Toshkent shahar hokimligi poytaxtda karantin talablariga rioya qilish qat’iy nazoratga olinishini ma’lum qildi. «Toshshahartransxizmat» jamoat transportida yo‘lovchilarga tibbiy niqob taqish talab etilishi haqida xabar berdi.
«Hududgaz Poytaxt» ning xabar berishicha, Sergeli va Olmazor tumanlarining gaz tarmoqlarida ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sababli ayrim hududlarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Toshkentda 10 yoshli bolani zo‘rlaganlikda gumon qilinayotgan taksi haydovchisi qo‘lga olindi. Unga nisbatan «jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish» moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
2020 yil davomida Toshkent shahrida 492,8 milliard so‘m mablag‘ evaziga ko‘chalarda qurilish, mukammal va joriy ta’mirlash ishlari olib borilgan.
Avvalroq noqulay ob-havo sharoiti sababli barcha shaharlararo avtobus qatnovlari bekor qilingani haqida xabar berilgan edi. Hozirgi paytga kelib esa Toshkent avtovokzalidagi shaharlararo reyslar qayta tiklandi.
Chorshanba kuni Toshkentni kuchli qor qopladi. Qor yog‘ishi kechgacha davom etdi. So‘nggi kunlarda poytaxt qanday ko‘rinishda edi — Yevgeniy Sorochin fotoreportajida.
Noqulay ob-havo sharoiti sababli Toshkent shahridan qatnaydigan 25 fevral sanasidagi barcha shaharlararo avtobus qatnovlari bekor qilindi.
Prezidentning poytaxt ko‘chalarini kengaytirish bo‘yicha bergan topshirig‘idan so‘ng, IIV tomonidan poytaxtda kengaytiriladigan ko‘chalar, qayta ochiladigan yo‘llar hamda yangi qurish reja qilingan yo‘nalishlar ro‘yxati e’lon qilindi. Batafsil.
Toshkentda iqtisodiyot, axborot texnologiyalari, yurisprudensiya va xalqaro munosabatlar yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlaydigan yangi «Diplomat university» nomli xususiy universitet ochilishi mumkin.
Toshkent shahrida 3 nafar fuqaro tadbirkorni aldov yo‘li bilan uyiga olib kelib, do‘pposlab, ma’lum bir vaqt ushlab turishgan. Tadbirkorni qo‘yib yuborish uchun uning yaqinlaridan 29 ming dollar pul olishiga qaramay, yana pul talab kilingan. Rad javobini olgan jinoyatchi tadbirkorni o‘ldirib, murdasini bo‘laklab ko‘mgan. Tadbirkorning qotili 25 yilga, uning jinoiy sheriklari esa 15 va 13 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Poytaxtda haydovchilik guvoxnomasiga ega bo‘lmagan fuqaro mashinada boshqaruvni yo‘qotib, 2 ta «Cobalt» ga urilgan. To‘qnashuv natijasida bir nafar piyoda jarohat oldi.
Yashnobod tumanida «YeQUINOX AT», «Kamaz» ga urilib, zarb natijasida yo‘l chetida turgan «Nexia» bilan to‘qnashuv sodir etdi. Bundan tashqari, «Kamaz» boshqaruvni yo‘qotib TMA-1 binosiga urilgan. YTHning barcha ishtirokchilari shifoxonaga yotqizildi.
Investitsion loyihalar taqdimotida Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahar hokimi Jaxongir Ortiqxo‘jayevga murojaat qilib, shahar ichidagi qurilish loyihalari haqida tanqidiy fikrlar bildirdi. «Men Toshkentda 4−5 yil ishlaganman og‘ayni. Bu yerga 120 mm li kichkinagina kanalizatsiya qo‘yganmiz… Sen esa u yerda 9 qavatli uy quribsan», — dedi prezident.
Xalqaro Vestminister universiteti ro‘parasida Hampton by Hilton mehmonxonasi qurilmoqda. Uni International Foodchain (KFC'ni boshqaradi) ta’sischilaridan biri va mehmonxona ishi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor ochmoqda.
Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputatlariga hududlardagi aholini qiynab kelayotgan muammolarni hal qilish uchun 2 mlrd so‘mdan ajratiladi. Bunda 60 ta deputatga ja’mi 120 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilmoqda.
Toshkent shahrida filologiya,mamlakatshunoslik, xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti hamda biotibbiyot kabi yo‘nalisharni o‘z ichiga olgan Sankt-Peterburg universiteti filiali tashkil etilmoqda.
Lokomotiv parki oldidagi temir yo‘l kesishmasida shlagbaumni chetlab o‘tmoqchi bo‘lgan «Nexia» haydovchisi boshqa bir mashinaga borib urildi. Natijada «Lacetti» haydovchisi muvozanatni yo‘qotib, mashina yon tomoni bilan turib qoldi.
Toshkent shahrida 31 yoshli ayol mast holida tanishiga “karate” uslublarini ko‘rsatgani uchun pichoqlandi. Fuqaro olgan tan jarohati oqibatida vafot etgan.
Islom taraqqiyot banki bilan hamkorlikda uzunligi 21 km bo‘lgan Toshkent-Termiz avtomobil yo‘lining ikkita uchastkasini rekonstruksiya qilish loyihasi amalga oshiriladi. Loyihaga 35,1 mln dollar miqdorida kredit ajratilishi ko‘zda tutilgan.
Yo‘llarda tirbandliklar yuzaga kelishini oldini olish maqsadida soat 7:00 dan 10:00 gacha va 17:00 dan 20:00 gacha yuk mashinalari harakatini cheklash taklif etildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting