Svetlana Kuznetsova 22 yil davomida buxorolik afsonaviy gimnastikachi Oksana Chusovitinaga ustozlik qilgan. Sportchi ushbu murabbiy qo‘l ostida 1992 yilgi Olimpiada oltin medalini qo‘lga kiritgan. Svetlana Kuznetsova «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida afsonaviy sportchining daholigi va o‘ziga xosligi nimada ekanligi hamda yangi olimpiada g‘alabalarini qo‘lga kiritishga O‘zbekistonga nimalar to‘sqinlik qilayotganligi to‘g‘risida gapirib berdi.
Tokiodagi Olimpiada o‘yinlari bronza medali sohibi, dzyudochi Davlat Bobonovning murabbiyi O‘ktam Rahmonov «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida nega juda erta murabbiy bo‘lganligi, sportchilar amal qilishi kerak bo‘lgan qoidalar hamda qanday shogirdni orzu qilishi haqida gapirib berdi.
Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Olim Hikmatov «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida murabbiyning sportchi hayotidagi o‘rni, g‘alaba uchun muhim omillar, o‘z shogirdlariga nimalarni uqtirishi, Bekzod Abdurahmonovning sportdagi yo‘li va terma jamoaning keyingi rejalari haqida to‘xtalib o‘tdi.
Andijon, Samarqand, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari rahbarlari Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida sovrindor bo‘lgan sportchilarni avtomashina va uy bilan mukofotladi. Avvalroq, sportchilarga prezident sovg‘asi ham topshirilgan edi.
Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi Bahrom Mendibayev «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida murabbiylik faoliyati, sportchilarni tanlashda nimalarga e’tibor berilishi va Olimpiada chempioni Akbar Jo‘rayev haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi yana 3 ta medalni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi. Para-dzyudochi Feruz Saidov oltin, para-pauerliftingda Ro‘za Qo‘ziyeva va para-dzyudochi Parvina Samandarovalar kumush medallarini qo‘lga kiritishdi.
Tokio-2020 o‘yinlarida o‘zbekistonlik paralimpiadachilar 2 ta oltin va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi. Nayza uloqtirishda Nozimaxon Qayumova, disk uloqtirishda esa Mohigul Hamdamova chempion bo‘lgan bo‘lsa, yadro uloqtirish bahslarida Elbek Sultonov bronza medali sohibiga aylandi.
Tokiodagi yozgi Paralimpiya o‘yinlari ochilish marosimida parakanoechi Shahnoza Mirzayeva va yengil atletikachi Muxammad Rexsimov O‘zbekiston bayroqdorlari bo‘ladi. Avvalroq, yengil atletikachi Nurxon Qurbonova bayroqdor bo‘lishi aytilgan edi.
Oliy Majlis senati raisi Tanzila Narbayeva Tokio-2020 olimpiya o‘yinlaridagi sportchilarga bag‘ishlangan murallarni qo‘llab-quvvatladi. «San’atni qo‘llab-quvvatlash zarur. Strit-art va pablik-art kabi zamonaviy yo‘nalishlari ijodkor yoshlarimiz qo‘lida shahar muhitiga o‘zgacha tarovat beruvchi vositaga aylanib bormoqda», — dedi u.
Faxrga to‘lgan Bahodir Jalolov va Akbar Jo‘rayevning onalari, ikkinchi marta Olimpiadada qatnashgan taekvondochi Nigora Tursunqulova, bolalar sportini rivojlantirmoqchi bo‘lgan Oksana Chusovitina — Tokiodan qaytgan o‘zbekistonlik sportchilar “Gazeta.uz” muxbiriga intervyu berishdi.
Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining so‘nggi kunida bokschi Bahodir Jalolov «oltin» uchun jangda AQSh vakili Richard Torresga qarshi ringga ko‘tariladi. U bilan 2019 yilgi jahon chempionati chorak finalida ham uchrashgan.
Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining 15-kunida to‘rtta sport turi bo‘yicha 9 nafar o‘zbekistonlik ishtirok etadi.
Tokioda bo‘lib o‘tayotgan Olimpiya o‘yinlarining o‘n to‘rtinchi kunida o‘zbekistonlik sportchilar kanoeda eshkak eshish, badiiy gimnastika, erkin kurash hamda zamonaviy beshkurash bellashuvlarida qatnashishdi. Musobaqaning navbatdagi kunida O‘zbekiston erkin kurash bo‘yicha bronza medaliga ega chiqib, delegatsiya medallari sonini 4 taga yetkazib oldi.
O‘zbekistonlik erkin kurashchi Bekzod Abdurahmonov qozog‘istonlik Daniyar Kaysanovni mag‘lub etib, Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining 14-kunida to‘rtta sport turi bo‘yicha 6 nafar o‘zbekistonlik ishtirok etadi.
Badiiy gimnastika bo‘yicha yakkalik dasturida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan Sabina Tashkenbayevada koronavirus aniqlandi. Endilikda uning o‘rniga Yekaterina Fetisova Olimpiadada qatnashadi.
Tokioda bo‘lib o‘tayotgan Olimpiya o‘yinlarining o‘n uchinchi kunida o‘zbekistonlik sportchilar yengil atletika, erkin kurash hamda zamonaviy beshkurash bellashuvlarida qatnashishdi. Musobaqaning navbatdagi kunini O‘zbekiston medalsiz yakunlagan bo‘lsa ham, yengil atletikachi Safina Sadullayeva va erkin kurashchi Bekzod Abdurahmonov medallar uchun kurashni davom ettirishmoqda.
Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining 13-kunida to‘rtta sport turi bo‘yicha 8 nafar o‘zbekistonlik ishtirok etadi.
Tokioda bo‘lib o‘tayotgan Olimpiya o‘yinlarining o‘n ikkinchi kunida o‘zbekistonlik sportchilar yengil atletika, kanoeda eshkak eshish, boks hamda erkin kurash bellashuvlarida qatnashishdi. Musobaqaning navbatdagi kunini O‘zbekiston medalsiz yakunladi. Shunday bo‘lsa-da, bokschi Bahodir Jalolov Olimpiada finaliga chiqdi va oltin medal uchun kurashni davom ettiradi.
O‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining final bosqichiga yo‘l oldi. Unga finalda AQSh vakili Richard Torres raqiblik qiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting