1-noyabrdan boshlab Toshkent shahrida jamoat transportida yo‘l haqi naqd yoki bank kartasi orqali to‘lashda 1400 so‘mdan 2000 so‘mga oshiriladi. ATTO transport kartasi bilan to‘lov amalga oshirilganda, bir soat ichida birinchi safar uchun yo‘l haqi 1700 so‘mni tashkil qiladi.
Shanba tongida Toshkent shahri Shayxontohur tumanida joylashgan Ecobozor majmuasida yong‘in chiqib, bozorning tashqi devor qoplamasi va shu joydagi kafega zarar yetdi. FVV hech kim jarohat olmaganini ma’lum qildi.
Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘p qavatli uyda ichida odamlari bo‘lgan lift tushib ketdi va 4-qavatga yetgandagina tormoz tizimi ishga tushdi. Hokimlik uy davlat qabulidan o‘tmasa ham uch yil oldin topshirilganini ma’lum qildi. Quruvchi esa qabuldan o‘tganini aytib, boshqaruv kompaniyasini aybladi.
Toshkent endi odamlar yo mashinalar shahri emas, balki o‘lim shahri. Ko‘chada yo‘l harakatining barcha ishtirokchilarini xavf kutadi. Aholi hayotini saqlaydigan poytaxtni qurish vaqti keldi, deb yozadi so‘nggi ikki kunda turli transport vositalarida bir necha YTHlar guvohi va ishtirokchisiga aylangan Sabina Bakayeva.
Toshkentda 22 yoshli haydovchi qizil chiroqda qarama-qarshi yo‘lakka chiqib ketib, maktab o‘quvchisini urib yuborishiga oz qoldi. Salonda turib olingan xavfli mashina haydash holati Instagram`ga joylandi. YHXBB xodimlari bayonnoma tuzib, “profilaktik suhbat” o‘tkazdi. Haydovchi 3,3 mln so‘m jarimaga tortilishi mumkin.
Toshkent shahar hokimligi poytaxtdagi noqonuniy bino va inshootlarni demontaj qilish ishlari boshlanganini ma’lum qildi. Hokimlik shahar hududida maishiy va tijorat binolariga ega bo‘lgan aholini hujjatlarning shaharsozlik me’yorlariga muvofiqligini yana bir bor sinchiklab tekshirishga chaqirdi.
Poytaxt markazidagi “Moskva” ko‘p qavatli uylari aholisiga binolarning tashqi qiyofasini yangilash rejalari haqida ma’lumot berilgani ularda xavotir va savollar tug‘dirdi. Shahar hokimligining “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, ko‘rsatilgan eskizlar hali tasdiqlanmagan va loyiha aholi bilan muhokama qilinadi.
O‘zbekiston prezidenti Toshkentda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikning borishi bilan tanishdi. Xususan, Shavkat Mirziyoyev Shayxontohur tumanida noyabr oyida foydalanishga topshirilishi kerak bo‘lgan yangi podstansiyani ko‘zdan kechirdi.
Toshkent hokimligi Xitoyning BYD kompaniyasidan 2000 dona K9UD eBus elektrobuslarini xarid qiladi. 200 ta avtobusning birinchi partiyasi 2024-yilda keltirilishi kerak.
Fanlar akademiyasi Botanika bog‘ini Toshkent hokimligi tasarrufiga o‘tkazish to‘g‘risidagi hukumat qarori loyihasini “nihoyatda salbiy ruhda qabul qildi”. Tashkilot hujjatni ishlab chiquvchiga o‘z e’tirozlarini yubordi va Botanika bog‘ini ro‘yxatdan chiqarib tashlashni talab qildi.
Yunusobod tumanidagi 259-maktabning 6-sinf o‘quvchisi jismoniy tarbiya darsi vaqtida ko‘krak qafasiga koptok tegib, hushini yo‘qotdi. O‘quvchi shifoxonaga olib borilganiga qaramay, vafot etdi.
Toshkent tumanidagi manzarali bog‘dorchilik va o‘rmon ilmiy-tajriba xo‘jaligi hududidagi 85 tup qimmatbaho navli noyob yong‘oq daraxtlari kesib tashlangani, daraxtlarning 103 tupi esa mas’uliyatsizlik sabab qurib qolishiga olib kelingani aniqlandi.
DXX va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari Toshkent va Guliston shaharlarida fuqarolarni 2000 va 2300 dollar evaziga AQShga yuborishni va’da qilgan shaxslarni qo‘lga oldi.
To‘rtta kinopremera, Yevropa kinofestivali, O‘zbek milliy raqs kechasi, “O‘zbekiston solistlari” kamera orkestri konserti, ko‘rgazmalar, spektakllar, ziyofatlar va ketma-ket 3 kunlik dam olish davridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
Payshanba tongi barchani larzaga solgan Sergelidagi portlash haqidagi xabarlar bilan boshlandi. Omborxonadagi chaqnash oqibatida ko‘plab uylar va tijorat binolariga zarar yetdi, 160 dan ortiq fuqaro jarohatlandi, 16 yoshli bola vafot etdi. “Gazeta.uz” muxbiri Madina A’zam ushbu hududdan fotoreportaj tayyorladi.
Sergelidagi portlash yuz bergan vaqtida odamlar uyquda edi. Ko‘pchilik dovdirab qolgan, kimdir zilzila bo‘layapti deb o‘ylagan, boshqasi bolasini bag‘riga bosib, ko‘chaga otilgan. Hodisada jabrlangan sergeliliklar birinchi taassurot va endi nima qilmoqchi ekanliklari haqida “Gazeta.uz”ga gapirib berdi.
Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi kuchli portlash sodir bo‘lgan omborxonada portlash xavfi bo‘lgan va yonuvchi moddalar bo‘lmagan, deya xabar qildi “Gazeta.uz”ga Xalqaro logistika markazi (United Cargo Center) vakili. Rasmiy idoralar voqea yuzasidan o‘rganish o‘tkazmoqda. Majmua haqida nimalar ma’lum?
Xitoyning King Long kompaniyasi “Toshshahartransxizmat”ga 18 metrli elektrobusni topshirdi. Xabar qilinishicha, u yaqin kunlarda yo‘nalishlardan birida harakatlana boshlaydi.
Shayxontohur tumanida 1 ta MCHJ tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani oqibatida 3 mlrd 838 mln so‘mlik zarar yetdi. Bu hajmdagi gaz 29 mingdan ortiq xonadonning bir oylik iste’molini tashkil etadi. Korxonaning, shuningdek, elektrdan 3 mlrd so‘mdan ziyod qarzi borligi ma’lum bo‘ldi.
Chilonzor, Yakkasaroy va Mirzo Ulug‘bek tumanlaridagi ayrim hududlar 25-sentabr kuni elektr ta’minotidan vaqtincha uziladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting