Toshkentdagi bir qator uchastkalarda ovoz berish jarayonining ilk soatidayoq “10−15 foiz saylovchi ovoz berib bo‘ldi”. Ayrim referendum uchastkalari gavjum. Ovoz berishga farzandlari bilan kelayotganlar kam emas. “Gazeta.uz” fotoreportaji.
Bahor-yoz mavsumiga tayyorgarlik uchun ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan Toshkentning turli hududlarida navbat bilan sovuq suv o‘chiriladi.
Yunusobodda salkam 30 yil “Shodlik” deb nomlangan mahalla nomi “tarixiy ahamiyat kasb etishi uchun” 2016-yili “Yo‘layriq” deb o‘zgartirilgan. Oradan yetti yil o‘tib, mahalla nomini endi “Obihayot” deb o‘zgartirishmoqchi. Ta’kidlanishicha, mahallaning hozirgi nomi yosh oilalarning totuvligiga xalal bermoqda.
28-aprel — 1-may kunlari Toshkentdan Samarqand va Qarshi shaharlariga qo‘shimcha “Afrosiyob” yo‘lovchi poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Shayxontohur tumanidagi maktabning 5 nafar o‘quvchi qizi uy yerto‘lasida bir qizni kaltakladi. Holatga izoh bergan Toshkent shahri maktab ta’limi boshqarmasi ichki ishlar xodimlari tergov-surishtiruv ishlarini olib borayotganini bildirdi.
Yunusobod tumanida yashovchi 16 yoshli qiz 3-qavatda balkon oynasini artayotib, ehtiyotsizligi oqibatida yiqilgan. Bosh prokuratura jarohat olgan qizning ahvoli hozirda yaxshi ekani, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi.
Yakkasaroy tumanida guvohnomaga ega bo‘lmagan haydovchi Gentra mashinasida YPX inspektoridan qochib, katta tezlikda harakatlandi. Oqibatda skuter va Cobalt bilan to‘qnashdi, 2 kishi jarohatlar bilan shifoxonaga olib ketildi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov davom etmoqda.
Shu kunlarda keltirilgan 400 ta avtobus va elektrobuslar Toshkent ko‘chalarida harakatni boshladi. Ular orasida 10 yildan beri O‘zbekistonda bo‘lmagan, uzunligi 18 metrdan iborat 118 dona garmoshka-avtobus ham mavjud. “Gazeta.uz” fotoreportaji.
Ramazon hayiti munosabati bilan Toshkentdan Xivaga 20 dan 23-aprelga qadar, Samarqandga esa 21-apreldan 24-aprelgacha qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yildi.
Mart oyida O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida faollik 7,3 foizga pasayib, oldi-sotdi bitimlari soni qariyb 21 mingtani tashkil etdi. Shuningdek, poytaxtning aksariyat tumanlarida ijaraga beriladigan uy-joylar narxi arzonlashdi — ITIM sharhidan.
Uchtepa tumanida Cobalt va Captiva mashinalari ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Oqibatda ikkala haydovchi ham shifoxonaga olib ketildi, bir yo‘lovchi halok bo‘ldi.
Uchtepa tumani IIB xodimlari uylar devorlariga narkotik moddalarni sotadigan onlayn do‘konlar flayerini joylashtirib yurgan shaxsni qo‘lga oldi. U 2022-yil kuzidan buyon shu ish bilan shug‘ullanayotganini bildirdi.
Toshkent shahar hokimi v.b. Shavkat Umurzoqov ushbu lavozimga tayinlanganidan buyon bir oy o‘tmay 35 ta qaror imzolagan bo‘lsada, ularning deyarli yarmi jamoatchilikdan yashirilgan. Qabul qilingan 14 ta farmoyishdan 4 tasi ham mavjud emas.
Toshkent shahridagi “Rakat” mahallasi aholisi o‘z ko‘chasida loyihada ko‘zda tutilgan 3 qavatli uy o‘rniga 5 qavatli bino qurilayotganidan norozi bo‘lmoqda. Qurilish boshqarmasi va MIB buyurtmachiga qoidabuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha talabnoma yuborganini ma’lum qildi.
Poytaxt tumanlaridan birining mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i fuqaroga harbiy guvohnoma rasmiylashtirib berish evaziga 600 dollar pora olgani aytilmoqda. Yana bir holatda monomarkaz direktori 300 dollar olganlikda ayblanib ushlandi.
17-apreldan 19-aprelgacha poytaxtning Sergeli, Yangihayot, Mirobod va Yakkasaroy tumanlaridagi ayrim hududlarda ichimlik suvi to‘xtatildi.
Toshkentda o‘tkazilgan badiiy gimnastika bo‘yicha jahon kubogida O‘zbekiston terma jamoasi 4 ta — 1 ta kumush va 3 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Sergeli tumanida Cobalt to‘xtab turgan MAN yuk mashinasining tirkamasiga borib urildi. Oqibatda yengil mashina haydovchisi voqea joyida vafot etdi.
2024-yilda Samarqandga MDHning madaniy poytaxti, Toshkentga esa yoshlar poytaxti maqomi beriladi. Qolaversa, Hamdo‘stlik davlatlari o‘rtasida imkoniyati cheklangan bolalar spartakiadasi o‘tkaziladi.
Toshkentda yangi elektrobus va 20 yildan beri poytaxtda bo‘lmagan “gormoshkali” avtobuslar taqdimoti bo‘ldi. “Gazeta.uz” ularning xususiyatlari, gormoshkali avtobuslar qaysi yo‘nalishlarga qo‘yilishi hamda buning uchun liniya va bekatlar qanday tayyorlanishi haqida ma’lumot oldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting