning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
Toshkent shahri, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarining qurilish bosh boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi. Namangan viloyati qurilish bosh boshqarmasining boshlig‘i o‘z arizasiga asosan ishdan olindi.
Xorazm viloyati prokurori lavozimida faoliyat yuritib kelgan Botir Kudratxodjayev bosh prokuror o‘rinbosari — harbiy prokuror lavozimiga tayinlandi.
Qoraqalpog‘istonning Taxiatosh va Nukus hamda Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumaniga prokuror tayinlandi.
Nodirbek Saydullayev Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bungacha u Asaka bank boshqaruv raisi sifatida faoliyat yuritgan.
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Sirojiddin Berdiqulov Nurobodga, favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari Azizbek Latifjonov Paxtaobodga va monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasida raisi o‘rinbosari Bekzod Ummatov Asaka tumaniga hokim etib tayinlandi.
Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Akmal Mirzayev Sardoba tumaniga, Hamidullo Inomov esa Farg‘ona tumaniga hokim bo‘ldi. Qolaversa, Qashqadaryo hokimiga ikki yangi o‘rinbosar tayinlandi. Hokimning yana bir o‘rinbosari va Chiroqchi hokimiga esa «hayfsan» berildi.
Bosh prokuror o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan Shavkatjon Raximov Toshkent viloyati prokurori etib tayinlandi.
Erkin Rustamov iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Shu kungacha u Vazirlar Mahkamasining mas’ul xodimi sifatida faoliyat yuritgan.
Qurilish vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan O‘ktam To‘rayev Termiz shahriga hokim etib tayinlandi.
Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Botir Zohidov Shayxontohur tumaniga hokim etib tayinlandi.
Buxoro viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Nozimjon Xolmurodov investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.
Prezident administratsiyasining sobiq rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov Kasaba uyushmalari federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari etib saylandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting