Toshkentda rekonstruksiya ishlari sabab Taras Shevchenko ko‘chasi bir oyga yopilishi tufayli ushbu ko‘chadan o‘tadigan 6 ta avtobus yo‘nalishining harakati vaqtincha o‘zgartiriladi. Transport vazirligi qatnov va oraliq vaqtlari me’yordan ortib ketishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Otabek Fazilkarimov Toshkentdagi hospis faoliyatini 2025-yil fevralida boshlash ko‘zda tutilayotganini aytdi. Hospisning umumiy qiymati 34 mlrd so‘m bo‘lib (xususan, 2024-yilda 16,8 mlrd so‘m ajratilgan), moliyalashtirish ishlari 90,5 foizga bajarilgan.
Toshkentda 1-yanvardan avtobus va metroda naqd to‘lov 3000 so‘m etib belgilanishi rejalashtirilmoqda. Transport kartalari uchun avval joriy qilingan imtiyozli va bepul tarif rejalarining narxlari o‘zgarishsiz qoldiriladi. Shuningdek, avtobuslarda yo‘l haqini naqd pulda olish amaliyotidan voz kechiladi.
Prezident Toshkent shahrining Yangihayot tumanida qurilayotgan “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasining ahamiyatini ta’kidladi. “Bu loyihalar bizga havodek kerak. Har bir tumanda 4−5 tadan shunday zonalar bo‘lsa, Toshkent biz kutgandek, haqiqiy sanoat zonasiga aylanadi”, — dedi u.
Poytaxtda umumiy uzunligi 111,6 km bo‘lgan 86 ta uchastkada pulli avtoturargohlar tashkil etish huquqini beruvchi kim oshdi savdosi yakunlandi. Unda boshlang‘ich bahodan 2 baravar yuqori — 120,1 mlrd so‘m taklif etgan Balcomuz kompaniyasi g‘olib deb topildi. Kompaniya haqida nimalar ma’lum?
Prezident Yangihayot tumanida qurilayotgan “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasiga bordi. Zonani boshqarish, investorlarni jalb qilish va infratuzilmani rivojlantirish Xitoyning CAMCE kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, JAC Motors zavodi va boshqa qator loyihalarni yo‘lga qo‘yish reja qilingan.
Prezident Toshkent atrofida “yashil belbog‘” barpo etish loyihasi doirasida daraxt o‘tqazdi. Yangi bog‘ poytaxt halqa yo‘li bo‘ylab yaratilmoqda. Tadbirda hukumat a’zolari, jamoatchilik vakillari va chet ellik diplomatlar ishtirok etdi. Ayni paytda boshqa hududlarda ham shunday bog‘lar barpo etilmoqda.
Toshkent shahri Chilonzor tumanida kabel tarmoqlarini o‘tkazish ishlari boshlangani sababli Furqat va Beshyog‘och ko‘chalarining ayrim qismlarida 22-noyabrdan 10-dekabrgacha harakat cheklanadi.
Toshkent shahri Shayxontohur tumanida Traverse va Equinox to‘qnashuvida ikki yo‘lovchi jarohatlandi. Yashnobod tumanida esa 4 ta mashina ishtirokida YTH yuz berdi. Surishtiruv ishlari boshlandi.
Sergelida 19-sentabr kuni BYD avtomobili tezlik cheklovini buzib, maktabdan qaytayotgan 9 yoshli Soliha Lutfullayevani urib yuborgandi. Hodisa oqibatida qizaloq vafot etgan. Butunjahon YTH qurbonlarini xotirlash kuni munosabati bilan “Gazeta.uz” Solihaning onasi — Nigora opa bilan birga uni yodga oldi.
Mahallalar uyushmasi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i Furqat Mahmudxo‘jayev issiqxonalar sabab poytaxt havosi keskin yomonlashayotgani haqida murojaat bilan chiqdi. Shahar hokimligi holat yuzasidan ishchi guruh tuzilib, korxonalarni tekshirish ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi.
Toshkentda tashqi reklama obyektlarini demontaj qilish o‘tgan yakshanba kuni yana boshlandi. Ishchilar nafaqat bannerlar va reklama konstruksiyalarini, balki muassasalarning peshlavhalarini ham olib tashladi. “Gazeta.uz”ga ma’lum bo‘lishicha, bunga poytaxt tashqi reklamasining yangi dizayn-kodi sabab bo‘lgan.
Humo arena`da o‘tgan MMA bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonlik o‘smirlar 18 ta, yoshlar terma jamoasi esa 12 ta medal oldi. Ular umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi.
Toshkent shahri Yunusobod tumanida Matiz tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan kesib o‘tayotgan 83 yoshli fuqaroni urib yubordi. YTH oqibatida piyoda shifoxonaga yotqizildi.
Yashnobod tumanida yo‘l qurilish ishlari sababli KHAYning Maxtumquli ko‘chasi bilan kesishmasidagi yondosh qismi 5-dekabrgacha yopiladi.
Poytaxtda 9-noyabrda “Yashil shahar” kuni o‘tkaziladi. Hokimlik tashkilotlar, korxona hamda faol fuqarolarni daraxt ekish tashabbusiga qo‘shilishga chaqirdi.
Toshkentda 2025-yilda Chorsu maydonini rekonstruksiya qilish boshlanadi. Eski mehmonxona o‘rnida 29 qavatli yangi mehmonxona, biznes-markaz va turar-joy binolaridan iborat loyiha qad rostlaydi. U 170 mln dollarga baholangan. Loyiha Germaniyaning Tchoban Voss Architekten kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan.
Toshkent shahar hokimi aholi va yuridik shaxslar uchun issiqlik ta’minoti va issiq suv xizmatlari tariflarini 15 foizga oshirish qarorni imzoladi.
O‘zbekiston shaharlarida issiqlik ta’minoti yoqilishi uchun havo harorati ketma-ket 5 kun +8 darajadan past bo‘lishi shartmi? Bu qoida qayerdan olingan? Unga so‘zsiz rioya etiladimi? Qo‘shni davlatlarda qanday? Iqlimshunos Erkin Abdulahatov “Gazeta.uz” uchun shu kabi savollarga javob izladi.
Toshkentda temiryo‘lning belgilangan qismidan velosipedda kesib o‘tayotgan 15 yoshli bolani poyezd urib ketdi. U bir qancha jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting