O‘zbekiston TIV rahbari Vladimir Norov qirg‘izistonlik hamkasbi Jeenbek Kulubayev bilan Andijon (Kampir-Obod) suv ombori bo‘yicha bitimni imzoladi. Bundan tashqari, vazirlar prezident Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish masalasini ham muhokama qildi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Burbok bilan uchrashdi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Vladimir Norov jurnalistlarga mamlakat Germaniya bilan oliy darajada muloqot o‘rnatish, Germaniya kansleri Olaf Shols bilan uchrashuv tashkil etishdan manfaatdorligini ta’kidladi.
TIV Ukraina atrofidagi vaziyat bo‘yicha bayonot berdi. Unda O‘zbekiston boshqa davlatlarning hududiy yaxlitligini hurmat qilishga sodiqligi ta’kidlangan. TIV qonunbuzarlik sodir qilmagan chet elliklar, jumladan rossiyaliklar majburiy deportatsiya qilinmasligini ma’lum qildi.
Qozog‘iston TIV Donbass, Zaporoje va Xersondagi Rossiyaga qo‘shilish to‘g‘risidagi referendumlarga izoh berdi: «Qozog‘iston davlatlarning hududiy yaxlitligi, ularning suveren tengligi va tinch-totuv yashash tamoyillariga tayanadi».
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Ozarbayjon-Armaniston chegarasida yuzaga kelgan harbiy to‘qnashuv bartaraf etilganini olqishladi. Shuningdek, tomonlarni mavjud muammolarni tinchlik muzokaralari va maslahatlashuvlar doirasida hal etishga chaqirdi.
Vladimir Norov tashqi ishlar vaziri lavozimiga tayinlandi. U 27 apreldan buyon tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
5 sentabr kuni erta tongda Rossiyaning Kobuldagi elchixonasi yaqinida portlash sodir bo‘ldi, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uni xudkush terrorchi amalga oshirgan. Ikki nafar dipmissiya xodimi va to‘rt nafar mahalliy aholi halok bo‘ldi. O‘zbekiston TIV terraktni qoraladi.
O‘zbekiston TIV Afg‘onistonning Hirot shahridagi masjidda sodir bo‘lgan terrorchilik harakatini qat’iy qoraladi. «Bu kabi qabih harakatlar Afg‘onistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlik hamda milliy totuvlikning o‘rnatilishiga to‘sqinlik qiladi», — deyiladi bayonotda.
O‘zbekiston TIV Surxondaryo viloyatidagi Payg‘ambar orolida Afg‘oniston fuqarolari bilan sodir bo‘lgan hodisada har ikki tomondan ham qoidabuzarliklar sodir bo‘lganini ma’lum qildi. Shuningdek, hodisada ikki kishi halok bo‘lgani, olti kishi jarohatlangani aytildi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi 17 avgust kuni shom namozi vaqtida Kobuldagi masjidda sodir etilgan va 21 kishining hayotiga zomin bo‘lgan teraktni qoralab bayonot berdi. TIV halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Sputnik`ning mamlakat Rossiya va Belarusdan iborat Ittifoq davlatiga qo‘shilishi mumkinligi haqidagi xabariga javob berdi. Prezident Aleksandr Lukashenko sobiq SSSR respublikalari ittifoqqa qo‘shilishiga ishonch bildirgan.
O‘zbekiston-Afg‘oniston chegarasida o‘zbek chegarachilarining o‘limiga sabab bo‘lgani aytilayotgan otishma haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, deya xabar bermoqda TIV. «Chegaradagi vaziyat tinchligicha qolmoqda, janubiy chegaralarni himoya qilish odatdagi rejimda olib borilmoqda», — deyiladi xabarda.
O‘zbekiston Yamanda ikki oylik sulh va o‘t ochishni to‘xtatish e’lon qilinganini olqishlaydi. Tashqi ishlar vazirligi tegishli bayonot bilan chiqdi.
Xorijda O‘zbekiston pasporti va qaytish sertifikatini olish bo‘yicha to‘lovlar Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng qimmati hisoblanadi. Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev narxlarni asoslash va pasaytirish yuzasidan tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovga deputatlik so‘rovi kiritdi.
Ukraina elchixonasi 1 mart kuni O‘zbekiston TIVga mamlakatda Rossiya telekanallari efirini taqiqlashni so‘rab nota yubordi. Xatda qayd etilishicha, Rossiya OAVlari olib borayotgan «axborot urushi harbiy kampaniyaning ajralmas qismi» va «jahon hamjamiyatini dezinformatsiyalashga qaratilgan». Elchi Nikolay Doroshenko «Ozodlik» radiosiga bergan intervyusida shuningdek, 28 tonnalik gumanitar yordamni yuborgani uchun O‘zbekistonga minnatdorchilik bildirdi.
O‘zbek paxtasiga boykotni bekor qilgan Cotton Campaign, Ukraina va Afg‘onistonga yordam bergani uchun O‘zbekistonga minnatdorchilik bildirgan AQSh, 1 maydan yo‘lga qo‘yiladigan «Avtomobil tarixi» xizmati, alimentdan qarzi borlarga avtomobil haydash va uylanish taqiqlanishi mumkinligi, Moldovadagi o‘zbekistonliklar Buxarest orqali evakuatsiya qilinishi va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 10 martdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
AQSh davlat kotibi Entoni Blinken O‘zbekistonga «Ukraina va Afg‘oniston xalqlariga ko‘rsatayotgan insonparvarlik yordami» uchun minnatdorchilik bildirdi. Abdulaziz Komilov bilan muzokaralarda ikki tomonlama munosabatlar, mintaqaviy xavfsizlik va C5+1 formatidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Ukrainadagi elchixona faol harbiy harakatlar borayotgan Xarkov, Sumi va Xerson shaharlaridan o‘zbekistonliklarni evakuatsiya qilishda qiyinchiliklar duch keldi. Fuqarolar harbiy harakatlar to‘liq tugaganidan keyin evakuatsiya qilinadi. Hozircha ularga bunkerlarda qolish tavsiya etildi.
1186 kishi Ukrainadan Polsha orqali O‘zbekistonga yetkazildi. Chorshanba kuniga ikkita reys rejalashtirilgan. Hozirda Polshada 800 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari qolmoqda. O‘zbekiston elchixonasi jangovar harakatlarga qaramay, evakuatsiya ishlarini davom ettirmoqda, deya xabar bermoqda TIV.
O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi mamlakatdan evakuatsiya qilinayotgan o‘zbekistonliklar Polsha chegarasidan o‘tishiga uzoq vaqt ketayotganligini ma’lum qildi. Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan fuqarolardan hech bo‘lmaganda ularning qog‘oz nusxasi yoki mobil telefondagi skaneri bo‘lishi so‘ralgan. Moldovada bo‘lgan o‘zbekistonliklarga yordam berish uchun shtab tashkil etilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting