Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining 12-kunida to‘rtta sport turi bo‘yicha 6 nafar o‘zbekistonlik ishtirok etadi.
Tokioda bo‘lib o‘tayotgan Olimpiya o‘yinlarining o‘n birinchi kunida o‘zbekistonlik sportchilar yengil atletika, yunon-rum kurashi, boks hamda og‘ir atletika bellashuvlarida qatnashishdi. Musobaqaning navbatdagi kunida O‘zbekiston bitta oltin medalga ega bo‘ldi.
Tokioda bo‘lib o‘tayotgan Olimpiya o‘yinlarining o‘ninchi kunida o‘zbekistonlik sportchilar yengil atletika hamda yunon-rum kurashi bellashuvlarda qatnashishdi. Ammo musobaqaning navbatdagi kuni ham O‘zbekiston uchun medallarsiz yakunlandi.
Yaponiyalik dizayner Yoshimasa Takakura Tokio — 2020 Olimpiadasining barcha ishtirokchi mamlakatlari uchun kimonolar kolleksiyasini taqdim etdi. Liboslarda mamlakatlarning milliy madaniyatini ifodalovchi naqshlar, ramzlar va diqqatga sazovor joylarini ko‘rish mumkin. O‘zbekiston kimonosida «Registon» va Alisher Navoiy teatri aks etgan.
Tokioda bo‘lib o‘tayotgan Olimpiya o‘yinlarining to‘qqizinchi kunida o‘zbekistonlik sportchilar yengil atletika, yunon-rum kurashi, boks va og‘ir atletika bo‘yicha bellashuvlarda qatnashishdi. Bokschi Bahodir Jalolov yarim finalga yo‘l olib, Olimpiada medalini naqd qilgan bo‘lsa, qolgan sportchilar musobaqada o‘z ishtiroklarini yakunlashdi.
Tokioda bo‘lib o‘tayotgan Olimpiya o‘yinlarining sakkizinchi kunida o‘zbekistonlik sportchilar dzyudo, boks va o‘q otish bo‘yicha bellashuvlarda qatnashishdi. Bokschilar Elnur Abduraimov va Shahobiddin Zoirov chorak finalga yo‘l olgan bo‘lsa, qolgan sportchilar musobaqada o‘z ishtiroklarini yakunlashdi.
Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining sakkizinchi kunida o‘zbekistonlik sportchilar dzyudo bo‘yicha jamoaviy musobaqalarda hamda boks va o‘q otish bo‘yicha bellashuvlarda ishtirok etadi.
Tokioda o‘tkazilayotgan Olimpiya o‘yinlarining yettinchi kunida 5 nafar o‘zbekistonlik sportchilar bellashuvlarda qatnashishdi. Ular orasida bokschi Rayhona Qodirova keyingi bosqichga yo‘llanma olgan bo‘lsa, qolgan barcha sportchilar musobaqadagi ishtiroklarini tugatishdi.
Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining yettinchi kunida to‘rtta sport turi bo‘yicha 5 nafar o‘zbekistonlik ishtirok etadi.
O‘zbekiston o‘zbek sportchilari ishtirokidagi ikki boks jangi natijalaridan norozi bo‘lib, Tokiodagi Olimpiya o‘yinlari komissiyasiga murojaat qildi. Komissiya besh nafar hakam faoliyatini ekspertlar kuzatayotgani, biroq janglar natijalari qayta ko‘rib chiqilmasligini ma’lum qildi.
Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining oltinchi kunida uchta sport turi bo‘yicha 6 nafar o‘zbekistonlik ishtirok etadi.
-90 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik dzyudochi Davlat Bobonov Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining bronza medalini qo‘lga kiritib, O‘zbekiston delegatsiyasiga ikkinchi medalni taqdim qildi.
Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining beshinchi kunida ikkita sport turi bo‘yicha 4 nafar o‘zbekistonlik ishtirok etadi.
Tokiodagi Olimpiadaning to‘rtinchi kunida dzyudochi Sharofiddin Boltaboyev kuchli sakkizlikdan joy olgan bo‘lsa, bokschi Bobousmon Baturov o‘zining dastlabki jangini g‘alaba bilan boshladi. Bugungi kun ham O‘zbekiston uchun medalsiz bo‘ldi.
Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining to‘rtinchi kunida to‘rtta sport turi bo‘yicha 5 nafar o‘zbekistonlik ishtirok etadi.
Tokiodagi Olimpiadaning uchinchi kunida Muattar Nabiyevaning og‘ir atletikadan o‘rnatgan rekordi, taekvondochi Nikita Rafalovich va qilichboz Zaynab Dayibekovaning chiqishlari O‘zbekiston termasi uchun asosiy hodisalardan bo‘ldi. Medallar uchun kurashni yana bokschilar davom ettiradi.
O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Muattar Nabiyeva dast ko‘tarish mashqida 98 kg natija bilan Olimpiada rekordini o‘rnatdi.
Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining uchinchi kunida beshta sport turi bo‘yicha 7 nafar o‘zbekistonlik ishtirok etadi.
Tokiodagi Olimpiadaning ikkinchi kuni taekvondochi Ulug‘bek Rashitovning oltin medali va gimnastikachi Oksana Chusovitinaning karerasini yakunlagani bilan tarixda qoldi. Shu kuni O‘zbekiston terma jamoasining yana 9 nafar sportchisi musobaqalarda qatnashdi, medallar uchun kurashlarni esa faqat bokschilar davom ettiradigan bo‘ldi.
Tokiodagi Olimpiya o‘yinlarida taekvondo yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik Ulug‘bek Rashitov final bahsida britaniyalik raqibi Bredli Sinden ustidan g‘alaba qozonib, olimpiada chempioni bo‘ldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting