O‘zbekistonlik sport gimnastikachisi Oksana Chusovitina olimpiada o‘yinlarida saralash bahslarida 11-o‘rinni egalladi va final yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadi. Mazkur olimpiada Chusovitina uchun sakkizinchi olimpiada bo‘ldi. Avvalroq, u olimpiadadan keyin faoliyatini yakunlashini ma’lum qilgan edi.
Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining ikkinchi kunida yettita sport turi bo‘yicha 11 nafar o‘zbekistonlik ishtirok etadi.
Tokiodagi yozgi Olimpiadaning birinchi kunida bahslarga kirishgan qariyb barcha o‘zbekistonlik sportchilar mag‘lubiyatga uchrab, musobaqalarni tark etdi. Faqatgina eshkak eshuvchilar yarim finalda qo‘shimcha o‘rin uchun kurashish imkoniyatini saqlab qoldilar.
Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari birinchi kunida sakkizta sport turi bo‘yicha 11 nafar o‘zbekistonlik ishtirok etadi.
Belarusda 40 dan ortiq nodavlat tashkilotlarning tugatilgani, Tokiodagi Olimpiya o‘yinlariga qarshi norozilik namoyishlari, Afg‘oniston mojarosi bo‘yicha so‘nggi yangiliklar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Yozgi Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida bokschi Bahodir Jalolov va taekvondochi Nigora Tursunqulova O‘zbekiston delegatsiyasining bayroqdorlari bo‘lishadi. Avvalroq, mamlakat bayroqdorlari sifatida gimnastikachi Oksana Chusovitina va bokschi Bobo-Usmon Baturov e’lon qilingan edi.
O‘zbekiston suzish federatsiyasi bosh kotibi Alisher G‘aniyev vaqtincha ishdan chetlatildi. Avvalroq, o‘zbekistonlik suzuvchilar g‘irrom yo‘l bilan Olimpiadaga chiqishga urunishgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi. MOQ va Sport faxriylari kengashi ushbu holat «sport tamoyillariga mos kelmasligini va olimpizm qadriyatlariga mutlaqo zid ekanligini» ta’kidladi.
Yozgi Olimpiya o‘yinlarida gimnastikachi Oksana Chusovitina va bokschi Bobo-Usmon Baturov O‘zbekiston delegatsiyasining bayroqdorlari bo‘lishadi. Oksana Chusovitina yozgi Olimpiya o‘yinlarida bayroqdor bo‘lgan o‘zbekistonlik dastlabki ayol atlet sifatida tarixda qoladi.
Tokio-2020 yozgi Olimpiya hamda Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmalarni qo‘lga kiritgan jami 40 nafar toshkentlik sportchining har biri 100 mln so‘m mukofot puli bilan rag‘batlantirildi.
Tokiodagi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini 71 nafar sportchi himoya qiladi. O‘zbekistonlik sportchilar 17 ta sport turi bo‘yicha kurash olib boradilar — eng ko‘p sportchilar boks va dzyudoda (sportchilarning to‘liq ro‘yxati va ikkinchi kun musobaqalar dasturi).
Shavkat Mirziyoyev Olimpiya zaxiralari kollejlarining Paralimpiya sport bo‘limlariga yuborilgan sportchilar uchun qo‘shimcha 10 foizgacha kvota ajratish, shuningdek ushbu bo‘limlarda ota-onalardan o‘quv to‘lovlarini undirish tartibini bekor qilish to‘g‘risida ko‘rsatma berdi. Qizlar uchun kvotani ko‘paytirish orqali Xalqaro olimpiya qo‘mitasining gender tenglikka doir tamoyillari ta’minlanadi.
Tokio-2020 yozgi Olimpiya hamda Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmalarni qo‘lga kiritgan bir guruh Toshkent viloyati sportchilariga uy, Spark rusumli avtomobillar hamda pul mukofotlari topshirildi. Avvalroq, Shavkat Mirziyoyev musobaqadan oldin sportchilarning kayfiyatini ko‘tarish kerakligi haqida aytgan edi. “Qancha ularni e’tirof etsak ularda g‘alabaga ehtiyoj paydo bo‘ladi”, — degan edi prezident.
Tokioda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan O‘zbekiston sportchilari bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi. Prezident qaroriga ko‘ra, oltin medal uchun 200 ming, kumush medal uchun 100 ming va bronza medal uchun 50 ming AQSh dollari beriladi.
Italiyadagi Jahon kubogida Sabina Tashkenbayeva badiiy gimnastika bo‘yicha Tokio olimpiadasiga yo‘llanma beradigan litsenziyani qo‘lga kiritdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting