Qirg‘izistonda yuzaga kelgan keskin vaziyat va voqealar rivoji O‘zbekistonda jiddiy tashvish uyg‘otmoqda. O‘zbekiston vaziyat tez orada barqarorlashuviga umid qilmoqda.
Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Moskvada Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha delegatsiyalar rahbarlarini Rossiya prezidenti Vladimir Putin qabul qildi.
Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston fuqarolarining chet davlatlarga, shu jumladan ta’lim olish maqsadida kirish uchun qo‘yilgan asosiy talablarini e’lon qildi.
Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Hanif Atmar O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri hamda investitsiyalar va tashqi savdo vaziri bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Unda Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish, ikki davlat o‘rtasidagi savdo, transport va energetika masalalari muhokama qilindi. O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida 10 yillik elektr energiyasini yetkazib berish to‘g‘risidagi bitim imzolandi.
Shavkat Mirziyoyev Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (MGIMO) rektori Anatoliy Torkunovni «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotladi.
Afg‘onistonning Balx provinsiyasida «O‘zbekiston temir yo‘llari» tarkibiga kiruvchi «So‘g‘diyona trans» sho‘’ba korxonasi vakillariga qurolli hujum uyushtirildi. O‘zbekiston tomoni Afg‘oniston hududidagi o‘zbek kompaniyalari xodimlari himoyasini kuchaytirishni so‘radi.
Senatning oltinchi yalpi majlisida yarim yillik faoliyati bo‘yicha hisobot bergan tashqi ishlar vaziri, jumladan, pandemiyasi sababli xorijda qiyin ahvolga tushib qolgan fuqarolarga qo‘ldan kelgancha yordam ko‘rsatilayotganini ta’kidlar ekan, bu borada kamchiliklar ham borligini tan oldi. «Konsulxonaga hujum qilamiz, o‘t qo‘yamiz, konsulni osamiz, degan gaplar ham bo‘ldi», — dedi u.
Yarim yil ichida elchixonalarning bevosita yordami bilan 513 mln dollarlik 492 ta yangi eksport shartnomasi imzolandi. Viloyat hokimliklari bilan 814 mln dollarlik 106 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilmoqda — Senat TIVning iqtisodiy diplomatiya sohasidagi faoliyati natijalari bilan tanishdi.
Vengriya tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vazirining O‘zbekistonga tashrifi davomida atom sohasida hamkorlik, OTP banki va Debrecen universiteti filiallarini ochish, «O‘zbekiston-Vengriya-YeI» formatidagi hamkorlik va boshqa masalalar muhokama qilindi.
Zexavit Ben-Gilel Isroilning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi. U 2017 yildan beri Isroilning mamlakatdagi diplomatik vakolatxonasini boshqargan Eduard Shapiraning o‘rnini egallaydi.
Tashqi ishlar vazirligi Armanistan va Ozarbayjon chegarasidagi to‘qnashuvlar bo‘yicha bayonot bilan chiqdi. Holatning keskinlashishi tinch aholi orasidagi qurbonlar bo‘lishiga olib kelishi, iqtisodiy aloqalarni buzishi va mintaqaviy xavfsizlikka zarar yetkazishi mumkinligi sababli O‘zbekiston tomonlarni o‘ta sabr-toqatli bo‘lishga va siyosiy-diplomatik muzokalarga chaqirdi.
Amur gazni qayta ishlash zavodida ishlayotgan o‘zbekistonlik quruvchilar uch oydan beri oylik maoshi berilmaganligi sababli tartibsizliklar uyushtirishdi. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi hodisani nazoratga olib, o‘zbekistonliklarning qonuniy huquq va manfaatlari himoyasini ta’minlashini ma’lum qildi.
Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasida to‘planib qolgan 3746 nafar O‘zbekiston fuqarolari “Jibek joli” — “G‘isht-Ko‘prik” nazorat-o‘tkazish punktidan o‘tkazilib mamlaktga qaytgan. TIV ma’lum qilishicha, hozirda davlatlararo chegarani kesib o‘tishda muammolar yo‘q va fuqarolarning to‘planib qolishi kuzatilmayapti.
Rossiya-Qozog‘iston chegarasi yaqinida uylariga avtomobillarda qaytmoqchi bo‘lgan 2000 nafar o‘zbekistonlik yig‘ildi. O‘zbekiston TIV karantin choralari kuchaytirilgan Qozog‘iston orqali kelish fuqarolar salomatligi uchun xavf tug‘dirishini ma’lum qildi.
TIV Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekistonga kirishga qo‘yilgan cheklovlar o‘z kuchida qolayotganligi haqida xabar berdi. Rossiya Federatsiyasidagi O‘zbekiston fuqarolarini yolg‘on xabarlarga ishonmaslikka va yashash joylarida qolishga chaqirildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting