Sergelidagi tegirmon-yorma sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonadagi ishchilar yotoqxonasida havo-gaz chaqnashi oqibatida yong‘in kelib chiqdi. Bunga gaz quvurlarining nosozligi sabab bo‘lgani aytilmoqda. Hodisa tufayli 18 nafar fuqaro kuyish tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizildi.
Toshkent davlat texnika universiteti yaqinidagi oshxonada yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in oqibatida oshxona binosining 120 m.kv maydoni yonib zararlangan, jabrlanganlar yo‘q.
Yangihayot tumanida joylashgan uylarning birida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in oqibatida uyning taxminan 20−25 kv.m maydonda shift va ichki qismi yonib zararlangan. Yong‘in oqibatida 6 fuqaro qutqarib qolindi, 1 kishi halok bo‘ldi.
Samarqand shahridagi bog‘chalardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Juma kuni ertalab Qarshidagi mebel ustaxonasida yong‘in kelib chiqdi, uch kishi halok bo‘ldi.
Qozog‘istonning Jambil viloyati, Qaynar qishlog‘idagi muhandislik o‘q-dorilari saqlanadigan omborlardan birining yonida yong‘in yuzaga kelib, portlashlar ro‘y berdi. Oqibatda to‘rt harbiy xizmatchi halok bo‘lgan, 66 kishi jabrlangan. Bir necha kishi aloqaga chiqayotgani yo‘q. Taxminan 1200 kishi evakuatsiya qilindi.
Zomin milliy tabiat bog‘ida yong‘in sodir bo‘ldi. Uni o‘chirishga FVVning 55 nafar yong‘in-qutqaruvchilari jalb etildi. Hodisa natijasida 10 sotix maydonning zarar ko‘rgani ma’lum qilindi.
Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida Lacetti va Isuzu to‘qnashishi oqibatida yong‘in chiqdi. Lacetti avtomobilidagi to‘rt nafar fuqaro kuyib, vafot etdi.
5 avgust kuni Angren shahrida joylashgan to‘qqiz qavatli uyning 6-qavatida yong‘in sodir bo‘ldi. Qutqaruvchilar tomonidan 25 nafar fuqaro xavfsiz joyga olib chiqilib, yong‘in to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida xonadonning 50 kv.metr maydoni zararlangan.
Mudofaa vazirligining vertolyotlari tomonidan yakshanba kuni Zomindagi o‘rmon yong‘inini o‘chirayotganda havodan olovga 30 tonnadan ziyod suv tashlandi.
Bugun Jizzax viloyatining Zomin tumanidagi “Duoba” QFY O‘riklisoy qishlog‘i dala maydonida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘inni o‘chirishga 4 ta vertolyot, FVVning 370 dan ortiq xodimlari bilan birga Milliy gvardiya, IIB, Davlat ekologiya qo‘mitasidan ham kuch va vositalari jalb qilingan.
Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida “Vaz-2114” (Lada Samara) avtomobili ag‘darilib ketdi. Oqibatda bir nafar yo‘lovchiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Samarqand viloyatida 5 ta uy yonib ketdi. Yong‘in kuchli shamol oqibatida katta maydonga tarqalgan. Uni o‘chirishga 1 soatdan oshiq vaqt ketdi. Yong‘in natijasida jarohat olganlar yo‘q.
Toshkent shahrining Olmazor tumanida dvigatel qismida qisqa tutashuv yuzaga kelganligi sabab “Gazel” avtomobili yonib ketdi. Yo‘lovchilar avtomobildan tushirilgan. Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.
Juma kuni ertalab Toshkentning Yunusobod tumanidagi Uchqahramon aylanma yo‘lida joylashgan elektron reklama ekrani yonib ketdi. Yong‘in natijasida jabrlanganlar yo‘q.
Iroqning En-Nasiriya shahrida joylashgan kasalxonadagi COVID-19 bemorlari davolanadigan bo‘lim yonib ketdi. Kamida 50 kishi halok bo‘lgan, o‘nlab odamlar jarohatlangan.
Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli Sho‘rtan bosh inshootidagi Gazdan propan-butan aralashmasi ajratib olish qurilmasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bir kishi halok bo‘ldi, ikki kishi jarohatlandi.
“Qamchiq” dovonida yoqilg‘i tashuvchi yuk mashinasi haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yong‘in kelib chiqdi. Natijada mashina salonida bo‘lgan ikki kishi halok bo‘ldi.
Jizzax shahridagi gaz quyish shoxobchasida xavfsizlik qoidalariga rioya qilinmagani sababli yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatda ikkita mashina yonib ketdi.
Juma kuni Toshkentning Yashnobod tumanidagi “Peggy‘s Bar&Grill” restoranida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in korxonaning ichki qismi va tomiga, shuningdek qo‘shni uyning tom qismiga ta’sir ko‘rsatdi. Qurbonlar va jarohatlar yo‘q, deya xabar qildi Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting